Byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari hisobi


-rasm. Byudjet tashkilotlarida kassa muomalalari va ular hisobini tashkil etishning o`ziga xos xususiyatlari



Download 308,57 Kb.
bet3/5
Sana17.07.2022
Hajmi308,57 Kb.
#811234
1   2   3   4   5
Bog'liq
Byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari hisobi

2-rasm. Byudjet tashkilotlarida kassa muomalalari va ular hisobini tashkil etishning o`ziga xos xususiyatlari2
Byudjet tashkilotlarida kassa muomalalari hisobini tashkil etishda buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi vazifalar qo’yiladi:
- Byudjet tashkilotlarida kassa muomalalari hisobini amaldagi me’yoriyhuquqiy xujjatlarga mos ravishda tashkil etish;
- Kassa muomalalari hisobini boshlang’ich va yig’ma xujjatlar hamda hisob regstirlarida o’z vaqtida to’g’ri rasmiylashtirish;
- Byudjet va byudjetdan tashqari pul mablag’larini daromadlar va xarajatlar smetalari bo’yicha maqsadli sarflanishi va saqlanishini ta’minlash;
- Buxgalteriya schyotlarida moliyaviy aktivlar mavjudligi hamda harakatini aniq, to’liq va o’z vaqtida aks ettirish;
- Tashkilot kassasida, shaxsiy hisobvaraqlardagi pul mablag’lari, pul xujjatlari, moliyaviy qo’yilmalar butligi ustidan doimiy nazorat olib borish;
- Kassa muomalalarini hisob registrlarida o’z vaqtida aks ettirib borish;
- Kassa muomalalari hisobi bo’yicha birlamchi hujjatlar hamda hisob registrlaridagi ma`lumotlarni umumlashtirgan holda hisobot shakillantirish.
Normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablarga ko’ra byudjet tashkilotlarida kassa muomalalarini nazorat qilish, ya’ni doimiy ravishda inventarizatsiyadan o’tkazish tashkilot rahbari hamda buxgalteriya xizmati rahbari tomonidan bir oyda bir marotaba kamida yoki kutilmagan istalgan vaqtda ogohlantirishsiz amalga oshirilishi mumkin.

Uslubiy asoslar
Byudjet tashkilotlarida pullardan to’g’ri va samarali foydalanish uchun normativ-huquqiy asoslari ishlab chiqildi. Bu o’z navbatida davlat pullarining samarasiz ishlatilishini va noqonuniy yo’llar bilan o’zlashtirilishini oldini oladi. Bizning yurtimizda byudjet tashkilotlariga oid qonunlar jahon standartlaridan namuna olingan holda rivojlanmoqda. Normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablarga ko’ra byudjet tashkilotlarida kassa muomalalarini nazorat qilish, ya’ni doimiy ravishda inventarizatsiyadan o’tkazish tashkilot rahbari hamda buxgalteriya xizmati rahbari tomonidan bir oyda bir marotaba kamida yoki kutilmagan istalgan vaqtda ogohlantirishsiz amalga oshirilishi mumkin. Byudjet tashkilotlarida kassa muomalalari hisobi va nazoratini tashkil etishning 2 xil asosi bo’lib: normativ-huquqiy va uslubiy asoslari.

Normativ-huquqiy asoslar

Normativ- huquqiy asoslar: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi, “Buxgalteriya hisobi” to’g’risidagi qonun, Byudjet hisobi standartlari, Buxgalteriya hisobini bevosita va bilvosita tashkil etishni tartibga soluvchi qonunlar va qonuniy xujjatlar jumladan, (O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari), Budjet tashkilotlarida buxgalteriya


hisobini tashkil etishning bazaviy tamoyillarini umumlashtiruvchi me’yoriy xujjatlar (yo‘riqnomalar, nizomlar), Buxgalteriya hisobini alohida ob’ektlari hisobini yuritish mexanizmi, xususiyatlarini aks ettiruvchi me’yoriy xujjatlar (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankning uslubiy ko‘rsatmalari, tavsiyalari), Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkiliy, texnik va uslubiy jihatlarini mujassamlashtirgan hisob siyosati va boshqalar kiradi.
Uslubiy asoslar: “Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini yuritish qoidalari”, “Byudjetdan mablag’ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligida va uning hududiy bo’linmalarida yuritish Qoidalari”, “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qaror, “O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizizmi byudjetlarining g‘azna ijrosi qoidalari”, “Buxgаltеriya hisоbidа hujjаtlаr vа hujjаtlаr аylаnuvi to’g’risidа” gi Nizоm, O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti 19-son BHMS, “O’zbekistоn Rеspublikаsi Dаvlаt byudjеtidа turuvchi tаshkilоtlаrning xаrаjаtlаr smеtаsi vа shtаtlаr jаdvаlini tuzish, ko’rib chiqish, tаsdiqlash vа ro’yxatdan o’tkazish tаrtibi to’g’risida”gi, “Budjеt tаshkilоtlаridа buxgаltеriya hisоbi to’g’risidа”gi yo’riqnоmа, “O’zbekistоn Rеspublikаsi Dаvlаt byudjеtidаn mаblаg’ bilаn tа’minlаnаdigаn tаshkilоtning dаvriy mоliyaviy hisоbоtlаrini tuzish tаsdiqlаsh hаmdа tаqdim qilish bo’yicha qоidаlаr” va boshqalar kiradi.
Respublikamizda byudjet tashkilotlari kassa opertasiyalarini amalga oshirishda qonun hujjatlariga tayanilgan holda amalga oshiriladi.
1.“Byudjet kodeksi” ushbu normativ hujjat davlat byudjeti ijrosini amalga oshirishda eng asosiy qonuniy xujjat hisoblanib ushbu kodeks talablari asosida byudjet ijrosiga oid boshqa huquqiy xujjatlar qabul qilnadi va amaliyotga joriy qilinadi. Ushbu kodeks davlat byudjeti ijrosi jarayonida byudjet tashkilotlarida xarajatlarni amalga oshirishni tashkil qilish, daromadlar va xarajatlarni tasniflash, daromadlar va xarajatlarni nazorat qilishda asos bo‘lib hisoblanadi.
2. O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni nafaqat xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar balki, byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish va yuritishning me’yoriy-huquqiy asosi hisoblanadi. Ushbu qonun buxgalteriya hisobiga oid boshqa barcha me’yoriy-huquqiy xujjatlarni ishlab chiqishda asos hisoblanadi. Byudjet tashkilotlarida kassa muomalalari hisobini tashkil qilish va yuritish ushbu qonun talablari asosida amalga oshirilishi kerak.
3 “O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizizmi byudjetlarining g‘azna ijrosi qoidalari” (Adliya vazirligida 2016 yil 22 dekabrda 2850-son bilan ro‘yxatga olingan). Byudjet tashkilotlarida kassa muomalalarini bo‘yicha daromadlari tushumi, ularni shaxsiy hisobraqamlarga topshirish tartibi, byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha mexnat haqi hamda unga tenglashtirilgan to’lovlar bo’yicha xarajatlarni to‘lovini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
4. “O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetida turuvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, ko’rib chiqish, tasdiqlash va ro’yxatdan o’tkazish tartibi to’g’risida” Nizom (O’z.R AV. tomonidan 2014 yil 15 dekabrda № 2634-son bilan ro’yxatdan o’tgan). Ushbu nizomga ko‘ra tashkilotlarda rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lar bo‘yicha daromad va xarajatlar smetasini shakllantirish tartibi, smetalarni ro‘yhatdan o‘tkazish, smetani ko‘rib chiqish tartibi belgilangan. Har bir byudjet tashkilotda ushbu nizom asosida ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, xizmat safar xarajatlarni smeta doirasida asoslovchi xujjatlar asosida to‘lovini amalga oshiriladi. “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomaga asosan byudjet tashkilotlarida kassa muomalalari hisobga olinadi. Ushbu yo‘riqnomaga ko‘ra kassa muomalalari bo‘yicha sintetik hamda analitik schyotlar ochilib hisoblashuvlar bo‘yicha hisob ishlari yuritiladi. Byudjet tashkilotlarida kassa muomalalari 120 schyotda hisobga olinadi. Yo‘riqnoma talablariga ko‘ra kassa muomallari bo‘yicha hisoblashuv muomalalarini qonuniyligini asoslovchi xujjatlar rasmiylashtiriladi.
5. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan (2015 yil 16 maydagi 12/17-son qarori) tasdiqlangan hamda 2015 yil 21 iyunda yangi tahrirda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2786-son bilan ro’yxatga olingan “Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini yuritish qoidalari” nafaqat byudjet tashkilotlari balki, boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda kassa muomalalarini tashkil qilishning asosiy qoidalarini o’zida mujassamlashtirgan asosiy me’yoriy xujjat hisoblanadi. Mablag‘larni sarflash bo‘yicha xarajatlarning guruhlari va moddalari belgilangan bo‘lib, hozirda ushbu xarajat guruhlari va moddalari bo‘yicha moliyalashtirish amalga oshirilmoqda. Byudjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari ushbu qarorga ko‘ra avvalo, kreditorlik 26 majburiyatlarni qoplashga, 75 foizi (tibbiyot muassasalarida 50 foiz) moddiy texnik bazani yaxshilashga, 25 foizi (tibbiyot muassasalarida 50 foiz) xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga sarflanishi belgilangan. Ushbu qaror asosida byudjetdan tashqari mablag’lar shakllantiriladi va tashkilot kassasi orqali xodimlarnining kasallik varaqalari uchunlari, ish haqisi va rag’batlantirish bo’yicha oladigan pul mablag’lari beriladi.
O’zbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (1-sonli BHS) “Hisob siyosati” O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 27 dekabrda ro’yxatdan o’tkazilgan, ro’yxat raqami 2853. Ushbu byudjet hisobining standarti asosida byudjet tashkilotlari kassa muomalalari hisobi va nazoratini amalga oshirish uslublarini tanlab olishlariga huquqiy asos bo’lib hizmat qiladi. Byudjet tashkilotlari tomonidan inventarizatsiya ishlarini tashkil qilish, uni o’tkazish va natijalarini hisobda aks ettirishda yuqoridagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga qo`shimcha tarzda “Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi tartibi to’g’risidagi Nizom (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 6 aprel 2004 yil 1334-son bilan ro’yxatga olingan);” keltirish mumkin. Kassa inventarizatsiya qilinayotganda kassada haqiqatda bo’lgan pul mablag’lari va boshqa boyliklar tekshiriladi. Haqiqatda bor bo’lgan pul mablag’lari hisoblanganda kassada pul belgilari, pochta markalari va davlat boji markalari hisobga olinadi.
Ushbu qoidalarga ko’ra tashkilot kassasiga kirim qilinadigan va kassadan chiqim naqd pul mablag’larini xujjatlashtirish tartibi beligilangan. Bundan tashqari, tashkilot kassasini jihozlash, undagi shart sharoitlar, kassirning javobgarliklari, majburiyatlari, kassa muomalalari bilan bog’liq raxbar va bosh 28 hisobchining majburiyatlari va javobgarliklari hamda huquqlari aniq belgilab qo’yilgan. Ushbu qoidalarga ko’ra kassaga kirim qilingan naqd pul mablag’lari bo’yicha rasmiylashtiriladigan kassa kirim orderi, chiqim qiligan naqd pul mablag’i bo’yicha rasmiylashtiriladigan kassa chiqim orderlari va ularga ilova qilinadigan xujjatlar ro’yhati va ularni rasmiylashtirish tartibi belgilangan. Kassir tomonidan kassa kitobini yuritilishi, kassa hisobotini tuzishi va bosh hisobchiga topshirish tartibi hamda muddatlari belgilangan.

Download 308,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish