Byudjet tashkilotlarida xarajatlar smetasini va shtatlar jadvalini tuzish koʻrib chiqish va tasdiqlash tartibi xuquqiy asoslari


Byudjet tashkilotlaridan mablag' oluvchilarning xarajatlar smetalarni g'aznachilik bo'limlariga taqdim etish



Download 45,33 Kb.
bet4/6
Sana12.07.2022
Hajmi45,33 Kb.
#778984
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Byudjet tashkilotlari xarajatlar smetasini tuzish hamda rasmiylashtirish

3.Byudjet tashkilotlaridan mablag' oluvchilarning xarajatlar smetalarni g'aznachilik bo'limlariga taqdim etish.
Byudjetdan mablag’ oluvchilar byudjet xarajatlarini amalga oshirish uchun g'aznachilik boʻlinmalariga quyidagilarni:
byudjet mablag’lari boʻyicha:
doimiy xarajatlar smetalari moliya organlarida ro'yxatga olinguniga qadar - birinchi chorak uchun oylar kesimida moliya boʻlimlarida ro'yxatga olingan vaqtinchalik xarajatlar smetalari nusxalarini;
doimiy xarajatlar smetalari moliya organlarida ro'yxatga olingandan soʻng - moliya organlarida ro'yxatga olingan, oylar kesimida doimiy xarajatlar smetalarini; byudjetdan tashqari mablag’lar boʻyicha;
moliya organlarida ro'yxatga olingan, byudjetdan tashqari mablag’larning kelib tushishi va ishlatilishining cheklanishi oylar kesimida koʻrsatilgan vaqtinchalik va aniqlangan xarajatlar smetalari nusxalarini taqdim etadilar.
Byudjetdan mablag' oluvchilar byudjet mablag'lari boʻyicha xarajatlar smetalari nusxalarini va ularga ilovalarni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maikamasi Zaxira jamg'armasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi zaxira jamg'armasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimligi zaxira jamg'armalari mablag 'lari hisobiga va byudjetdan tashqari mablag'lar boʻyicha smetalarni, ular moliya organlarida o'rnatilgan tartibda roʻyxatga olinganidan so'ng, g'aznachilik boʻlinmalariga taqdim qiladilar.
Kapital qurilish ob'ektlari boʻyicha kapital qurilish buyurtmachilari g'aznachilik boʻlinmalariga tegishli moliya organlari bilan kelishilgan, tasdiqlangan qurilishlarning manzilli ro'yxati va qurilishlaming titul ro'yxati asosida tuzilgan xarajatlarning oylar kesimidagi yoyilmasini taqdim etadilar. Kapital qurilish ob'ektlari boʻyicha xarajatlarning oylar kesimidagi yoyilmasiga aniqliklar qurilishlarning manzilli va titul roʻyxatlarining aniqlanishi asosida kiritiladi.
G'aznachilik boʻlinmalari byudjetdan mablag' oluvchilarning byudjet tasnifining tegishli boʻlim, bob va paragraflari boʻyicha xarajatlarini quyidagi hollarda toʻxtatish quyidagiga ega:
Byudjetdan mablag' oluvchilarming tegishli moliya organlariga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan hisobotlarni taqdim etmagan hollarda (moliya organlari tomonidan g'aznachilik boʻlinmalarini byudjetdan mablag' oluvchilarning hisobot topshirmaganligi toʻjrisidagi yozma bildirishnomasi boʻyicha), tegishli byudjetdan mablag oluvchilaming rahbarlarini xabardor qilgan holda;
Tegishli moliya organlari tomonidan tegishli byudjetlarning vaqtinchalik va doimiy daromadlar va xarajatlar yoyilmalari belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganda - ular taqdim etilgunga qadar muddatga;
-moliya organlari tomonidan ajratilgan byudjet mablag'larini oʻzgartirishga taqdimnoma kelishish uchun taqdim qilinganda - ular tomonidan taqdimnomalar asosida tayyorlangan smetalarga tegishli barcha oʻzgartirishlarni va ularning oʻzaro muvaffaqiyatli solishtirishlari yoki tegishli moliya organining kiritilayotgan oʻzgartirishlarni rad etganligi to'g'risidagi yozma xabarnomasi taqdim etilgunga qadar muddatga;
Tegishli byudjetlar daromadlari va xarajatlarining yoyilmasiga, byudjetdan mablag' oluvchilaning xarajatlar smetalariga, qurilishlarning manzilli va titul roʻyxatlarga oʻzgartirishlarning kiritilishi moliya organlari tomonidan byudjetdan mablag' oluvchilar va buyurtmachilar bilan birgalikda, ushbu o'zgartirishlar uchun soʻrovnomalar va taqdimnomalar tegishli g'aznachilik boʻlinmalari bilan kelishilgandan so'ng amalga oshiriladi.
Ajratilgan byudjet mablag'lari qoldiqlari summalarining qabul qilingan yuridik va moliyaviy majburiyatlar, shuningdek amalga oshirilgan kassa xarajatlarining ajratilgan byudjet mablajlari qoldiqlari summalaridan oshishiga olib keladigan miqdorlarda byudjet mablaqlarining kamaytirilishiga yo'l qoʻyilmaydi.
Tegishli byudjet mablag'larining taqsimlovchilari (oluvchilari) tashabbusi bilan byudjet mablag'lari bo'yicha xarajatlar smetalariga oʻzgartirish kiritilgan hollarda, ular tomonidan oʻrmatilgan tartibda rasmiylashtirilgan soʻrovnomalar imzolash uchun g'aznachilik boʻlinmalariga taqdim etiladi.
So'rovnomada ko'rsatilgan xarajatlar turlari boʻyicha ajratilgan byudjet mablag'lariga taklif qilinayotgan oʻzgartirishlar kiritishning imkoni mavjud boʻlganda, g'aznachilik boʻlinmalari G'aznachilik dasturiy majmuida ushbu byudjet mablag'larini taqsimlovchilar (oluvchilar)ning shaxsiy g'azna hisobvaraqlaridagi tegishli xarajatlar moddalari bo'yicha keyingi yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro'yxatga olish va kassa xarajatlarini amalga oshirishni to'xtatib goʻyadi.
G'aznachilik dasturiy majmuida keyingi yuridik va moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatga olish va kassa xarajatlarini amalga oshirish to'xtatib qoʻyilgandan so'ng, byudjetdan mablag' oluvchilarning soʻrovnomasi tegishli g'aznachilik boʻlinmalarining vakolatli xodimlari tomonidan imzolanadi va muhiri bilan tasdiqlanadi.
Imzolangan va muhir bilan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga oʻzgartirish kiritish toʻg'risidagi soʻrovnoma, uni g'aznachilik boʻlinmasiga taqdim qilingan kunning keyingi ish kunidan kechikmagan muddatda, byudjet mablag'ining taqsimlovchiga keyinchalik uni tegishli moliya organlariga taqdim etish uchun qaytariladi.
Yuridik va moliyaviy majburiyatlar bilan band boʻlmagan byudjet mablag'lari mavjud bo'lmaganda va byudjet mablag'lariga so'rovnomada koʻrsatilgan xarajat turlari boʻyicha taklif qilinayotgan oʻzgartirishlar kiritishning imkoni mavjud boʻImagan hollarda, g'aznachilik boʻlinmalari soʻrovnomani qaytarish sabablarini ko'rsatgan holda byudjetdan mablag' oluvchilarga qaytaradilar.
Byudjet mablag 'lari bo'yicha xarajatlar smetalariga tegishli moliya organlari tashabbusi bilan oʻzgartirishlar kiritilgan hollarda, ular tomonidan o'rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan taqdimnoma yoki ma'lumotnoma-bildirishnoma loyihalari g'aznachilik boʻlinmalariga imzolash uchun taqdim etiladi.
G'aznachilik boʻlinmalari taqdimnomada taklif qilinayotgan oʻzgartirishlarni amalga oshirish imkonini, taklif qilinayotgan oʻzgartirishlar summasini tegishli byudjet mablag'larining taqsimlovchilari boʻyicha yuridik va moliyaviy majburiyatlar, shuningdek kassa xarajatlari bilan band qilinmagan ajratilgan byudjet mablag'lari qoldiqlari bilan solishtirish orqali amalga oshiradi.
G'aznachilik dasturiy majmuida keyingi yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro'yxatga olish va kassa xarajatlarini amalga oshirish to'xtatib qoʻyilgandan soʻng, moliya organining taqdimnomasi tegishli g'aznachilik boʻlinmasining vakolatli xodimlari tomonidan imzolanadi va uning muhiri bilan tasdiqlanadi.
Imzolangan va muhir bilan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻg'risidagi tasdiqnoma, u g'aznachilik boʻlinmasiga taqdim qilingan kunning keyingi ish kunidan kechikmagan muddatda, tegishli moliya organiga qaytariladi.
Moliya organlari tomonidan qonun hujjatlari asosida byudjet mablag'lari boʻyicha xarajatlar smetalariga oʻzgartirishlar kiritilgan hollarda, g'aznachilik bo'linmalariga 11-sonli shaklda ma'lumotnoma-bildirishnoma loyihalari taqdim qilinadi (respublika byudjeti bo'yicha - Moliya vazirligining tarmoq boshqarmalari Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirligi G'aznachiligiga 17- sonli shaklda ma'lumotnoma-bildirishnoma loyihasini taqdim etadi).
G'aznachilik boʻlinmalari taklif qilinayotgan oʻzgartirishlarni amalga oshirish imkonini tekshirishni, taklif qilinayotgan oʻzgartirishlar summasini yuridik va moliyaviy majburiyatlar, shuningdek tegishli byudjetda turuvchi, barcha byudjet mablag'larini taqsimlovchilar (oluvchilar)ning tegishli bo'lim, bob, paragraf va xarajatlar moddalari boʻyicha kassa xarajatlari bilan band qilinmagan ajratilgan byudjet mablag'lari qoldiqlari bilan solishtirish orqali amalga oshiradilar.
Ma'lumotnoma-bildirishnomada koʻrsatilgan ajratilgan byudjet mablag'lari limitlariga taklif qilinayotgan oʻzgartirishlarni kiritish imkoni mavjud boʻlganda, g'aznachilik boʻlinmalari:
G'aznachilik dasturiy majmuida tegishli byudjet mablajlarini taqsimlovchilar (oluvchilar)ning tegishli boʻlim, bob, paragraf va xarajatlar moddalari boʻyicha keyingi yuridik va moliyaviy majburiyatlar olishni va kassa xarajatlarini amalga oshirishni toʻxtatib qoʻyadi; ma'lumotnoma-bildirishnoma loyihasi taqdim gilingan kunning keyingi ish kunidan kechikmagan muddatda ijobiy xulosa tuzadi va uni tegishli moliya organlariga taqdim etadi.
Yuridik va moliyaviy majburiyatlar bilan band boʻlmagan ajratilgan byudjet mablag'lari mavjud boʻlmagan hollarda va soʻrovnomada ko'rsatilgan xarajat turlari boʻyicha ajratilgan byudjet mablag'lari limitlariga taklif qilinayotgan oʻzgartirishlar kiritishning imkoni mavjud boʻlmaganda, g'aznachilik boʻlinmalari, ma'lumotnoma-bildirishnoma loyihasi taqdim qilingan kunning keyingi ish kunidan kechikmagan muddatda, unga oʻzgartirishlar kiritish imkoni yoʻqligi sabablari ko'rsatilgan holda xulosa tuzadi.
Ma'lumotnoma-bildirishnomaga salbiy xulosa olingandan so'ng, tegishli moliya organlari ularni oʻzgartirish yoki bekor qilish boʻyicha choralarni ko'radilar.
Yuridik va moliyaviy majburiyatlarni qabul qilish va kassa xarajatlarini amalga oshirishni toʻxtatib goʻyishni yechish, g'aznachilik boʻlinmalari tomonidan moliya organlari tegishli ma'lumotnoma-bildirishnomalar va ulami oʻzaro solishtirish asosida tayyorlangan byudjet mablag'lari taqsimlovchilarning xarajatlar smetalariga oʻzgartirishlar ro'yxatining barcha nusxalarini taqdim qilganidan keyin amalga oshiriladi.


Download 45,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish