Mikrokreditbank
Mikrokreditbank
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi
Bank missiyasi
Kichik biznes, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini, kam taʼminlanganlarni qoʼllab-quvvatlash, hunarmandchilik va kasanachilikni faollashtirish yoʼli bilan yangi ish oʼrinlarini yaratish, ayniqsa qishloq joylarda aholi keng tabaqalarining mikromoliyaviy xizmatlardan bahramand boʼlishini taʼminlash uchun moliyaviy mablagʼlar berish.
Bank strategiyasi
Moddiy infratuzilmani rivojlantirish;
Strategik hamkorlikni rivojlantirish;
IT ni qoʼllashni takomillashtirish;
Rivojlangan mamlakatlar bank tizimi va mahsulotlarini oʼrganish hamda joriy qilish.
"Mikrokreditbank"
Sertifikat
Bankning “Sifat boshqaruv tizimi”dagi asosiy maqsad va ustuvor yoʼnalishlari quyidagilardir:
Yangi bank xizmatlarini joriy qilish;
Bank infratuzilmasini takomillashtirish;
Xizmat koʼrsatish punktlarini koʼpaytirish
Bank faoliyatini avtomatlashtirish;
Oʼzbekiston Respublikasida iqtisodiyotni qoʼllab quvvatlash;
Xodimlar malakasini oshirish.
MIKROQARZ
Mikroqarz naqd yoki qarz oluvchining nomiga milliy valyutada ochilgan plastik kartasiga o‘tkazib berish orqali 50 mln.soʼmgacha 12-36 oy muddatga ajratiladi.
Mikroqarz foizi:
12 oygacha – yillik 27 foizdan kam bo`lmagan miqdorda
24 oygacha – yillik 28 foizdan kam bo`lmagan miqdorda
36 oygacha – yillik 29 foizdan kam bo`lmagan miqdorda
ONLINE MIKROQARZ
Online mikroqarz – “Mikrokreditbank” ATB tomonidan ish haqi loyihasi doirasida ochilgan plastik kartalarga masofaviy qarz taqdim etish turi.
Bank tomonidan Online mikroqarz naqd pulsiz shaklda bank kartasiga “MKB Mobile” ilovasi orqali milliy valyuta – "soʼm"da - 3 oygacha boʼlgan muddatga ajratiladi.
Onlayn mikroqarzning asosiy qismi foydalanishning oxirgi oʼttizinchi kunida qaytarish sharti bilan beriladi. Bunda, mijoz tomonidan oferta shartnomasi tasdiqlanganidan soʼng 3 bank ish kuni ichida foydalanish lozim, mijoz tomonidan foydalanilmagan taqdirda shartnoma keyingi kundan bekor qilinadi.
Online mikroqarz quyidagi shartlar asosida ajratiladi:
1. "Online mikroqarz" yillik foiz stavkasi: 24%
3 oygacha muddatda 1 500 000 so'mgacha beriladi.
2. "Online mikroqarz-2" yillik foiz stavkasi: 27%
12 oygacha muddatda 5 000 000 so'mgacha beriladi.
Kredit olish uchun asosiy talablar:
1. Qarzdorning boshqa kreditlari boʼyicha muddati oʼtgan qarzdorligi boʼlmasligi
2. Oxirgi 4 oy davomida bank kartasi orqali uzluksiz ish haqi tushumiga ega boʼlishi
IPOTEKA KREDITI
Kredit muddati – 6 oy imtiyozli davr bilan 20 yilni ham qo’shgan holda;
Kredit foizi – yillik 17%;
Kredit toʼlov usuli – annuitet va differiansial usulida
Dastlabki badal barcha hududlarda bir xil 15 foizdan kam bo’lmagan miqdorda.
Kredit faqat birlamchi bozordagi xonadonlar xaridi uchun taqdim etiladi!