CHET TILINI O‘QITISHDA AXBOROT KOMMUNIKATSION
TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI VA O‘RNI
Tillar kafedrasi – 2021
||140||
jarayonida ko‘p ming sonly oily ta’lim muassalari, professor-o‘qituvchilari,
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ustoz-murabbiylari faol ishtirokini his qilish
mumkin. Kechagina auditoriyada o‘tilgan darslarning to‘satdan
onlayn platformaga
ko‘chgani ta’lim beruvchi ustozlar uchun ham katta tajriba-sinov maktabi bo‘ldi.
Mamlakatimizda epidemiyalogik vaziyat va sinovli kunlarda yurtimizning
barcha ta’lim muassalarida juda qisqa fursat ichida onlayn darslar yo‘lga qo‘yildi.
Dastlab, mazkur o‘zgarishlar shubhasiz, muayyan noqulayliklarni
keltirib chiqardi,
ammo pandemiya sababli kuzatilayotgan o‘zgarishlar va ta’limdagi yangi yechimlar
hozirgi davr uchun zarur bo‘lgan innovatsiyalarni ta’lim sohasiga kiritilishiga sabab
bo‘ldi.
Hozirda ZOOM platformasi orqali
onlayn darslar tashkil qilinib,
unversitetning har bir professor o‘qituvchisi bu platformaga vedio ma’ruza,
ma’ruzalar matni mavzular bo‘yicha taqdimot materiallari, mustaqil ish, ochiq va
yopiq testlarni kiritib, o‘z vaqtida talabalarning bilimlarini baholab borilmoqda.
Onlayn dars – bu yangicha uslub va an’anaviy darsdan tubdan farq qiladi. Demak har
bir o‘qituvchi-pedagog endi auditoriyadagi virtual auditoriyalarga moslashishi zarur,
chunki bu darslarning ham o‘ziga yarasha jiddiy talab va shartlari bor.
Onlayn darslar vositasida talaba-yoshlarimiz ko‘proq mustaqil ishlashga, ilmiy
ijod bilan shug‘ullanishlariga, kitoblarni mutolaa qilishi imkoniyatiga ega bo‘ldilar,
pedagog-o‘qituvchilarimiz esa horij olimlari ishtirokida
tashkil qilinayotgan onlayn
video konferensiyalarida qatnashib, kasbiy mahoratlarini rivojlantirish uchun
muntazam ishlashga intilmoqdalar.
Hozirgi vaqtda o‘qitish va tarbiyalashning yangi
texnologiyalariga sifat
jihatdan tez o‘tish uchun ob’ektiv asos yuzaga keldi, chunki iqtisodiy va ijtimoiy
hayotdagi innovatsion jarayonlar o‘z-o‘zidan ta’limda ham tubdan o‘zgartirishlarni
taqozo etmoqda. Hech bir o‘qituvchi-pedagog ertami-kechmi bu jarayonga
qo‘shilmasdan chetda qolishi mumkin emas.
Zamonaviy globallashuv sharoitida oily ta’lim sohasidagi onlayn o‘qitish
usullari zamonaviy axborot vositalari bilan boyitilishi natijasida ta’lim sifatining
yanada ortishi kutilmoqda. Bu borada masofaviy o‘qitish usuli o‘qituvchi-pedagog va
talabalar uchun ham qator qulayliklarga egaligi bilan alohida ahamiyatga egadir.
Endigi vaziyat talabalar uchun zarur bo‘lgan o‘quv-uslubiy
materiallar, o‘quv
qo‘llanmalar asosida kompyuter dasturlari ishlab chiqish vazifasini qo‘ymoqda. Zero,
masofaviy o‘qitish har qanday sohada ham jahon ta’lim markazlarining uslubiy
adabiyotlari, zamonaviy hamda so‘ngi axborotlarni olish jamlab foydalanish
imkoniyatlarini beradi.