“Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risida O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2012 yil 10-dekabrdagi №1875 sonli QARORI ijrosining olib borilayotgan ishlar to’g’risidagi
HISOBOTI
Prezidentimiz tomonidan 2012 yil 10-dekabrida “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi 1875-sonli qarorining qabul qilinidi. Ushbu qarorning ijrosini ta’minlashga qaratilgan maktab o’quv dasturimiz asosida quyidagi ishlar amalga oshirildi. O‘zbekistonda xorijiy tilni o‘qitishning xalqaro standartlarga muvofiq keluvchi umumevropa xorijiy tillarni o‘rganish, oqitish va baholashramkalaridagi tavsiyalar-CEFRga moslashtirilgan holda amalga oshirildi. Bu oquv dasturi barcha chet tillarni o‘rganish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Xorijiy tildan jonli tarzda foydalanishga hamda turli muloqot ko‘nikmalari – eshitish, gapirish, o‘qish va yozishga asoslangan tarzda darslarning olib borilishmoqda. I-II chorak davomida “!-oktyabr O’qituvchi va murabbiylar”kuni munosabati bilan 6-7-8-9 sinf o’quvchilari ishtirokida “My Favourite Teacher” insholar tanlovi va badiy kecha o’tkazildi. Maktabimizda ingliz tili fanidan Muxammadjanov Nodir va Quchqarova Yulduzlar 1-11 sinflarga dars o’tmoqda, bu o’qituvchilar darslarida noan’anaviy usullardan jumladan: — kompyuterlardan o’qituvchi chet tilidagi video ro’liklarni, namoyishlarni, dialoglarni kino yoki multfilmlarni ham ko’rishi, stikerlarlardan foydalanishi o’quvchilarning bu fanga qiziqishlarini yanada kuchaytirmoqda.
INGLIZ TILI
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning 2012 yil 13 dekabrdagi PQ 1875 –sonli qarori qabul qilingandan so’ng mamlakatimizda chet tillarni o’qitishga, o’rganishga bo’lgan e’tibor yanada kuchaydi. Chet tillarni o’qitilishida yangicha bosqich, yangucha davr boshlandi.
Chet tilini o’rganishda bunday axborot-kommunikatsion texnoogiyalardan foydalanishning bir qancha afzalliklari mavjuddir. Maktabimizda ingliz tili fanidan Muxammadjanov Nodir va Quchqarova Yulduzlar 1-11 sinflarga dars o’tmoqda, bu o’qituvchilar darslarida noan’anaviy usullardan jumladan: — kompyuterlardan o’qituvchi chet tilidagi video ro’liklarni, namoyishlarni, dialoglarni kino yoki multfilmlarni ham ko’rishi, stikerlarlardan foydalanishi o’quvchilarning bu fanga qiziqishlarini yanada kuchaytirmoqda.
11-SINF O’QUVCHILARINING TA’LIM-TARBIYA JARAYONI VA BO’SH VAQTLARINI MAZMUNLI TASHKIL QILISH BORASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TO’RISIDA.
Maktabimizda 11-sinf o’quvchilarining ta’lim-tarbiya jarayoni va bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida maktabimizda fan to’garaklari va sport to’garaklari tashkil qilingan, bu to’garaklarga o’quvchilar faol qatnashmoqda. Bitiruvchi sinf o’quvchilarini kelajakda kim va qanday kasb egallashi, OTMlarga bo’lgan qiziqishlari o’rganilib ularga to’g’ri yo’nalish berilmoqda. Sport to’garaklariga ham faol qatnashib, hudud bosqichida tashkil qilingan musobaqalarda ham faxrli o’rinlarni egallab kelmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |