Tortish usuli. Bu usul changlangan havoning ma’lum miqdorini avvaldan og‘irligi aniq bo‘lgan filtr (so‘rg‘ich) qog‘ozlar orqali o‘tkazilib, uning sathida ushlanib qolgan chang miqdoriga qarab hisoblash yo‘li bilan mg/m3 da aniqlashga asoslangan. Kerakli asbob uskunalar:
· Sathida chang ushlab qolish uchun har xil so‘rg‘ichlar (filtrlar) kerak bo‘ladi. Bu maqsadlarda sanoat ishlab chiqarilgan elektr zaryadlangan matodan ishlangan AFA filtrlaridan keng foydalaniladi. Bu maqsadlarda oddiy filtr qog‘ozlari va yog‘sizlantirilgan paxtadan ham foydalanish mumkin.
· Filtrni ushlab turuvchi moslamalar – allonjlar.
· Havo tortkichi – aspirator.
· O‘tayotgan havo hajmini ko‘rsatuvchi asbob – reometr.
· Analitik tarozi.
Allonj va AFA filtri. Aniqlash tartibi:
1. Filtrlarni og‘irligini analitik tarozi yordamida aniqlash;
2. Ish joyiga asbob uskunalarni joylashtirish (havo namunasi olinadigan joyni aniqlash va allonjlarni o‘rnatish);
3. Kerakli havo tezligini belgilash (chang uchun filtr orqali o‘tadigan havoning tezligi 10 l/min. dan kam bo‘lmasligi tavsiya etiladi);
4. Namuna olish;
5. Filtrlarni qayta tortish va og‘irlik farqini aniqlash;
6. Hisob-kitob ishlari olib borish.
(m2-m1)*1000 X = V20
m1 – filtrning namuna olinmasdan oldingi og‘irligi (mg)
m2 – havo namunasi olingandan so‘nggi og;irligi.
V20 – filtrdan o‘tkazilgan havo hajmini narmal sharoitga keltirilgan miqdori, bu quyidagicha bajariladi.
V20 = Vt*K
T – namuna olish vaqti.
Olingan natijani gigienik me’yorga taqqoslash yo‘li bilan baholash. Changning me’yori GOST 12.1.005-88 da ko‘rsatilgan va quyidagi prinsiplar asosida me’yorlangan. Chang kimyoviy tarkibiga qarab me’yorlanadi. Tarkibida bir necha xil modda bo‘lgan changlar eng zararli qismi bo‘yicha me’yorlanadi. Chang zarrachalarining katta-kichikligi to‘g‘risidagi ma’lumot muhim ahamiyatga egadir. Chunki chang zarrachalarining havoda suzib yurish muddati va nafas yo‘llaridan o‘tib o‘pka sathigacha etib borishi aynan shu xususiyati bilan bog‘liq.
Asboblar:
Chang kamerasi, filtrli aspirator (AFN-V-18), analitik tarozi, termometr, barometr.
Xisoblash formulasi:
C= (P1-P2)/B0
B0= B1•273•B/(273+t) +760
B1= B•T
Bu yerda
P1- filtrning namuna olinganga qadar bo’lgan og’irligi;
P2- filtrning namuna olingandan keyingi ogirligi;
B0-normal sharoitda filtrdan o’tgan havo miqdori,m3;
B1-tajriba paytidagi havoning harorati va bosimida filtrdan utgan chang miqdori, m3;
B-aspiratorning ko’rsatishi;
t-tajribani utkazishga sarflangan vaqt;
T-xavo temperaturasi;
760- mm.sim.ustuni havo bosimi;
Tajriba o’tkazilgandan keyin kuyidagi jadvalni to’ldirish kerak
Namuna olish joyi
|
Filtrning ogirligi
|
Atmosfera
bosimi
mm.sim.
ustuni
|
Xavo
xaro-
rati,
C0
|
Namuna olish
|
CHang
ogirligi,
mg
|
Normal sharoitda filtrdan o’tgan changning
miqdori, m3
|
Xaqiqiy
konsent-
ratsiya,
mg/m3
|
|
Tajriba-gacha, mg
|
Tajriba-dan keyin,
mg
|
mm.
simob ustuni
|
C0
|
minut
|
1/minut
|
l
|
mg
|
m3
|
mg/m3
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Nazorat savollari:
Havodagi chang miqdorini me’yorlarini aytib bering?
Chang manbalari nima?
Changdan ximoyalash vositalariga nimalar kiradi?
Bарча саноат чанглари nechta тасниф гурухига бo’линади?
Чангларнинг тасниф гурухига qараб, чангли хавони тозаловчи ускуналар nechta синфга бo’линади?
Chang miqdorini aniqlashning qanday usullarini bilasiz?
Qanday changlar eng zararli hisoblanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |