She'riyat - Zamonaviy o'zbek she'riyati - U 1928-yildan boshlab to umrining oxirigacha tazyiq ostidayashadi, chunki uning butun ijodida milliy g'oya qizil ip bo'lib o'tgan. U mustabid tuzum ostida ezilib yotgan millatni, xalqni kuylar edi. Lekin tazyiqlar nihoyatda kuchaygan bir sharoitda ham o'z e'tiqodidan qaytmadi. Ana shu e'tiqodi va irodasi tufayli 1937-yil qatag'on qurboni bo'ldi. Cho'lpon 1938-yil 4-oktabrda Toshkentda Bo'zsuv bo'yida qatl etiladi.
- "Doktor Muhammadiyor" hikoyasi XX asr boshlaridagi o'zbek ma'rifatchilik adabiyotida o'ziga xos o'rin tutadi. U badiiy jihatdan zaifroq, tasvir o'rniga bayonchilik ustun, qahramonlar jonli xarakter kasb etmagan. Ammo shunga qaramay, adibning Turkiston taqdiri haqida kuyib-yonib o'ylashi, xalqni jaholat botqog'idan, nodonlik iskanjasidan qutqaruvchi samarali omillarni izlashi aniq sezilib turadi. Keyinchalik Cho'lpon O'sh haqidagi safarnomasini yozadi. Shundan keyin sekin-sekin she'riyatga qo'l ura boshlaydi. Uning birinchi she'ri "Turkistonlik qarindoshlarimizga" (1914 yil, "Sadoi Turkiston" gazetasida), "Turkiston salomi" ("Hurriyat" gazetasida) chiqqan.
- Cho'lponning 1913-17 yillardagi ijodini birinchi bosqich deb olsak, shoir bu bosqichda chinakam muvaffaqiyatga erisha oldi deyish qiyin. 1917 yillarda Cho'lpon ijodining yetuklik bosqichi boshlangan. Bu davrga kelib Cho'lpon san'at, adabiyotning rolini aniqroq tushuna boshlaydi. Bu uning "Sho'ro hukumati va "Sanoye nafisa" maqolasida aks etgan. "O'zbek yosh shoirlari" to'plamida (1922) uning 13 ta she'ri bosilib chiqadi. Bunga eng go'zal she'rlar kirgan edi. Uning she'rlarida sekin-sekin millatparvarlik ruhi sezila boshlaydi. Cho'lpon xuddi shu yillarda, ya'ni 25-30 yoshlari o'rtasida juda barakali ijod qildi. U "Uyg'onish" (1922 y.), "Buloqlar" (1924 y.), "Tong sirlari" (1926) degan uchta to'plam e'lon qildi. Ulardan tashqari "Go'zal yozqichlar" va "Adabiy parchalar" degan kitoblarda uning anchagina she'rlari bosildi. 1926 yilda "Yorqinoy" dramasi alohida kitob tarzida chop etildi.
- 20-yillarda Cho'lpon she'rlaridan loaqal bir juftini ishtiyoq bilan yod olmagan adabiyot muxlisi yo'q edi, desak mubolag'a bo'lmas. She'riyat sirlarini egallashda, mahorat pillapoyalaridan ko'tarilishda Cho'lpon lirikasi chinakam dorilfunun bo'ldi. Uning har bir she'rida mustamlakachilikka qarshi isyon sezilib turardi. Har bir asaridagi o'zgarishlarda badiiy yuksaklik ko'rinardi. Cho'lpon lirika sohasida 20-yillarda eng buyuk shoir darajasiga ko'tarildi. 20-yillarning oxirida Cho'lpon ijodiy yo'lining ikkinchi bosqichi tugaydi
- 30-yillarga kelib Cho'lpon lirikasida orqaga qarab siljish ko'rinadi. U zamonasozlik ruhida yoza boshlaydi. Ilgarigidek yonib-kuyib yozolmaydi. Bu bilan uning ijodining uchinchi bosqichi boshlanadi. Cho'lpon hayotining fojialarga, dramalar, haqoratlarga, xo'rliklarga to'la yillari boshlandi. U qand kasaliga mubtalo bo'ldi. Uning asarlarini bosmay qo'yishdi. Lekin shoirning iroda kuchiga qoyil qolish kerak, ana shunday dahshatli muhitda ijod qilishdan to'xtamadi. Bir qator yirik asarlarni, shu jumladan, Shekspirning " Hamlet"ini mahorat bilan tarjima qildi, roman yozdi. She'rlar ijod qildi. 1935-37 yillar mobaynida "Kecha va kunduz" romani, "Soz" to'plami bosmadan chiqqanini va "Jo'r" to'plami tayyorlanganini aytish mumkin. "Kecha va kunduz" romanida ma'rifatparvarlik, jadidchilik va xotin-qizlar ozodligi g'oyalari nihoyatda qiziqarli syujet, drama unsurlariga boy uslub hamda to'laqonli insoniy xarakterlar yaratish vositasida ifodalangan edi. O'zining yuksak fazilatlariga ko'ra bu asar 30-yillar o'zbek nasrining jiddiy yutuqlari qatoridan o'rin oldi.
- Boshqa yuzlab yozuvchilar, adiblar, san'atkorlar, olimlar kabi Cho'lponning ham boshida qora bulutlar behad quyuqlashdi. Endi uni "millatchi" debgina emas, ochiqdan-ochiq "xalq dushmani" deb atay boshladilar. Inqilobdan oldingi fors shoirlarini o'qish ham Cho'lpon zimmasiga katta ayb sifatida yuklangan. Oradan ko'p o'tmay 1937 yilning kuz oylarida u qamoqqa olinadi va 1938 yilning 5 oktyabrida "aksilinqilobiy faoliyati" uchun otishga hukm qilinadi. Olamdan o'tgandan keyin uning nomini adabiyot tarixidan butunlay o'chirib tashlash uchun harakat boshlandi. Faqat 1950 yillarga kelib Cho'lpon hech qanday jinoyat qilmagani uchun butunlay oqlandi. 1958 yil O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Cho'lponning adabiy merosini o'rganuvchi komissiya tuzdi.
- Cho'lponni adabiyotga qaytarish uchun yana 30 yil kerak bo'ldi. Eng muhimi shundaki, og'ir qatag'onlarga qaramasdan xalq Cho'lponni unutmagan ekan
- Cho’lpon Pushkinning “Dubrovskiy”, “Boris Godunov” asarlarini, Gorkiyning “Ona” romani va “Egor Bulichev” pe’sasini, Lohutiyning “Evropa safari”ni, Gotsiyning “Malikai Turandot”, Shekspirning “Hamlet” dramalarini o’zbek tiliga tarjima qilish orqali o’zbek va jahon adabiy aloqalari rivojiga munosib hissa qo’shdi.
- Vafotidan so‘ng Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti (1991) va «Mustaqillik» ordeni (1999) berilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |