Чет эл фу=аролари ва фу=аролиги былмаган шахслар иштирокидаги оилавий муносабатларни тартибга солиш



Download 43 Kb.
Sana09.07.2022
Hajmi43 Kb.
#759890
Bog'liq
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar ishtirokidagi oilaviy munosabatlarni tartibga solish


Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar ishtirokidagi oilaviy munosabatlarni tartibga solish

Reja:





  1. Fuqarolik tushunchasi, chet el fuqarosi

  2. Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning oilaviy munosabatlaridagi huquq va majburiyatlari

Umumiy qoidaga ko`ra, har bir shaxs biron-bir davlatning fuqarosidir. Ma`lum bir davlat fuqarosining huquqiy erkinliklari, burchlari o`sha davlat nomidan bayon etiladi, bu davlatning tegishli qonunlarida mustahkamlanib qo`yiladi va zarur siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy, va hatto, harbiy vositalar bilan muhofaza qilinadi.
Fuqarolik – shaxsning huquqiy maqomi sifatida qator belgilarga ega. U, birinchidan, shaxsning ma`lum bir davlatga mansubligini bildiradi. Ikkinchidan, bu mansublik davlat bilan o`sha shaxs, fuqaro o`rtasidagi siyosiy-huquqiy bog`liqlikni, aloqani bildiradi.
O`zbekiston Respublikasining fuqaroligi to`g`risidagi qonun fuqaroviylik munosabatlarini bevosita tartibga solishga qaratilgan maxsus qonun hisoblanadi. Respublikada fuqarolik bilan bog`liq munosabatlarni tartibga soluvchi qonun-hujjatlar mavjud:
A) 1992 yil 20 noyabrda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tasdiqlangan “O`zbekiston Respublikasi fuqaroligi bilan bog`liq munosabatlarni ko`rib chiqish tartibi haqidagi Nizom”;
B) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 23 dekabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan “O`zbekiston Respublikasining pasport tizimi to`g`risidagi Nizom”;
V) O`zbekiston Respublikasining 1994 yil 23 dekabrdagi Farmoni bilan qabul qilingan “Xorijiy shaxslarga, fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga O`zbekiston Respublikasida yashash uchun guvohnoma va fuqaroligi bo`lmagan guvohnomasi to`g`risidagi Nizom”;
G) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar tomonidan O`zbekiston Respublikasida uy-joy sotib olishni hamda doimiy yashash uchun Toshkent shahriga kelishni tartibga solish to`g`risida” 1999 yil 27 fevralda qabul qilingan Qarori.
Yuqoridagilardan tashqari, O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirliklarining fuqaroviylik munosabatlardagi ayrim juz`iy masalalar bo`yicha tushuntirishlari, qo`llanmalari ham mavjud.
Chet el fuqarosi deyilganda, O`zbekiston fuqarosi bo`lmagan, lekin O`zbekistonda yashab turuvchi va boshqa davlat fuqarosi ekanligini isbotlovchi dalillari bor shaxsga aytiladi. Bunday dalillar milliy pasport va uning o`rnini bosuvchi hujjatlar bo`lib hisoblanadi.
Fuqaroligi bo`lmagan shaxslar deganda, O`zbekistonda yashovchi O`zbekiston fuqaroligiga ega bo`lmagan va o`zining qaysi davlat fuqaroligiga mansub ekanligini isbotlovchi dalillari bo`lmagan shaxslar aytiladi.
O`zbekistonda yashab turuvchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar O`zbekiston qonunlari va Xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan hollardan tashqari teng huquq va majburiyatdan foydalanadilar.
O`zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar uning hududida oilaviy munosabatlarda O`zbekiston Respublikasi fuqaroligi bilan teng huquqlardan foydalanadilar va teng majburiyatlarga ega bo`ladilar.
O`zbekistonda chet el fuqarolari o`rtasidagi o`zaro nikoh xuddi O`zbekiston fuqarolari o`rtasidagi nikoh singari tuziladi. Chet el fuqarolarining o`zaro nikoh tuzish shartlari nikoh tuzuvchilar davlatining qonunlari bilan belgilanadi.
O`zbekistonda tuzilgan nikohning shakli, bo`lajak er-xotin qaysi davlat fuqaroligiga mansub bo`lishidan qat`iy nazar, O`zbekiston qonunlari bilan belgilanadi.
Ayrim hollarda O`zbekistondagi chet el elchixona va konsulxonalarida chet el fuqarolari o`rtasida tuzilgan nikoh qanday shartlar asosida tuzilganligidan qat`iy nazar, o`zaro kelishuv asosida haqiqiy deb tan olinishi mumkin.
Fuqaroligi bo`lmagan shaxslar, asosan, o`zlari doimo yashab turgan davlat bilan bog`liqdirlar. Ularga nisbatan shunday xulosaga kelish xalqaro huquq qoidalariga ham to`g`ri keladi.
O`zbekiston Respublikasi fuqarolari o`rtasida, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar o`rtasida chet davlatning vakolatli organida nikoh tuzishga yo`l qo`yiladi.
O`zbekiston Respublikasi hududida O`zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo`lmagan shaxslar o`rtasidagi, shuningdek, chet el fuqarolari o`rtasidagi nikohdan ajratish O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
O`zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashab turgan O`zbekiston Respublikasining fuqarosi O`zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashab turgan eri (xotini) bilan tuzilgan nikohdan, mazkur shaxs qaysi davlat fuqarosi ekanligidan qat`iy nazar, O`zbekiston Respublikasi sudida ajralishga haqlidir.
FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR:

  1. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T., “ O`zbekiston”, 2002.

  2. Karimov I.A. –O`zbekiston buyuk kelajag sari. T., “O`zbekiston”, 1998.

  3. Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to`g`risida Konvensiya, Toshkent-1998.

  4. Bag`rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi. YUNESKO 1995 yil 16 noyabr, Parij.

  5. I.Ovchinnikov. Roditelskoye schastye. M., Iz-vo politicheskoy lit., 1997.

  6. Qadriyatlar va ijtimoiy taraqqiyot. T., “O`zbekiston”, 1997.

  7. P.Azarov. Semeynaya pedagogika. M., Izd-vo politicheskoy lit.,1995.

  8. Gender i razvitiye v Uzbekistane. T., 1998.

  9. Polojeniye detey v mire. YUNISEF, 2000.

  10. www.ziyonet.uz

Download 43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish