Chiqarish markazi


 O‘SISHNI SOZLOVSI MODDALAR BILAN TAJRIBALAR QO‘YISH



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/85
Sana25.02.2022
Hajmi5,37 Mb.
#464270
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   85
Bog'liq
dala tajribasini o\'tkazish uslublari

19. O‘SISHNI SOZLOVSI MODDALAR BILAN TAJRIBALAR QO‘YISH 
USLUBLARI 
 
Fiziologik faol moddalar o„simlikning hosildorligini oshirish va 
tezpisharligini ta‟minlovchi katta ahamiyatga egadir. Biologik faol moddalarning 
o„simliklar metobolizimida, ya‟ni fotosintez jarayonida fermentlar faolligi, 
aminokislotalar, nuklienkislotalar va oqsil biosintezi fitogormonlar almashinuvi 
jarayoniga ijobiy ta‟sir etishi aniqlangan. 
Respuplikamiz sharoitida auksinlar, gibbereelinlar, sitokininlar, abssiz 
kislotalari, retordantlar, etilen va boshqalar o„simlik o„sishini tezlashtirish yoki 
to„htatish, mevani yiriklashtirish yoki uzoq muddat buzilmasdan, saqlash, pishishni 
tezlashtirish maksadlarida ko„llanilgan va ijobiy natijalarga erishilgan. Lekin yangi 
turdagi stimulyatorlarning yaratilishi, ularni sinash va samarali qo„llash 
tehnologiyasini ishlab chiqishni taqozo etadi. 


103 
O„sishni sozlovchi moddalar mahsus ta‟sir etish doirasiga ega bo„lib, turli 
ekinlarda turlicha maqsadlarda qo„llanilsada, ularda o„simlikka oson singib, zarur 
yo„nalishda ta‟sir etadi va kutilgan natijaga erishishni ta‟minlaydi

O„sishni sozlovchi moddalar quyidagi talablarga javob berishi kerak: 
-yuqori va doimiy samarali ta‟sirga ega va 10% dan kam bo„lmagan 
qo„shimcha hosil olishni ta‟minlashi; 
-uzoq muddat ta‟sir ko„rsatadigan va kam mehnat talab qiluvchi; 
-ishlatish qulay, boshqa kimyoviy vositalar bilan birgalikda qo„llash mumkin 
bshlishi va arzon narh; 
-bir yoki bir nechta ekinlarda qo„llash, ya‟ni universal ta‟sir etuvchi; 
-o„simlikka zarari kam yoki umuman zararsiz va o„simlikning turli noqulay 
sharoitlarga chidamligini oshirish; 
-ekinlarni parvarishlash agrotadbirlar tizimiga mos kelishi; 
-toksikologik havfsiz, qoldiq shaklda kam to„planadigan yoki umuman tez 
parchalanuvchi, atrof muhitga kam zararli bo„lishi lozim. 
Deyarli barcha o„sishni sozlovchi moddalar tabiiy fitogormonlar kabi kam 
konsentratsiyada o„sishni tezlashtirsa, katta me‟yorda o„simlikning nobud 
bo„lishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli o„sishni sozlovchi moddalarni har bir 
ekinda qo„llash me‟yori va muddatini aniqlash talab etiladi. Shuningdek, ularning 
biologik samarasini o„rganish, atrof muhitga, hayvonlarga, baliqlarga, foydali 
hashoratlarga ta‟sirini tekshirish lozim. 
Dala tanlash va variantlarni joylashtirish. 
O„sishni sozlovchi moddalar 
avvalo sanitariya va gigiena tarafdan tekshiruvdan o„tgan va qo„llashga ruhsat 
berilgan bo„lishi kerak. Ularni sinash uchun tajriba dalalari umumiy talablar 
asosida tanlab olinadi. Bunda shu joyning tuproq iqlim sharoiti viloyat yoki 
mintaqaga hos, ya‟ni tuproq turi, tipi, meliorativ holati mos kelishi lozim. 
Stimulyatorlar urug„ ekishdan oldin ishlatilganda, mutlaq nazorat (ishlov 
berilmagan) va shu maqsadda qo„llashga ruhsat berilgan etalon preparatga, yangi 
preparatning bir netcha me‟yori qiyosiy ravishda sinab ko„riladi. Bu tajribalar 2-3 
yil davomida kichik maydonchalarda, so„ngra ishlab chiqarish sharoitida, 
zarurratga qarab turli tuproq-iqlim sharoitlarida va har hil navlarda sinalishi yanada 
to„liqroq ma‟lumotlar olishga imkon beradi. 
Ma‟lumki, respublikamizda tukli va tuksizlantirilgan (kimyoviy va mehanik 
usulda) chigitlar ekiladi. Tukli chigitlarga ekish oldidan dorilar bilan quyidagi 
tartibda ishlov beriladi. Stimulyatorlarni ekish oldidan qo„llash uchun avval suvli 
eritma tayyorlanadi. Uni tayyorlash uchun stimulyatorning 1 tonna chigit uchun 
tadqiq etish mo„ljallangan me‟yori 15-20 l suvga aralashtiriladi. Chigitni ekishga 
tayyorlash umumiy qoidalar asosida bajariladi. Bunda tukli chigitlarni bir hil 
dorilash uchun ariq suvda 1 tonna chigit har 2 soatda 200 l suv bilan 2-3 marta 
(400-600 l/t) namlanadi. So„ngra suvga namiqqan chigitlarga stimulyator 
qo„shilgan ishchi eritma sepiladi va yahshilab aralashtirilib, 4-6 soat davomida 
dimlab qo„yiladi. Bunda chigitlarga dorilar bilan bir hil ishlov berilishiga erishish 
lozim. Agar tajriba kichik maydonda olib borilsa, hisoblashlar o„sha maydonga 
sarflanadigan chigit miqdoriga qarab hisob qilinadi. Masalan 1tonna chigitga 5 l 
stimulyator qo„llanilsa, 100m

maydonga sarflanadigan tukli chigit (60 kg/ga 


104 
bo„lganda) va stimulyator miqdorini hisoblaylik. Buning uchun proporsiya 
tuzamiz. 
60kg-10000m
2
(1 ga) 
h gk-100m
2
h=60∙100 /10000=6000/10000=0,6kg 
h=0,6 kg yoki 600g chigit 
1 tonna yoki 1000 kg chigitga-5,0 l yoki 5000 ml dori qo„llaniladi. 
Unda 1000 kg-5000 ml 
0,6 kg-h ml 
h=0,6∙5000/1000=3000/1000=3,0 ml. 
Demak, 100m
2
maydonga 600 g chigit ekiladi va unga 3 ml dori bilan ishlov 
beriladi. 
Shundan so„ng urug ekishga tayyor bo„ladi va shu kuni yoki ertasiga ekish 
mumkin. Chigit qo„lda ekilsa har bir uyaga sanab, bir hil masofada va chuqurlikda 
ekilishiga ahamiyat qaratish zarur. 
Go„za o„suv davrida o„sishni sozlovchi (stimulyator, retordant vah.k.) 
moddalarni qo„llash uchun dala tanlashda o„simlikning o„sish va rivojlanishi 
hamda ko„chat qalinligi bir hil bo„lishiga e‟tiborini qaratish lozim. Agar tajriba 
variantlari 4 qatorli bo„lsa, 2 chetidan bir qatordan himoya qatori qoldiriladi va 
o„rtadagi ikki qatorda hisoblash ishlari olib boriladi. Hisoblashlar kamida ikki 
nuqtada, ketma-ket joylashgan, yorlik (etiketka) osilgan 50-100 o„simlikda 
o„tkaziladi. Avval preparatlardan ishchi aralashma tayyorlanib, so„ngra suvga 
aralashtiriladi. Dorilar qo„lda «Avtomaks» yoki boshqa qo„l apparatlarida 
shonalash davrida gektariga 250-300 l, gullash-meva tugish davrida 500-1000 l 
suvga aralashtirilib sepiladi, ishlab chiqarish sharoitida esa OVH-28 va boshqa 
traktor purkagich moslamalari bilan gektariga 250-300 l suv me‟yorida ishlov 
beriladi. 
Misol: o„sishni sozlovchi modda gektariga 1,5 l me‟yorida g`o„za shonalash 
davrida sepilsa, 36m
2
dagi tajriba uchun hisoblab chiqamiz. Bunda suv sarfi qo„l 
moslama «Avtomaks» uchun gektariga 300 l qilib belgilansa, quyidagicha bo„ladi: 
10000m
2
(1 ga)-1,5l yoki 1500ml dori 
36m
2
- h ml. 
h=36∙1500/1000=5,4ml. demak, dori miqdori 5,4ml. 
Suv sarfini hisoblash: 
300l-10000m
2
h l-36m
2
h=300∙36/10000=1,08l.suv 
Shunday qilib, 5,4 ml dori 1,08 l suvga aralashtirilib, 36m
2
maydonga 
sepiladi. 
Dorilarni sepishda o„simlikning butun tanasi bir hil namlanishi, chala joylari 
bo„lmasligi kerak. Purkash moslamalarini ishlatishdan oldin belgilangan suvni 
to„ldirib dalaga sepib, suv sarfini aniq bilib olinsa, dorilarning bir tekis va to„gri 
sepilishiga imkon beradi. O„sishni sozlovchi moddalarni g`o„zani sug`orishdan 5-7 
kun oldin yoki keyin sepish maksadiga muvofik bo„lib, ularning o„simlik tanasiga 
yahshi singishini ta‟minlash uchun ertalab yoki kechki payt sepish kerak. 


105 
Kuzgi bug`doyda o„sishni sozlvchi moddalar poyalarning yotib qolishiga 
qarshi, bug`doyning pishib etilishini tezlashtirish va don sifatini oshirish 
maqsadlarida tuplash va naychalash, boshoqlash davrining boshida yuqoridagi 
go„zada qo„llashga o„hshash holda qo„llaniladi. 
O„simlikni rivojlanish davrilarida qo„llaniladigan o„sishni sozlovchi 
moddalar ham mutloq (absolyut) ishlov berilmagan hamda vegetatsiya davrida 
qo„llashga tavsiya etilgan etalon preparatga solishtirma rivishda bir nechta 
me‟yorida o„rganiladi. Oldin o„rganilib, ishlatishga ruhsat berilgan preparatlarni 
qo„llash tehnologiyasini takomillashtirish bo„yicha tajribalar o„tkazilsa, qiyoslash 
uchun mutloq nazorat varianti olinishi etarli. Ishlov berish davrida ishchi 
aralashmani to„gri tayyorlash va barcha variantlarga bir hilda sepilishni ta‟minlash 
lozim. 
Tajriba variantlari maydoni eng kamida 24 m
2
, sharoitdan va maqsaddan 
kelib chiqib 100-200 m

va undan ham kattaroq bo„lishi mumkin. Variantlar 1,2 
yoki 3 yarusda va 3 yoki 4 takrorlanishda joylashtiriladi. Urug`ga qo„llaniladigan 
stimulyatorlar bo„yicha tajribalarda urug`lar aniq sanab qo„lda ekilishi ularning 
samarasini aniqroq belgilash imkonini beradi. Ammo ekish seyalkada amalga 
oshirilsa, traktorning bir yoki ikki va undan ko„proq yurish yo„li hisobga olinadi va 
boshqa variantlar ham shu tartibda ekiladi. Bunda har bir variant alohida ekiladi va 
keyin boshqa variantga o„tiladi. 
Ishlab chiqarish tajribalarida esa yuqori natijalarga erishilgan stimulyatorlar 
me‟yorlari va muddatlari 1-3 gektar va undan ko„proq maydonda sinovdan 
o„tkaziladi. O„suv davrida sepiladigan o„sishni sozlovchi moddalar traktor 
purkagich moslamalarida sepiladi. 

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish