610.21 guruh talabasi Ibrohimov G’ulomnazir
Chet tilini o’qitishda electron darsliklarning ahamiyat.
Reja:
Masofaviy o’qitish nima?
Elektron darsliklar nima?
XXI asr axbrot tehnologiyalari asri.
Zamonaviy masofaviyn o’qitish tizimlar haqida,
Xulosa
Hozirgi kunda “Masofaviy o'qitish” atamasi nutqimizda ko'p uchraydi. “Ushbu atama aslida nima anglatadi?” degan savolga javob berish vaqti yetmadimikan?
“Masofaviy o'qitish” bu - mamlakatda va xorijdagi keng aholi qatlamiga maxsus axborot ta'lim ommasi yordamida taqdim etiladigan, masofada o'quv axborotini almashish vositasi (televideniye, radio, kompьyuter aloqasi va hokazo) asosidagi, ta'lim xizmatlari majmuasidir.
Masofaviy o'qitishning axborot-ta'lim usuli foydalanuvchilarning ta'limiy ehtiyojlarini qondirishga yo'naltirilgan, tartibga solingan, ma'lumotlarni yetkazib berishning tashkiliy vositalari, axborot resurslari, o'zaromunosabat bayonnomalari, apparat dasturlari va tashkiliy-uslubiy ta'minotining birligini tashkil etadi. Masofaviy o'qitish uzluksiz ta'lim shakllaridan biri bo'lib, u insonning ta'lim olish va axborot to'plash huquqlarini amalga oshirishga qaratilgan.
Masofaviy o'qitishda, bilim berishning ixtiyoriy shaklini tushunamiz.Bunda o'rgatuvchi va o'rganuvchi zamonda yoki makonda tarqoq bo'ladi. Agar bu ta'rifga qo'shilsak, unda individualizatsiya elementlari yo'q bo'lgan “eski qadrdon” sirtqi ta'lim - zamonaviy - masofaviy o'qitishning namunasidir. Qanday qilib, individualizatsiya elementlarini masofaviy o'qitish tarkibiga kiritish mumkin?
Zamonaviy kompьyuterlar yordamida hozirgi vaqtgacha yetib kelgan, axborot uzatishning deyarli barcha shakllarini samarali amalga oshirish mumkin. Masofaviy o'qitishning an'anaviy sirtdan o'qishdan farqi “qog'oz va ruchka”ning o'rnini kompьyuter, “kaptar pochtasi”ni esa Internet bajaradi. Mulьtimedia kompьyuteri bu - nafaqat yangi ma'lumotlarning integrallashgan sohibi, balki bu - “face to face” modelini to'la va muqobil aks ettiruvchi uskunadir. Shuni aytish joizki, faqat kompьyuterlar orqaligina, informatsion-axborot usullarini gipermediaga tayangan holda, amalga oshirish mumkin, bu o'z o'rnida, o'qitish individualizatsiyasini tashkil etuvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.
“Elektron darslik” nima? Uning oddiy darslikdan farqi nimada? Oddiy darslikdan farqli o'laroq, elektron darslik yordamida siz uchun zarur ma'lumotni tez topasiz; matnni tushunish uchun berilgan izohlarni qayta-qayta murojat qilishda vaqtni tejaysiz; matnni ko'rsatisha, uni izohlab berish bilan birga yana bir qator amallarni bajaradi. Aynan shunda, mulьtimedia-texnologiyalarining ustunliklari va imkoniyatlarini yaqqol ko'rish mumkin, ular shaxsni ma'lum ixtisoslik bo'yicha bilimini tezkorlik bilan tekshirishga imkoniyat yaratadi.
Albatta, hamma narsaning ham ijobiy, ham salbiy taraflari bo'lishi tabiiydir. Shu o'rinda, elektron darsliklarning kamchiliklari deb, ma'lumotni ekrandan olishning noqulayligini aytish ham mumkin. Zero, matnni, ma'lumotni ekrandan idrok etish, kitob o'qishdan ko'ra noqulay va samarasizligi bo'lsa, boshqa tarafdan elektron darslik kitobga qaraganda qimmatroqligidir. Albatta, bu ham individual bo'lib, shaxsning ma'lumotni qay holda, qayerdan olishini ixtiyoriy ravishda tanlashiga bog'liq.
XXI asr - axborot-texnologiyalar asri hisoblanadi. Hozirgi kunda hamma sohada jadallikni kuzatish mumkin. Bugungi kun zamonaviy ta'lim tizimi axborot- texnologiyalari va kompьyuter telekommunikatsiyalarini faol qo'llab kelmoqda. Ayniqsa masofaviy o'kitish tizimi tez rivojlanmoqda, bu albatta, ta'lim muassasalarining kompьyuter jihozlari va Internet tarmoqlari bilan ta'minlanishiga imkon yaratadi.
Xorij tajribasini o'rganib, quyidagi xulosaga kelish mumkin: o'qituvchi axborot uzatuvchi rolida emas (odatdagidek), balki maslahatchi, konsulьtant, ba'zan hatto o'rganuvchining hamkasbi ham bo'lishi kerak. Bu esa o'z o'rnida o'qitish jarayonida talabalarning faol qatnashishlari, mustaqil fikrlashlari, o'z nuqtai nazarlarini ifoda etishlari, real holatlarni aks ettirish kabi ijobiy natijalarni beradi.
Axborot-texnologiyalarning rivoji, darsni yangi, masofaviy o'qitish shaklini amalga oshirish imkonini yaratdi. Ular, birinchidan, yuqorida takidlanganidek, o'rganuvchining o'ziga - darsni o'qish uchun vaqtni va joyni tanlashiga, ikkinchidan, ayrim sabablarga ko'ra an'anaviy ta'lim olish shaklidan mahrum bo'lganlar uchun ta'lim olish, uchinchidan, o'qitishda yangi axborot-texnologiyalarni qo'llashga imkon bersa, to'rtinchidan, qandaydir darajada ta'lim olish harajatlarini kamaytiradi. Boshqa tarafdan, masofaviy o'qitish ta'lim individualizatsisi imkonini mustahkamlaydi.
Masofaviy o'qitish shaklida elektron darsliklar qo'llanilishi haqida aytib o'tildi. Fikrimizcha, ushbu darsliklarning ustunlik tarafi birinchidan, ularning mobil- tezkorligi, ikkinchidan, kompьyuter tarmoqlarining rivojlanishi munosabati bilan aloqa o'rnatilishining osonligi, uchinchidan, zamonaviy ilmiy bilimlarning rivojlanish darajasiga muqobilligidir. Boshqa tarafdan, elektron darsliklar yaratish, axborot materiallarining doimiy yangilash muammosini yechishga yordam beradi. Ularda yana, juda ko'p mashq va misollar, rasmlar yordamida turli xil axborotlar rivojlanish jarayoni batafsil yoritilishi mumkin. Bundan tashqari, elektron darsliklar yordamida bilimni tekshirish - kompьyuterda testdan o'tkazish amalga oshiriladi.
Zamanaviy jarayonda masofaviy o'qitish, dunyodagi ta'lim shakllarining eng mashhuri hisoblanadi. Bugungi kunda, masofaviy o'kitish uslubidagi universitet va kollejlar tarmoqlari beshta qit'aga yoyilgan. Xalqaro Axborotlashtirish Akademiyasi tashkil qilinib, 1998y. esa uning tarkibida Umumjahon Taqsimlangan Universiteti tashkil qilindi, u bugunga kelib, uchta mamlakatda - Rossiyada, Qozog'istonda va Belgiyada qayd qilingan.
Xulosa qilib aytganda, elektron darsliklardan foydalanish amaliyoti, shuni ko'rsatadiki, talabalar bayon etilgan materialni samarali o'zlashtirishyapti, buni test natijalari tasdiqlaydi. Shunday qilib, axborot-texnologiyalar rivoji yangi uslublarni ta'lim uslublarida yaratishni va shu bilan, ta'lim sifatini ko'tarishga keng imkoniyat yaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
www.eduportal.uz
www.ZiyoNet.uz
www.UzKitob.uz
“Ilmiy maqolalar to’plami” Samarqand 2009
Boshqa turli hil internet saytlar maqolalar
Ilmiy maqola
Do'stlaringiz bilan baham: |