486 «Молодой учёный» . № 4 (294) . Январь 2020 г.
Молодой ученый O’zbekiston Молодой ученый O’zbekiston manbalarga asoslanib, turkiy “Gul ve Navro‘z”ni Hayar
Xorazmiyning asari deb bilamiz.
Ba’zi bir muhaqqiqlar tomonidan Haydar Xorazmiyning
Turkiy “Gul va Navro‘z”i Jalol Tabibning shu nomdagi
asarining tarjimasi bo‘lgani ham urg‘ulanadi. Ana shu
mavzuni aniqlash, umuman ikki asarning o‘xshash va farqli
tamonlarini belgilash maqsadida, biz ushbu maqolada
qiyosiy adabiyotshinoslik metodlarga asoslanib, Haydar
Xorazmiyning Turkiy “Gul va Navro‘z” manzum dostonini,
undan oldinroq shu nom bilan o‘xshash mavzuda Fors tilining
atoqli shoiri Shirozlik tabib va shoir “Jalol Tabib” nomi bilan
shuhrat qazongan Mavlono Jaloliddin Ahmad b.Yusuf Tabib
Xuvofiy tomonidan yozilgan “Gul va Navro‘z” bilan qisqa
shaklda muqoyisalab o‘tamiz.
Manba’larga ko‘ra “Gul va Navro‘z” dostonini ilk bor
forsda humronlik qilgan Muzaffarilar zamonining tabibi va
shoiri bo‘lgan Jalol Tabibning qamariy hijriy 734 (milodiy-
(133yili fors tilida yozgan. Mavlono Jaloluddin Ahmad b. Yusuf
b. İlyos Tabib Xuvofiy Shiroziy, hijriy 8-asr (m. 14-asr) Fors
mamlakati hukumdori Shoh Shujo Muzaffariy (h. q.760–
786 / m. 1358–1384) saroyining mashhur olimi, shoiri,
yozuvchisi va tabibi bo‘lgan. Shoir Shirozda tug‘ilgan, tavallud
tarixi hijriy 7-asrning son’gida deb tasavvur qilinadi, uning
vafoti isa 795-yilida ro‘y bergani qayd etilgan. Jalol Tabibning
she’rlari devoni, aruz haqidagi forscha va arabcha risolalari,
“Nazhat-ul-Arvoh” nomli asari va albatta “Gul va Navro‘z”
manzum dostoni bizga qadar yetib kelgan [Lutfiy, 1978: 1–3].
Biz ushbu maqolada faqatgina shoirning “Gul va Navro‘z”
manzum dostoni haqida so‘z yuritmoqchimiz. Ushbu manzum
doston aruzning hazaji musaddasi mahzuf / maqsur (mafoilun
mafoilun fuulan / mafoil) vaznida yozilgan. Baytlari soni 1400
dan ortiqroq ekani taxmin etiladi. Jalol Tabib o‘zining “Gul
va Navro‘z” otli dostonini qamariy hijriy 734 (m.1333) yilida
yozib tugatadi [Jalol Tabib, 2001: 2].
Turkiy yoxud qadim O‘zbek tilidagi “Gul va Navro‘z”,
milodiy 15-asr birinchi yarmi O‘zbek dunyoviy adabiyoti
taraqqiyotida muhim o‘rin tutgan qimatli adabiy
yodgorliklardan biridir. Ushbu asar hijriy sakkizinchi (milodiy
14) asrning oxirlari va to‘qqizinch (milodi 15) asrning birinchi
yarimida yashab ijod etgan isti’dodli shoir Mavlono Haydar
Xorazmiy tamonidan yozilgan. Haydar Xorazmiyning hayoti
haqida ma’lumot juda oz saqlangan.
Milodiy 15-asr tazkiranavisiy, Davlatshoh Samarqandiy
o‘zining “Tazkirat-uş-Şu’aro” asarida Haydar Xorazmiy
haqida qo‘yidagicha ma’lumot biradi: “Sulton İskandar
hukumronligida fozil kishilardin Mavlono Muhiddin Natanziy
va Mavlono Haydarlar bor ekan. Mavlono Haydarning Turkiy
va Forsiy tillarida bitgan yaxshi she’rlari bor va u Nizomiyning
Maxzan-ul-Asrariga Turkiy tilida javob yozib, uni shahzoda
İskandar otiga bag‘ishladi” [Davlatshoh, 2003: 371].
Haydar Xorazmiy haqida ma’lumot biruvchi manba’lardan
biri Navoiy’ning “Majolis-un-Nafois’ asaridir. Alisher Navoiy
bu kitobining 7- majlisida “Turkiyguy Mavlono Haydar” haqida
ma’lumot berib, uning “Maxzan-ul-asror”(yoki “Gulshani
asror” asaridan qo‘yidagi baytni keltiradi:
Himmat elidur Yadu bayzo degan
Er nafasidur dami Iso digan [Navoiy, 2008: 213].
Mavlono Haydarning Turkiyguy shoirligi va uning
Xorazmlik ekanligini Navoiy “Muhokimat-ul-lug‘atayn”
asarida ham aytib o‘tgan. “Shohrux Sulton zamonining
oxirigacha Turk Tili bilan shua’ro paydo bo‘ldilar va o‘l
hazratning avlod va ahfolidin ham xush tab” salotin zuhurg‘a
keldi: Shua’ro Sakokiy va Haydar Xorazmiy va Otoiy va
Muqimiy va Yaqiniy va Amiriy va Gadoiydeklar…” [Navoiy,
2009: 52].
Haydar Xorazmiy Temurilardan Umar Shayxning o‘g‘li
İskandar Mirzo hukumronligi davrida (15-asrning boshlarida)
yashab ijod etdi. Bizga qadar Haydar Xorazmiyning Nizomi
Ganjaviyning “Maxzanul-asror” dostonidan fayz topib
yaratgan axloqiy-ta’limiy “Gulshani Asror” masnavisi]
Mallaev, 1976: 287–295 [hamda 1411-yili yozilgan “Gul va
Navro‘z” ishqiy sarguzasht dostoni saqlanib qolgan.
“Gul va Navro‘z” ishqiy-qahramonlik dostoninig boshlanish
qismida uning Shirozda hukumat qilgan Amir Temur nabirasi
İskandar Mirzo (Sulton İskandar) b.Umar Shayx nomiga
yozilganligi bildiriladi. Oxirda isa asarning yozib tugatilgan
tarixi (hijriy814 / m.1411-yil) qayd etilgan. O‘zbek adabiyot-
shinosligida “Gul va Navro‘z”ning yozilgan zamonidan yuz yil
o‘tgandan so‘ng (hijriy 914 / milodiy 1509-yilda) ko‘chirilgan
va bizga qadar yetib kelgan nusxa asarning eng qadimgi
nusxasi deb hesoblanadi. Mazkur nusxa Mavlono Lutfiy divoni
bilan bir jildda bo‘lib, Muhammad b. Hasan Jama’on Ansoriy
digan kotib tamonidan ko‘chirilgani bildiriladi [Lutfiy, 1960:
10–11 [. Bu nusxa hozir London shahrida, Britanya muziyi
kitobxonasida saqlanmoqda. Necha yil oldin bu asarning
birgina nusxasi hesoblanardi. Lekin axirgi yillarda uning o‘nga
yaqin nusxalari adabiyot olamiga ma’lum bo‘lgan.
Jalol Tabib Bilan Haydar Xorazmiy “Gul va Navro‘z”
Dostonlarining Qisqa Mazmuni
1- Biz bu yerda Jalol Tabib “Gul va Navro‘z” manzum
dostonini Haydar Xorazmiyning Turkiy “Gul va Navro‘z”i bilan
muqoyisa qilish maqsadida birinchidan forsiy “Gul va Navro‘z”
so‘ngra isa turkiy “Gul va Navro‘z”ning qisqa mazmunlarini
keltiramiz:
Jalol Tabibning manzum dostoni Alloh Ta’olo sanosi,
Payg‘ambar (s. a.v.) ning na’ti va munojot bilan boshlanadi.
So‘ngra shoir dostonini nazm rishtasiga tortish sababi unvoni
ostida, ushbu kitobni yozishni buyurgan Shiroz hukumroni
Sulton G‘iyosuddin Kayxusrav (vafot yili: h. 738 / m. 1337)
va uning ukasi Amir Shayx Abul-İs’hoq (h. q. 721–758 / m.
1321–1356) madhida bir necha bayt yozadi. Bularning
hammasi 65 baytni o‘z ichiga oladi; so‘ngra asl doston
boshlanadi. Dostonning bosh qahramonlari –Navshod
ulkasi podishphi Farruxshohning o‘g‘li “Navro‘z” va Farxor
podishohi Mushkinshohning qizi “Gul”dan iborar. Farruxshoh
xonadonida Navro‘z paytida bir o‘g‘il tug‘iladi va otini Navro‘z
qoyadilar:
Falak z-in moh xurshide barovard
Jahon zon shoh Jamshide barovard
Muborak tala’te, Farxunda shohe