Chastotasi 1000 kGs bo‘lgan tashuvchi amplitudasi 5 V meandr signali bilan modulyatsiya qilinsin. Chastota deviyasiyasi esa 10 kGs / V ga teng bo‘lsin. A dan B gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida tashuvchi chastotasi 5 × 10 = 50 kGa ga ko‘payadi (signal amplitudasi va chastota og‘ishining hosilasi) va 1000 kGs + 50 kGs = 1050 kGs ga teng bo‘ladi. B dan C gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida tashuvchining chastotasi bir xil miqdorda, ya'ni 5 · 10 = 50 kGs ga o‘zgaradi, ammo bu safar manfiy yo‘nalishda tashuvchining chastotasi 1000 - 50 = 950 kGs gacha kamayadi.
Garmonik ChM signalning spektrini aniqlaymiz. Buning uchun garmonik ChM signalning matematik ifodasi - (10) formuladan foydalanamiz.
(12) ni formulani(11) ga oborib qo‘yamiz va quyidagini hosil qilamiz:
Yuqoridagi rasmdan ko‘rinib turibdiki ChM signalning modulyasiya indeksining qiymati MChM<<1 bo‘lgan xoll uchun ChM signalning spektri garmonik AM signalning spektriga o‘xshab ketadi. Farqi pastgi yon – tomon tebranishning fazasini 1800 bo‘lishdir.
Chastota modulyasiya indeksi MChM>>1 bo‘lgan xol uchun garmonik ChM signalning spektrini aniqlaymiz. Bessel funksiyalar nazariyasida cos(MChMsinΩt) va sin(MChMsinΩt) davriy fuksiyalarni qo‘yidagi Fur'e qatoriga yoyilishi isbotlangan.
(13) va (14) formulalarni (11) formulaga oborib qo‘yamiz:
Modulyasiya indeksi МChM ga bog‘liq bo‘lgan “n” - darajali Bessel funksiyasi.
Yuqoridagi rasmdan ko‘rinib turibdiki MCh>> 1 bo‘lgan xol uchun garmonik ChM signalning spektr kengligi nazariy jihatdan cheksizlikka intiladi. Ammo “n” ning oshishi bilan yon – tomon tebranishlarning amplitudalari keskin ravishda kamayib boradi. Shuning uchun amaliyotida ChM signalning spektr kengligi sun'iy ravishda cheklanadi.
Har xil modulyatsiya indekslarida garmonik chastota modulyatsiyasidagi chastota spektri
modulyasiya qilingan signallarni olishning soddaligi.
Ushbu modulyasiyaning asosiy kamchiligi modulyasiya qilingan signalning keng spektrligidir.
ChM ning AM dan ustun bo‘lgan afzalliklari energiya samaradorligi va yuqoriroq xalaqitbardoshligidir.
Chastota modulsiyasi radioeshittirishda (UQT diapazonida) audio (past chastotali) signalni yuqori sifatli uzatish, televizion dasturlarida ovoz signalini uzatish, SECAM televizion standartidagi rangli signallarni uzatish va musiqa sintezatorlarida ishlatiladi.