d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish v) tarqatma materiallar orqali g)misollar yechish e) amaliy. IX.Yangi mavzu bayoni:
Mamlakatda olib borilayotgan islohotlarni yanada takomillashtirish Respublika Qurolli Kuchlarida ham muhim o‘zgarishlar qilishga sabab bo‘ldi. Chunonchi, 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan yangi tahrirdagi«Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qonunni ko‘rish mumkin. Unga binoan, Qonun fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasini himoya qilishga majburiy harbiy tayyorgarligidan iborat bo‘ladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safini to‘ldirishni
va ularning rezervini tayyorlashni ta’minlash maqsadida joriy etiladi.Umumiy harbiy majburiyat fuqarolarni harbiy xizmatga tayyorlashni,harbiy xizmatga chaqirishni (kirishni), chaqiruv yoki kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat o‘tashni, rezervdagi xizmatni, muqobil xizmatni, harbiy ro‘yxatdan
o‘tish qoidalariga rioya etishni, favqulodda vaziyatlarda yoki O‘zbekiston Respublikasiga qarshi tajovuz bo‘lgan taqdirda, aholini muhofaza etish chora-tadbirlarini qamrab oladi. «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining quyidagi fuqarolari, xususan:
harbiy xizmatga chaqiriladigan va tuman (shahar) chaqiruv uchastkalarida qayd etilgan shaxslar — chaqiriluvchilar;
haqiqiy harbiy xizmatdagi shaxslar — harbiy xizmatchilar;
Qurolli Kuchlarning rezervi yoki zaxirasidagi shaxslar — harbiy xizmatga majburlar;
turli sabablarga ko‘ra, harbiy ro‘yxatga olinmagan yoki harbiy ro‘yxatdan chiqarilgan,shu jumladan, iste’fodagi shaxslar — harbiy xizmatga majbur bo‘lmagan shaxslar, deb ataladi.Umumiy harbiy majburiyat O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yoki vaqtincha yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga tatbiq etilmaydi. Harbiy xizmatga birinchi marta chaqirilgan yoki ixtiyoriy ravishda (kontrakt bo‘yicha) kirgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi xalqi va Prezidentiga sodiqlik to‘g‘risida Harbiy qasamyod qabul qiladilar.Muqaddam harbiy qasamyod qabul qilmagan harbiy xizmatga majburlar yig‘inlarga jalb etilganlarida yoki safarbarlik bo‘yicha chaqirilganlarida, harbiy qasamyod qabul qiladilar. Harbiy xizmat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Qurolli Kuchlar safida umumiy harbiy majburiyatni bajarish borasidagi davlat xizmatining alohida turidir. «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qonunga binoan, harbiy xizmatning quyidagi turlari joriy etilgan:
— muddatli harbiy xizmat;
— safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat;
— kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat;
— O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida harbiy xizmatni o‘tagan rezervchilar xizmati.
Tinchlik davrida oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida muddatli harbiy xizmatga, shuningdek, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga o‘n sakkiz yoshdan yigirma yetti yoshgacha bo‘lgan, salomatligiga ko‘ra,Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli erkak fuqarolar
chaqiriladi. Muddatli harbiy xizmatda chaqirilishi yoshidagi fuqarolarning oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida, shuningdek, muqaddam harbiy xizmatni o‘tamagan ofitserlarning qonun hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida Qurolli Kuchlar safidagi majburiy xizmatdir.Muddatli harbiy xizmat muddatlari kalendar hisobida:
muddatli harbiy xizmatni oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida o‘tayotgan harbiy xizmatchilar uchun – o‘n ikki oy (oliy ma’lumotli shaxslar uchun — to‘qqiz oy);
muddatli harbiy xizmatni chaqiruv bo‘yicha ofitserlar tarkibi lavozimlarida o‘tayotgan ofitserlar uchun to‘qqiz oy qilib belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2002-yil 12-dekabrda yangi qabul qilingan «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qonunga asosan, fuqarolarning muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilishi O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, yiliga ikki marta: aprel-may va oktabr-noyabr oylarida o‘tkazilib kelingan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 20-noyabrdagi Fuqarolarning
Muddatli harbiy xizmatni yokisafarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tamagan va harbiy ro‘yxatda turmagan chaqirilish yoshidagi fuqarolar, shuningdek, doimiy turar joyidan vaqtinchalik boshqa joyga jo‘nab ketgan va o‘sha yerda harbiy ro‘yxatda turmagan chaqiriluvchilar mudofaa ishlari organlarida hozir bo‘lishi shart.O‘n sakkiz yoshga to‘lgan va yoshi o‘n sakkizdan oshgan chaqiriluvchilarning harbiy ro‘yxatdan turish joyini o‘zgartirishiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining navbatdagi chaqiruv to‘g‘risidagi qarori e’lon qilingunga qadar yo‘l qo‘yiladi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e’lon qilingandan keyin chaqiriluvchilar harbiy ro‘yxatda turish joyini faqat quyidagi hollarda o‘zgartirishi mumkin:
— boshqa ishga o‘tkaziladigan bo‘lsa;
— yangi turar joyiga ko‘chib o‘tgan bo‘lsa;
— ta’lim muassasasiga o‘qishga kirgan va ta’lim olishni davom ettirish uchun ketayotgan bo‘lsa. Ushbu ko‘rsatilgan asoslarning mavjudligi mudofaa ishlari organiga taqdim etiladigan hujjatlarda tasdiqlanishi lozim.Fuqarolar mudofaa ishlari organlari tomonidan belgilangan muddatlarda chaqiruv uchastkalarida hozir bo‘lmaganda, quyidagilar uzrli sabab hisoblanadi:
fuqaroning chaqiruv uchastkasiga kelishiga imkon bermagan kasalligi;
yaqin qarindoshining (otasi, onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, xotini,bolasi) vafot etganligi yoki og‘ir kasalligi;
fuqaroga bog‘liq bo‘lmagan holda uning chaqiruv uchastkasiga kelishiga imkon bermagan tabiiy ofat yoki boshqa holatlar.