Chipor qanot chigirtka[tahrir | manbasini tahrirlash]
Chipor qanot chigirtka — Thisosterus adspersus. Oʻzbekiston, Tojikiston va Qozogʻistonda tarqalgan. Tekisliklarda, ariqlar, yoʻllar boʻyida va choʻlda oʻsadigan oʻtlar orasida yashaydi. Tanasi 18 — 35 mm uzunlikda, kulrang qoʻngʻir. Qanotlarida qoramtir xollari bor. Orqa oyogʻining soni baquvvat. Shoʻra, yantoq, gʻoʻza va beda oʻsimliklari bilan oziqlanadi. Turon xrotogoni — Chrotogonus turanicus Kuthy. Tanasining uzunligi 16 — 24 mm, gʻadir budur sirti boʻrtib chiqqan. Rangi sargʻish kulrang. Lichinkalari qishlaydi va iyun oyida qanot chiqaradi. Shoʻrxok yerlarda va toʻqaylarda yashaydi. Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda tarqalgan. Lalmi chigirtkasi — Calliptamus turanicus Tarb. Oʻrta Osiyoda va Qozogʻistonda tarqalgan. Togʻoldi zonalarida shuvoq va efemerli oʻsimliklar orasida yashaydi. Tanasi kulrang qoʻngʻir yoki och qoʻngʻir sariq. Orqa oyogʻining son qismi toʻq sariq. Tanasining uzunligi 38 — 45 mm. Bitta urgʻochi chigirtka 2 — 3 ta koʻzagacha tuxum qoʻyadi. Har xil oʻsimliklar bilan oziqlanadi. Yoppasiga koʻpayadigan yillari dala ekinlari uchun eng xavfli zararkunanda hisoblanadi.[3]
Italiya chigirtkasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Italiya chigirtkasi — Calliptamus italicus Serv. Tanasining uzunligi 23 — 28 mm. Rangi sariqdan to qoramtir qoʻngʻir tusgacha, dogʻlari bor. Asosan, tuxumi qishlaydi. Aprel may oylarida tuxumdan chiqqan lichinkalari iyun oyining oʻrtalarida jinsiy voyaga yetadi. Yovvoyi gʻalladoshlar, shuvoq, yantoq orasida yashab, gʻoʻza, sabzavot, poliz ekinlariga jiddiy zarar yetkazadi. Oʻrta Osiyo va Qozogʻistondagi tekisliklarda va togʻ oldi zonalarida keng tarqalgan.
Chigirtkasimonlar oilasi Bu oila vakillaridan O‘zbekiston sharoitida 20 ga yaqin tur chigirtkalar qishloq xo‘jalik ekinlariga zarar yetkazadi.
Osiyo chigirtkasi. (to‘qay ko‘chmanchisi) Bu zararkunanda O‘rta Osiyo, Qozig‘iston, Rossiyani janubiy xududlarida keng tarqalgan. Uning yashash stansiyasi to‘qayga bog‘liq bo‘lib, cho‘l va daryolarning qirg‘oqlaridagi qamishzorlarda hayot kechiradi. Osiyo chigirtkasi yirik 55-60mm kattalikdagi yashil-qo‘ng‘ir, yashil sarg‘ish tusdagi hashorot bo‘lib, uning oldingi ko‘kragi o‘rta qismidan tig‘lik chok o‘tgan qanot ustilarida qo‘ng‘ir dog‘lar bor. Tuxumlari yirik 6,5-8,5 mm kattalikda, silindrik shaklda bo‘lib, bel qismida bir oz kamalaksimon egilgan: sarg‘ish-qizg‘ish tusda.
Osiyo chigirtkasi tuxum fazasida (ko‘zachalardagi tuxum) tuproqda qishlab qoladi. Erta bohorda ularning chuvalchangsimon lichinkalari tuproqdagi ko‘zachalardan chiqib po‘st tashlaydi va 1 yoshga o‘tadi. Lichinkalar 30-50 kun rivojlanib 5 yoshga o‘tadi. Shundan so‘ng yetuk urg‘ochi va erkak zotlar qo‘shilib 60-80 ta ba’zan 120 ta tuxum qo‘yadilar. Yiliga bu hashorat 1ta avlod beradi. Osiyo chigirtkasining tuda va yakka holda xayot kechiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |