ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ
ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ
ФАРҒОНА ДАВЛАТ УНИВЕРСИТЕТИ
ФИЗИКА МАТЕМАТИКА ФАКУЛЬТЕТИ
“Амалий математика ва информатика” йўналиши
К 19.120-гуруҳ талабаси
Махмудов Арабжон Султонали ўғлининг
“Дастурлаш асослари” фанидан
“C #да Бутун сон, сузувчи нуқтали форматли сонлар ва ўнли форматдаги сонларнинг хотирада тасвирланиши” мавзусидаги
КУРС ИШИ
Курс иши раҳбари: Sh.Ro’zaliyev
Фарғона шаҳри
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………….3
I-BOB. ASOSIY QISM………………………………..…………………………………..5
Zamonaviy dasturlash………………………………………………………….5
Visual Studio muhiti…………………………………………………………….9
C# dasturlash tili………………………………………………………………..12
1.4 Butun va o’nli formatdagi sonlarning xotirada tasvirlanishi…………………………………………………………..22
1.5 Suzuvchi nuqtali formatli sonlar………………….......................……………………………….29
XULOSA……………….....................................................................35
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI……………………………….........................…………37
KIRISH
Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya sohasini rivojlantirish asosi hisoblangan dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish milliy iqtisodiyot rivojlanishining muhim sharti sifatida alohida ahamiyat kasb etmoqda . Hayotimizning har jabhasida faol qollanilayotgan axborot almashinuv texnologiyalaridan samarali foydalanish ulardagi dasturiy taminotlarning o’ziga xosligi ,ommabopligi va innavatsion yangiligiga bog’liq . “ Axborotlashtirish to’g’risida” gi, “Telekomunikatsiyalar to’g’risida”gi “EHM dasturlari va malumotlar bazasini himoya qilish to’g’risidagi” qonunlar soha rivojida muhim ahamiyat kasb etmoqda .
Bugun yurtimizda axborot –kommunikatsiya texnologiyalari kirib bormagan sohaning o’zi yo’q . Bu esa , o’z navbatida softver sanoatining izchil rivojlanishiga keng yo’l ochmoqda . Xususan , hozirgi kunda mamlakatimizda dasturiy mahslotlarni yaratish , ishlab chiqarish va joriy qilish bilan shug’ullanuvchi 260 dan ziyod tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritmoqda
Mamlakatimizda dasturiy taminot sanoatini shakllantirish va rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar , sohaga daxldor mustahkam qonunchilik bazasini yaratishga e’tibor qaratilmoqda . Hozirgacha 10 dan ziyod qonun , Prezident va Vazirlar Mahkamasining qator farmon hamda qarorlari qqabul qilindi . Dasturchilarni qo’llab-quvvatlash borasida muntazam chora-tadbirlar amalga oshirilayotir. Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 20-sentabirida imzolangan
“Mamlakatimizning dasturiy taminot vositalari ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risidagi” qarori bu yo’ldagi navbatdagi muhim qadam bo’ldi.
Hozirgi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari dasturiy mahsulotlarining faol iste’molchi hisoblanadi . Keyingi vaqtda mamlakatimizda vazirlik va idoralar xo’jalik birlashmalari yirik korxonalarning xarajat smetasi va biznes rejalarida ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish , axborot tizimlari va resurslarini yaratish dasturiy mahsulotlar hamda interfaol davlat xizmatlarini joriy etishga qaratilgan xarajatlarni nazarda tutish yuzasidan tegishli ishlar olib borilmoqda .
Do'stlaringiz bilan baham: |