Pecheneglar - Orol dengizining shimoli-g‘arbidagi hududlarda, Volga daryosigacha bo‘lgan yerlarda, qipchoqlar kelmasdan oldin bir qancha turkiyzabon qabilalarning eng yiriklari pecheneg, qang‘li va o‘z etnik guruhlari bo‘lib, bular bu yerlarga VIII - IX asrlarda kelib qolganlar.
- Pecheneglar VIII - IX asrlarda Yoyiq (Ural) daryosi bilan Volga daryosi oralig‘idagi yerlarda yashaganlar. Ularning ayrimlari Ural daryosidan sharqda to Uil daryosi sohillarigacha, shimolda Ural tog‘i etaklarigacha borgan. Pecheneglaming yaylovlari Volganing yuqori oqimlarida, hozirgi Jiguli tog‘ida ham bo‘lgan. Idrisiy bu tog‘ni pecheneglar tog‘i deb atagan.
- Pecheneglardan sharqda o‘zlar yashagan. Ularning asosiy qismi Emba, Uil va Ural daryolarining o‘rta va quyi oqimlarida yashaganlar. O’zlar VI - VIII asrlarda G‘arbiy Turk hoqonligi, VIII asrning birinchi yarmida esa turgashlar tarkibida bo‘lgan. Qarluqlar Yettisuvni bosib olgach, o‘zlarning bir guruhi Orol dengizining shimoli-g‘arbiy mintaqalarida joylashgan. Ularning ikkinchi qismi esa Sirdaryoning o‘rta oqimlarida qolib, o‘g‘uzlar tarkibiga kirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |