Student of Busan University of Foreign Studies Khurramova Dilnoza Mavzu: ADOLAT OTRYADI JANGCHILARI HAMDA JADIDCHILIK HARAKATI NAMOYONDALARI IJODIDA MILLIY OZODLIK UCHUN KURASH МAVZUI MUNDARIJA Kirish 1.1 Adolat otryadi hamda Jadidchilik harakati namoyondalari ijodida mavzular ko‘lami 1.2. Adolat otryadi hamda Jadidchilik harakati namoyondalari ijodida vatan mavzui Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati. XX asr Koreya Respublikasi hamda Oʻzbekiston uchun oʻzgarishlar, jiddiy burilishlar davri boʻldi. Asr boshida Koreyada vatan ozodligi uchun harakat qilgan Adolat otryadi azaldan mavjud boʻlib, ular har doim vatan mudofaasida birinchilar qatorida turishdi. Oʻzbekistonda ham ijod ahli ozod yurt, xalq erki uchun harakat qildi. Bu davrda vujudga kelgan Jadidlar harakati ham oʻz ijodi bilan xalqni ruhlantirishga, oʻz mustaqilligi uchun kurashga chorladi. Adolat otryadi – koreys xalqining milliy ozodlik harakatidir. Bu guruh a’zolarini asosan konfutsiychi olimlar, shoirlar, tibbiyot xodimlari, talabalar va boshqa turli qatlam vakillari tashkil etdi. Adolat otryadi jangchilarining eng shiddatli inqiloblaridan biri “Koreya vatanparvarlari urushi” nomi bilan 1894-yili (qirol Gojongning 31-yilida) yapon imperializmining bosqini paytida boshlandi. Adolat otryadi harakatining rivojlanish jarayoni “Adolat bilan turing va dushmanni magʻlub qiling” shiori ostida 1896-yili avj nuqtasiga yetdi.
Jadid matbuoti oʻz vakillarining fikrlarini eʼlon qilar ekan, xalqni “har vaqt gʻaflat uyqusidan uygʻotuvchi millat ongining ochqichi” ekanligini namoyon etish bilan birga Turkiston xalqini hur fikrlashga va katta siyosiy kurashga hozirlay oldi. Umuman olganda, asr boshidan yuzaga kelgan jadidchilik harakati Turkiston xalqlarining milliy ozodlik, mustaqillik uchun dastlab chor Rossiyasi, soʻngra sovet mustamlakachiligiga qarshi kurashda muhim oʻrin tutdi.
Vatanni ona deb bilgan, ona vatanni asrashni esa burch deb hisoblaydigan har bir inson, xoh koreys, xoh o‘zbek bo‘lsin, o‘z mamlakatini dushmanlarga berib qo‘ymaydi, mutelik va qaramlikka chiday olmaydi, aksincha erk va ozodlik uchun jon qadar kurashadi. Aynan Adolat otryadi hamda Jadidchilik harakati namoyondalarining bir qo‘lda qalam, bir qo‘lda qilich bilan kurashganliklari bunga yorqin misoldir.
Do'stlaringiz bilan baham: |