CHET TILINI O‘QITISHDA AXBOROT KOMMUNIKATSION
TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI VA O‘RNI
Tillar kafedrasi – 2021
||254||
online darslar, turli dars beruvchi gadjet hamda ilovalar orqali o‘tiladigan darslar
vaqtini tejash va yanada ko‘proq va samarali ma’lumot olishga imkoniyat demakdir.
Bugungi kun yoshlari qo‘shimcha ma’lumot olish uchun kitob qidirib vaqtlarini
sarflamasdan,
albatta,
internetga
murojaat
qiladilar.
Ma’lumki, asosiy
kommunikatsiya vositasi sifatida Internet bilan tanishuv to‘rt yo‘nalishda:
•Internet axborot olish vositasi sifatida;
• Internet muloqot vositasi sifatida;
• Internet o‘qitish vositasi sifatida;
• Internet ko‘ngilochar vosita sifatida amalga oshiriladi.
Ta’lim jarayonida ko‘pgina o‘qituvchilarni duch keladigan muammolari
shundaki, ularni multimedion axborot resurslari bilan ishlashidir. Multimedia bu biz
tasavvur qiladigan oddiy harakatlangan va tovush orqali ma’lumot yetkaziladigan
axborot emas, ular asosan matn shaklida, video, ovoz hamda taqdi-mot shakllarida
bo‘lishi mumkin. Uning qulayliklaridan biri shundaki, ma’lumotni qabul qilish oson,
tez hamda sifatli bo‘lishi yanada multimediani imkoniyatlarini namoyon qiladi.
Zamonaviy texnologiyalar ta’lim tizimida o‘z aksini topishi chet tili o‘qitish
saviyasini o‘stiradi.
12
Nutqni rivojlantirish uchun kompyuter texnika vositalari,
magnit disklaridan foydalangan holda, turli dasturlar asosida axborotni, matn
mazmunini qabul qilish osonlashadi. Kompyuter vositasida til o‘rganish bo‘yicha
turli o‘yin shaklida yaratilgan dasturlar vositasida tuzilgan kompozitsiyani yozib
ko‘rsatish yoki so‘zlab berish taklif etilishi yoki oldindan ajratib olingan rasmlar
yordamida ma’lum vaziyatni yaratish so‘ngra o‘sha kompozitsiyani so‘zlab berish
kabilardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Chet tilini tayyorlashning eng
samarali shakllaridan biri bu teleko‘rsatuvlar asosida tashkil etilgan rol o‘yinlari
asosida olib boriladigan darslarning an’anaviy bo‘lmagan shakllaridan biri. O‘yin
texnologiyasidan
foydalanishning
asosini o‘quvchini
faollashtiruvchi
va
jadalashtiruvchi faoliyat tashkil etadi. Ta’kidlash lozimki, o‘yin eng avvalo,
o‘qitishning bir usulidir. O‘quvchilar o‘yinli darslarga qiziqib qatnashadilar, ular
orqali ta’lim-tarbiya oladi, chet tilini o‘rganishga ham samarali ta’sir qila oladi,
masalan, tezroq gapira oladi, tinglab tushuna oladi, yoza oladi, o‘ziga ishonadi,
qiziqadi.
13
Televizorning yana bir afzalligi bu talabalarga hissiy ta’sir qiladi.
Televizor shoularidan foydalanish, shuningdek, talabalarning aqliy faolligining turli
tomonlarini va barcha e’tabor va xotiraning rivojlanishiga yordam beradi. Chet tili
12
A.A.Leonitev. Umumiy chet tillarini o‘qitishning umumiy usullari. M.: rus, 1991.360 b
.
13
Otaboyeva.M.P. Chet tili o`qitishda zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanish va uning
samaradorligi. T,- 2017. 36-37 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |