O‘g‘uzlar. Turk xoqonligi hukmronligi davrida o‘g‘uzlar uning tarkibida bo‘lgan. Turk xoqonligi yemirilgach, o‘g‘uzlarning kattagina qismi Sirdaryo havzasi hamda Orol dengizi bo‘yida muqim o‘rnashib olganlar. Ular IX asr oxiri va X asr boshida O‘g‘uzlar davlatiga asos soladilar. - Sirdaryo quyi oqimi bo‘yidagi Yangikent shahri O‘g‘uzlar davlatining poytaxti bo‘lgan
- X asrdan boshlab o‘g‘uzlar Islom dinini qabul qiladilar.
- X asrning birinchi choragida O‘g‘uzlar davlati shimoli sharqdan qo‘zg‘algan qipchoqlar tomonidan qaqshatqich zarbaga uchrab, bo‘linib ketadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |