yoki
y=3*a-(4*b-a)/b;
C++ dasturlash tilida standart funksiyalar
C++ dasturlash tili tarkibida mavjud bo‘lgan matematik funksiyalar standart funksiyalar deb ataladi.
Ifodalar tarkibidagi funksiyalarni C++ dasturlash tilida ifodalash uchun satandart funksiyalardan foydalaniladi. Funksiyalarni C++ dasturlash tilida ifodalash uchun ularni argumentlarini albatta qavsga olib yozish kerak.
C++ dasturlash tilida standart funksiyalardan foydalanish uchun albatta C++ tili tarkibidagi matematik funksiyalar kutubxonasiga murojat qilish kerak. Matematik funksiyalar kutubxonasiga murojat qilish quyidagicha.
#include
C++ dasturlash tili tarkibidagi standart funksiyalar ro‘yxati quyidagicha.
№
|
Matematik funksiya
|
C++ tilida ifodalanishi
|
1
|
|a|-butun son
|
abs(x)
|
2
|
|a|-haqiqiy son
|
fabs(x)
|
3
|
|
sqrt(x)
|
4
|
x2
|
pow(x,2)
|
5
|
xn
|
pow(x,n)
|
6
|
10x
|
Pow(10,x)
|
7
|
ex
|
exp(x)
|
8
|
ln(x)
|
log(x)
|
9
|
Sinx
|
sin(x)
|
10
|
Cosx
|
cos(x)
|
11
|
Tgx
|
tan(x)
|
12
|
Ctgx
|
cos(x)/ sin(x)
|
13
|
Arcsinx
|
asin(x)
|
14
|
Arccosx
|
acos(x)
|
15
|
Arctgx
|
atan(x)
|
Misol1: Quyidagi ifodalarni C++ tilida ifodalash.
Matematik ifodasi
C++ tilida ifodalanishi
y=pow((x+sin(x)),3)+pow(cos(x),2)+(1+log(x)/log(a))/(sqrt(t-x*x));
Misol2: Quyidagi ifodalarni C++ tilida ifodalash.
Matematik ifodasi
C++ tilida ifodalanishi
y=abs(x-2)+sin(x)+abs(4/sqrt(t-x*x));
C++ dasturlash tilida matematik funksiyalardan tashqari ba’zi bajariladigan amallarni keltiramiz. Ya’ni sonning butun qismi, qoldiq ni topish yoki yaxlitlash va hakoza amallar quyidagicha tasvirlanadi.
fmod(x,y) – x sonini y ga bo‘lgandagi qoldiqni hisoblaydi. Bu amalni % belgisi orqali ham ifodalash mumkin.
Misol: qoldiqni hisoblash.
fmod(12,5)=2, fmod(121,100)=21, fmod(1523,1000)=523
ceil(x)- x haqiqiy sonni uzidan katta bo‘lgan eng yaqin son bilan almashtiradi.
Misol: butun qismini hisoblash.
ceil(12.5698)=13, ceil(1.5698)=2
floor(x)- x haqiqiy sonni o’zidan kichik bo‘lgan eng yaqin son bilan almashtiradi.
Misol: butun qismini hisoblash.
floor(45.6598)=45, floor(789.15246)=789
hupot(x, y)- x va y haqiqiy sonlar uchburchakning katetlari bo‘lsa, gepatenuzani hisoblash.
Nazorat savollari
1.Ifoda deb nimaga aytiladi?
2.Ifodalarni C++da yozilish tartibi?
3.Standart funksiya deb nimaga aytiladi?
4. Standart funksiyalarni C++da yozilish tartibi?
Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar.
Quyidagi ifodalarni dasturlash tilida yozing
|
C++ TILIDA QIYMAT BERISH, KIRITISH VA CHIQARISH OPERATORLARI
Reja:
1. C++ tilida qiymat berish operatori;
2. Qiymat berish operatoriningni kengaytirilgan holatlari;
3. Kiritish operatori;
4. Chiqarish operatori.
Qiymat berish operatori
Berilgan ifodaning natijasi hisoblangandan so‘ng ifodaning natijasi biror bir o‘zgaruvchiga ta’minlanadi. Natijani saqlaydigan o‘zgaruvchi kompyuter xotirasidan joy egallaydi.
Tarif: Ifodaning natijasi biror bir o‘zgaruvchiga ta’minlansa yoki o‘zlashtirilishiga qiymat berish jarayoni deyiladi.
Qiymat berish amallari guruhi, xususan, qiymat berish operatorlari ifoda operatorlari hisoblanadi. Qiymat berish operatori har doim ham ifoda natijasini o‘zida saqlash emas ba’zi hollarda funksiya parametrlari va sanagich qiymatlarini hisoblash uchun ham ishlatiladi.
Qiymat berish operatorining umumiy ko‘rinishi quyidagicha.
=;
Qiymat berish operatorining C++dasturlash tilida quyidagicha ifodalanadi.
#include
int main ()
{ int a=10; int b=6; // a va b larni e’lon qilish
a=a+b; // a ga a+b ni qiymati ta’minlandi
b=a-b; // b ga a-b ni qiymati ta’minlandi
return 0;
}
|
Misol: a sonini qiymatini 2 ga ko‘paytirib oldingi holatiga qo’shing.
#include
int main ()
{ int a=10; // a o‘zgarmasni e’lon qilish
a=a+2*a; // a ga 2a ni qiymati qushildi
return 0;
}
|
Qiymat berish operatori biror o‘zgaruvchiga qiymat ta’minlangandan so‘ng uning boshlang’ich qiymati o’chirilib yangi qiymati o‘zlashtiriladi.
Qiymat berish operatoriningni kengaytirilgan holatlari
Qiymat berish jarayoni bajarilish holatida ba’zi amallarni avtomatik bajarish holatlari ham mavjud, ular quyidagicha.
Do'stlaringiz bilan baham: |