Qisqa shartli o’tish operatori. Shartli operatorning qisqartirilgan ko’rinishi quyidagicha:
if (ifoda) {s1;s2;…;sn;};
Bu yerda if kalit so’zi bo’lib, agar degan ma’noni bildiradi hamda har doim lotin alifbosining kichik haraflari bilan yoziladi. Qavs ichida yozilgan ifoda arifmetik, mantiqiy, taqqoslash va boshqa amallardan tashkil topgan mantiqiy ifoda bo’lib, u true yoku false qiymatlarini qabul qiladi. s1,s2,..sn operatorlar ketma-ketligi.Bu operator quyidagicha bajariladi: agar mantiqiy ifodaning qiymati rost 0(true) bo’lsa {s1;s2;…;sn;} operatorlar ketma – ketligi bajariladi, aks holda keyingi qatorga o’tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |