Byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalarini tashkil etishning nazariy asoslari. Byudjet tashkilotlari naqd pulsiz hisob-kitob qilish bilan birga naqd pul bilan ham ish jarayonlarini amalga oshiradilar. Naqd pulli jarayonlarga xodimlarga ish haqi berish, hisobdor shaxslarga bo’naklar, mukofotlar ajratish va boshqalar kiradi. Muassasalarda naqd pul bilan bo’ladigan jarayonlarga kassa jarayonlari deyiladi.
Byudjet tashkilotlarida kassa muomalalari hisobini tashkil etishning maqsadi - tashkilot kassasidagi pul mablag`lari harakatiga oid muomalarni o`z vaqtida birlamchi xujjatlarda rasmiylashtirish, hisob registrlarida aks ettirish va ular harakati bo`yicha hisobotlar tuzishdan iboratdir. Byudjet tashkilotlari daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga oshirishda o’z kassasida kassadagi naqd pullar qoldig’i limitlari doirasida naqd pullarga ega bo’lishlari va me’yorlar doirasida tushumdan ularni ishlatishlari mumkin. Kassalardagi naqd pullar qoldig’i limitlari va tushumni ishlatish me’yorlarini bank muassasalari ushbu tashkilotlar rahbarlari bilan kelishgan holda belgilaydi. Naqd pullar va qimmatbaho qog`ozlarni saqlash uchun xar bir korxona, muassasa va tashkilotlarda kassa mavjuddir. Jumladan, Byudjet tashkilotlari ham kassa (g`azna) uchun maxsus jixozlangan xona yoki xonalarni ajratishi lozim. Ushbu xonalar temir eshik, temir panjaralar, ogoxlantiruvchi jixozlar, temir seyf va temir shkaflarga ega bo`lishi, pul berish tuynukchalari va xodimlar olgan pulini hisoblaydigan stol va stullar o`rnatilgan kichik xonaga ega bo`lishi lozim. Kassa jarayonlarini amalga oshirishning o’ziga xos vazifalari bor:
Javobgar shaxs uchun kassa jaroyanlarini amalga oshirish jarayonida amalga oshirishi kerak bo’lgan vazifalar.
Bank muassasiga pul mablag’larini o’z vaqtida va to’liq topshirish
Kassaga o’z vaqtida va to’liq naqd pullarni kirim qilish
Kassada naqd pullarning saqlanishi ustidan doimiy va qat’iy nazorat o’rnatish
Kassa jarayonlari va ular hisobini rasmiylashtirish respublikamiz Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Byudjet tashkilotlari o’z kassalarida bank tomonidan o’rnatilgan, muassasa rahbari bilan kelishilgan limit asosida naqd pullarni saqlashlari mumkin. “Tashkilot o’z kassasida naqd pullarni ular qoldig’ining belgilangan limiti doirasida saqlashi va ulardan tushum hisobidan belgilangan me’yorlar chegarasida sarflashi mumkin. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ishlab chiqilgan me’yoriy xujjatlarni inobatga olgan holda kassalardagi naqd pul qoldig’i limitlari va tushum hisobidan foydalanish me’yorlari banklar tomonidan ushbu tashkilotlar rahbariyati bilan kelishuviga muvofiq belgilanadi. Zarurat tug’ilganda limitlar qayta ko’rilishi mumkin.” 9 Limitdan ortiqcha barcha pullar bank bilan kelishilgan muddatlarda bankka topshirilishi kerak. Muassasalarga limitdan ortiqcha pullarni, bankdan olingan kunini ham hisoblaganda 3 bank ish kunigacha faqat ish haqi, stipendiya, ijtimoiy sug’urta nafaqalarini to’lash maqsadlari uchun saqlash huquqi berilgan. Barcha kassa jarayonlarini muassasa rahbarining yozma buyrug’i bilan tayinlangan kassir amalga oshiradi. Tashkilotlar o’z kassalarida ular tomonidan belgilangan limitlardan ortiqcha naqd pulni ish haqi, mukofotlar, ijtimoiy sug’urta bo’yicha nafaqalar, stipendiyalar, pensiyalarni to’lash uchun va bank muassasasida pul olingan kunni hisoblaganda, faqat 3 ish kunidan oshmagan muddatga saqlash huquqiga egalar.
Xizmat safarlari bilan bog’liq xarajatlar uchun hisobot beriladigan naqd pullarni berish mazkur hududda amal qiladigan tartibga muvofiq ana shu maqsadlar uchun xizmat safarlariga yuborilgan shaxslarga beriladigan summalar doirasida amalga oshiriladi. Hisobot beriladigan sarflanmagan naqd pullar ular berilgan muddat tugaganidan keyin 3 kundan kechiktirmay tashkilot kassasiga qaytarilishi kerak.
Hisobot beriladigan naqd pullarni olgan shaxslar tashkilot buxgalteriyasiga yoki markazlashtirilgan buxgalteriyaga sarflangan summalar to’g’risidagi hisobotni taqdim etishlari shart. Hisobot beriladigan naqd pullarni berish ilgari hisobot berish sharti bilan berilgan summalar bo’yicha to’liq hisobot berilgach amalga oshiriladi. Naqd pullarni qabul qilish va topshirish va topshirish bo’yicha kassa operatsiyalari O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tasdiqlangan birlamchi hisob hujjatlari shakllari bilan rasmiylashtiriladi. Tashkilotlar kassalari tomonidan naqd pullarni qabul qilish bosh buxgalter yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan imzolangan kirim kassa orderlari bo’yicha amalga oshiriladi. Pul qabul qilinayotganda bosh buxgalter yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan imzolangan, kassir muhri yoki kassa apparatining izi bilan tasdiqlangan kvitantsiya beriladi. Tashkilotlar kassasidan naqd pul berilishi chiqim kassa orderlari yoki tegishlicha rasmiylashtirilgan boshqa hujjatlar (to’lov qaydnomalari, pul berish bo’yicha arizalar, hisobvaraqlar va hokazolar) bo’yicha, ushbu hujjatlarga chiqim kassa orderining rekvizitlari bo’lgan shtamp qo’yilgan holda, amalga oshiriladi. Pul berishga doir hujjatlar tashkilot rahbari va bosh buxgalteri yoki ular vakolat bergan shaxslar tomonidan imzolangan bo’lishi kerak. Chiqim kassa orderlariga ilova qilinadigan hujjatlar, arizalar, hisobvaraqlar va hokazolarda tashkilot rahbarining ijozat beruvchi yozuvi bo’lgan taqdirda, chiqim kassa orderlarida rahbarning imzosi bo’lishi shart emas. Tashkilotda pul berilishi mazkur tashkilot tomonidan berilgan guvohnoma bo’yicha, unda egasining sur`ati va shaxsiy imzosi bo’lgan holda, amalga oshirilishi mumkin. To’lov qaydnomasining titul varag’ida korxona rahbari va bosh buxgalterining yoki ular vakolat bergan shaxslarning imzolari bilan pul berishga ruxsat berish to’g’risida yozib qo’yiladi, bunda pul berish muddatlari va summa yozuv bilan ko’rsatiladi. Tashkilot naqd pullarining barcha tushumlari va berilishi kassa daftarida hisobga olinadi. Har bir tashkilot faqat bitta kassa daftarini yuritadi, u raqamlanishi, ip bilan tikilishi va surg’uchli yoki mastikali muhr bilan muhrlanishi kerak. Byudjet tashkilotlariga byudjetdan tashqari mablag’lar hisobi yuritiladigan shaxsiy hisobvaraqlari ochilgan taqdirda, ushbu muassasalar kassasiga byudjetdan tashqari faoliyat bo’yicha tushgan barcha naqd pul tushumlari va byudjetdan tashqari faoliyat uchun berilgan naqd pullar alohida kassa daftarida hisobga olinadi.
Budjet tashkilotlarida kassa muomalalari hisobini tashkil etishning o`ziga xos xususiyatlari
Budjet mablag’lari hisobi yuritiladigan shaxsiy hisobvaraqlari bo`yicha
Budjetdan tashqari mablag’lar hisobi yuritiladigan shaxsiy hisobvaraqlari bo`yicha
Do'stlaringiz bilan baham: |