O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT TО‘QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT INSTITUTI
Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakulteti
«Charm buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi» kafedrasi
«Mо‘yna sanoati texnologik mashinalari va jihozlari» fanidan
Amaliy mashg’ulot № 2
Mavzu: «Mezdralovchi mashinaning ishlash prinsipini о‘rganish»
Ulug’muratov Jo’rabek Faxodovich
Mavzu: «Mezdralovchi mashinaning ishlash prinsipini о‘rganish»
Amaliy mashg’ulot № 2
Ishning maqsadi:
Mezdralash mashinalarning ishlash prinsipi va tuzilishini o‘rganish.
Kerakli uskunalar: mezdralash mashinasi, vertual stend, ko‘rgazmali qurollar.
Mezdralash jarayonida terining baxtarma tomonida qolgan ortiqcha yogʼ va teri ostki qatlamlarni yoʼqotishdir. Mezdralash natijasida terining baxtarma tomoni silliq boʼlib, keyingi operatsiyalar va ishlov berish jarayonlari ancha osonlashadi. Mezdralash jarayoni koʼpincha hoʼl tuzlangan terilarni yuvgandan keyin yoki quruq xom ashyolarni ozgina boʼktirgandan keyin olib boriladi.
Аjratilgan, mezdralash natijasida hosil boʼlgan qoldiqlarni alohida boʼlimlarini qaynatib, yelim olinadi.
Ishlash printsipiga ko‘ra, mashinalar elektromexanik va elektro-gidravlik o‘tkazadigan va o‘tkazmaydiganlarga bo‘linadi.
Charm va mo‘yna ishlab chiqarish korxonalarida terini mezdralash uchun pichoqli vallari mavjud mezdralovchi mashinalar ishlatiladi. Bu vallardagi pichoqlar spirali chap va o‘ng tomonga yo‘nalgan bo‘ladi.
Mashinalar ishlov beriladigan terilar xarakteristikasiga qarab mezdralovchi mashinalar 4 tipga bo‘linadi: 1- kichik terini mezdralovchi, 2- o‘rtacha terini mezdralovchi, 3 - katta terilarni mezdralovchi, 4 - teri xom ashyo zavodlarida katta terilarni mezdralovchi mashinlar.
O‘tkazuvchi mezdralash mashinalarida terining butun maydoni bir marta mashinadan o‘tkazilib mezdradan tozalanadi. Ishlash vaqtini sezilarli darajada osonlashtiradi va unumdorligini oshirib, ishlab chiqarish liniyalarida mashinalardan foydalanishga imkon beradi.
O‘tkazmas mezdralash mashinalarida barcha turdagi mo‘ynali xom ashyolari mezdralanadi. Teri mezdralash ikki bosqichda bajariladi. Ya’ni birinchi mashinada dumg‘aza qismi mezdralanadi, so‘ngra yoqa qismini mezdralari olib tashlashnadi.
Ishlash tartibi:
1. Talabalarni asbob-uskunalarda ishlashda texnika xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirish
2. Mezdralovchi mashinaning tuzilishi va ishlash printsi:
2.1. Teri mashina valiga bosh qismi bilan yotqiziladi.
2.2. Pedal bosilib, mashina yoqiladi.
2.3.Siquvchi val pichoqli valga yaqinlashtiriladi va terining yarmi mezdradan tozalanadi.
2.4. Pedal ikki marta bosganda siquvchi val o’z holatiga keladi.
2.5. Teri olinib, dum qismi bilan valga yotqiziladi.
2.6. Pedalni bosib siquvchi valni pichoqli valga yaqinlashtirish va terining ikkinchi qismini tozalash.
2.7. Pedalni ikki marta bosish bilan dastlabki holatga keltirish.
1-rasm. MM2-300 mezdralovchi mashinasining kinematik sxemasi.
1-elektr dvigatel, 2-pichoqli val, 3-chervyak, 4-pichoqlarni o’tkirlovchi tosh,
5-terini pichoqli valga siquvchi val, 6-pedal
2-rasm. Mezdralovchi mashinalarning ishchi mexanizmlari
a-kichik xom ashyoni mezdralovchi mashina; b-o’rtacha xom ashyoni mezdralovchi mashina; v-pnevma tayanchi; g-2 ta pnevmatik tayanchli; d-katta xom ashyoni mezdralash va navalni haydovchi mashina.
1-Pichoqli val, 2-transportlovchi val, 3-rezinali val, 4-teri, 5-transportlovchi val, 6- pnevmatik val, 7-karetka, 8-amortizator, 9- pichoqli val, 10-shliflovchi brus.
Nazorat savollari:
1. Terini mezdralash mashinalari nima uchun ishlatiladi?
2. MM2-300 mashinasini texnik xususiyatlarini tushuntiring.
3. Mezdralash mashinalarida ishlash ketma-ketligini tushuntiring.
Рекомендуемая литература:
1. Temirova M.I., Qodirov T.J. Charm va mo’yna texnologiyasi. Darslik. -T.: Turon-iqbol, 2005. -256 bet.
2. Дубиновский М.З., Чистякова Н.В. Технология кожи. Учебник. –М.: Легпромбытиздат, 1991. -320 с.
3. Страхов И.П. и др. "Химия и технология кожи и меха" Учебник. 4-е изд. –М.: Легпромбытиздат, 1985. -494 с.
4. Справочник кожевника (Отделка. Контроль производства)/ Под. ред. Н. А. Балберовой, -М.: Легпромбытиздат, 1987. -256 с.
5. Еремина И.А., Иванова Р.А. Технический анализ и контроль кожевенного производства. Учебное пособия. -М.: Легбытиздат, 1989. – 239 с.
6. Андрианова Г.П., Шестакова М.С., Куциди Д.А., Касьянова А.А. Химия и физика высокомолекулярных соединений в производстве искусственной кожи, кожи и меха. Учебное пособия. -М.: Легпромбытиздат, 1987. - С. 277-322.
Интернет сайты
www.leathernet.com;
www.legprominfo.ru;
www.chemical.ru;
www.leathernet.com;
www.bizleather.com;
www.souzkogevnikov.ru;
www.euroleather.com;
http://ziyonet.uz/uzc/library/libid/30501;
http://ziyonet.uz/uzc/library/libid/30505.
Спасибо за внимание Тему лекции подготовил доц. кафедры «Конструирование и технология изделий из кожи», к.т.н. Х.Х. Бегалиев
Do'stlaringiz bilan baham: |