Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘quv fani O‘zbekiston Respublikasi "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq tashkil etilib, olib boriladi



Download 4,96 Mb.
bet130/145
Sana22.07.2022
Hajmi4,96 Mb.
#837778
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   145
Bog'liq
10-синф

VI.Texnik jihoz: Kadoskop,kampyuter, diaproyektor ekran.
VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt: 45 minut:
VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash
c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
IX.Yangi mavzu bayoni:
Mo‘ljalga olish — avtomat stvol kanalini o‘q otish uchun tayyorgarlik holatiga keltirilib, mo‘ljallangan nuqtaga to‘g‘rilanadi. Avtomatning nishonga to‘g‘rilanish nuqtasi mo‘ljallangan nuqta deyiladi.
Mushkani to‘g‘ri olish uchun mushka mo‘ljallangan plankasining o‘yiq joyiga to‘g‘ri keltiriladi. Uning uchi mo‘ljallagich plankasi o‘yiq joyining o‘rtasida bo‘lishi bilan, yuqori chekkalari bir tekisda bo‘lishi kerak
Mo‘ljalni tanlash va mo‘ljallangan nuqtaga, qo‘zg‘almas nishonga o‘t ochish
Mo‘ljal va mo‘ljallangan nuqta shunday hisobga olingan holda tanlanishi zarurki, o‘t ochishda ro‘y beradigan o‘rtacha trayektoriya nishonning o‘rtasidan o‘tishi lozim. 300 metrgacha bo‘lgan masofaga avtomatdan o‘t ochishda, mo‘ljallagichni otish qoidasiga asosan, 3 raqamli yoki «Ï» harfiga o‘rnatish shart. Mo‘ljallanayotgan nishonning pastki qismiga yoki bo‘lmasa o‘rtasiga mo‘ljallash kerak bo‘ladi. Masalan, avtomatdan 100 metr masofadagi ko‘krak shaklidagi nishonlarga o‘q otishda, mo‘ljallanadigan nuqtasini, nishonni past qismiga qaratib, mo‘ljallagichni «Ï» harfiga qo‘yib, o‘t ochish lozim bo‘ladi. Bu holatda trayektoriyaning ortib borishi mo‘ljallash chizig‘idan uzoqligi 25 sm.ga tengdir. Bu esa, nishon markazidan o‘tadigan trayektoriyaga mos tushadi.

Mushka to‘g‘ri O‘qlar nishonga tegadi


300 metrdan ortiq uzoqlikka o‘t otishda mo‘ljal nishongacha mos keladigan masofaga o‘rnatiladi va yuz metrlab yaxlitlanadi. Mo‘ljallash nuqtasi sifatida, nishonning o‘rtasi olinadi. Mabodo, sharoit taqozosi mo‘ljallagichni almashtirishga imkon bermasa, unda mo‘ljallagich «Ï» harfiga o‘rnatilib, o‘t ochish lozim bo‘ladi. 400 metrdan ortiq masofaga otish uchun nishonning joyi, burchagi va dengiz sathidan kuzatish maydonining balandligi hamda nishonning pastki qismini mo‘ljallash bilan tuzatishlar kiritiladi. Ob-havo noqulay kelishi, yondan esayotgan shamol o‘qning uchishiga salbiy ta’sirini ko‘rsatib qolmay, uni chetga og‘dirishi bo‘ladi. Yon tomondan esayotgan shamol vaqtida mo‘ljallash nuqtasini bir necha metr nishonning shakliga yoki surilma bo‘lagiga mo‘ljal oldindan olinishi lozim. Bunday holatda esa, mo‘ljallangan nuqtani boshlangan joyidan, nishonning o‘rtasidan shamol esayotgan tomonga ko‘chiriladi (127-rasm).




2.4. Uzoqlikni o‘lchash usullari va minglik ifodasini qo‘llash

Odatda, nishongacha bo‘lgan masofani ko‘rish asboblari yordamida (har qanday sharoitda) burchak kattaligi bilan o‘lchanadi. Ko‘rish asboblari (glazomer) yordamida uzoqlikni aniqlash; joyning biron-bir jismi bilan; joyning kesishgan holati bilan; ko‘rinish darajasiga qarab, har qaysi nishon yoki buyumni o‘lchash bilan amalga oshiriladi.


Nishonga olish masofasining burchak kattaligi nishon o‘lchami (balandligi, kengligi, uzunligi) ma’lum bo‘lsa, minglik ifodasini qo‘llash usuli bilan aniqlanadi:

bu yerda, M — nishongacha bo‘lgan masofa, metr; B — nishongacha bo‘lgan balandlik (kengligi yoki uzunligi), metr; 1000 — doimiy uzunlik; BK — minglikning nishongacha bo‘lgan burchak kattaligi. Nishonning burchak kattaligi minglar yordamida dala durbini yoki burchak ko‘rsatish asboblarining burchak o‘lchami shkalasi yordamida o‘lchanadi. Binoklning katta shkalasi orasidagi o‘lcham 10 ming, kichigi 5 ming (yozilishi 0—10, 0—05)ga teng. Masalan, durbin orqali kuzatilayotganda, o‘rtacha odamning o‘lchami 1,7 m durbinning bir kichik uzunlik


s etkasi 0—05 m.ga to‘g‘ri keladi. Shunday qilib, odam o‘rtasida:
minglik — burchak uzunligi to‘g‘ri 1—1000 radius yoki burchak markazi aylanma yoyi, to‘g‘ri 1—6000 aylana qism.
Nishon burchak kattaligini qo‘ldagi mavjud buyumlar: chiz g‘ich, qalam, gugurt qutisi yoki qo‘l barmog‘i bilan ham o‘lchasa bo‘ladi. Buning uchun ushbu buyumlarning minglik holatini bilish zarur. Chizg‘ichni 1 mm—0—02; dumaloq qalam — 0—12; gugurt uzunligi bo‘yicha
chiziqcha — 0—90, kengligi bo‘yicha — 0—60, balandligi bo‘yicha — 0—30; qo‘l barmoqlari: bosh barmoq — 0—40; ko‘rsatkich barmoq — 0—30; kichigi — 0—20.
Masalan, nishonning burchak kattaligini aniqlash uchun chizg‘ich yordamida, nishon masofasi, chekkasi, kengligi, balandligi yoki uzunligi 4 mm bo‘lsa, undan nishonning burchak kattaligi 0—02•4 = 0—08 ga teng.
Nishonning burchak kattaligini qo‘ldagi buyumlar yordamida aniq o‘lchash lozim bo‘lsa, ko‘zdan 50 sm masofa nariga aniq olib boorish kerak.

Download 4,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish