Shartsiz o’tish operatori.
Bu operator hech imkon bo’lmay qolgan holda dasturning tabiiy bajarilishini buzib, boshqaruvni dasturning ixtiyoriy joyiga uzatish uchun xizmat qiladi.
O’tish operatori qo’yidagicha beriladi:
goto nishon(belgi);
bu yerda goto(..ga o’tish) - operator nomi, nishon – bu belgi bo’lib, u harf, harflar yoki harf va sonlar bo’lishi mumkin. Bu operatordan foydalanish uchun boshqaruv shartsiz ravishda uzatiladigan operator belgilanadi. Operatorni belgilash uchun uning oldiga nishon va : qo’yiladi: nishon : operator;
Masalan: goto a;
.................
a: y=x*x+c;
Bu yerda goto a; operatori bajarilgandan keyin boshqaruv to’g’ridan-tog’ri a:y=x*x+c; operatorga uzatiladi.
Shartli o’tish operatori. C++ tilida shartli o’tish operatorining qisqa va to‘liq ko‘rinishlaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |