Bog'liq Byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari hisobi
2. Byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari hisobining amaliy jihatlari. O’zbekistonda Moliya vazirligining 105-sonli buyrug’I bilan tasdiqlangan va O’zbekiston Respubliksi Adliya vazirligida 2010-yil 22-dekabrda 2169-raqam bilan ro’yxatdan o’tkazilgan ‘’ Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to’g’risidagi yo’riqnoma’’ ga ko’ra ish olib boriladi. Yo’riqnomaning 240-bandiga muvofiq byudjet tashkilotlarida naqd pullarni qabul qilish va to’lash hisobi ilova qilinayotgan KO-4 shakl kassa daftarida yuritiladi. Tashkilotlarning xorijiy valyutadagi naqd pul bilan operatsiyalar hisobi alohida kassa daftarida yuritiladi. Byudjet tashkilotlariga byudjetdan tashqari faoliyatdan naqd pul mablag’lrining mazkur byudjet muassasalari kassasiga tushumni hisobga olish uchun g’aznachilik shaxsiy hisobi ochilgan va byudjetdan tashqari faoliyat olib borishga kassadan naqd pullar berilgan vaziyatlarda alohida kassa daftarida yuritiladi. byudjet tashkilotlarida kassirning roziligi bilan va kassa hullatlari to’liq saqlanganligi ta’minlangan sharoitda kassa daftari ASBO dasturida avtomatlashtirilgan usul bilan yuritilishi mumkun. Bunda uning varaqlari ‘’ Kassa daftari qo’yilma varag’I ‘’ kompyuterogrammasi ko’rinishida shakllanadi. U bilan bir vaqtda ‘’ Kassirning hisoboti’’ kompyuterogrammasi shakllantiriladi. ‘’kassa daftari qo’yilma vaqrag’I ‘’ kompyuterogrammasida har oyda kassa daftrai varaqlari umumiy soni oxirisi har oy uchun avtomatik ravishda muxrlanadi, calendar yili uchun esa yillik kassa daftari varaqlari umumiy soni oxiriga muhr bosiladi.
“Naqd pulni qabul qilish va topshirish bo’yicha kassa operatsiyalari O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan tasdiqlangan birlamchi hisob hujjat shakllari bilan rasmiylashtiriladi” 2 Bugungi kunda byudjet tashkilotlarida hisob ishlarini avtomatlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda. Boshqa davlatlar tajribasidan andoza olgan holda byudjet tashkiloti ishi qulaylashtirilmoqda va yengillashtirilomoqda. Xo’jalik muomalalarini hujjatlashtirishning va dastlabki hujjat ma’lumotlarini hisoblash mashinalariga kiritishning yaxshilanishini har xil zamonaviy ma’lumot tashuvchi vositalardan foydalanish yo’li bilan amalga oshirish istiqbolli yo’llardan biri hisoblanadi. Buxgalteriya hisobining xususiyatlaridan biri sodir bo`lgan muomalalarni yoppasiga va uzluksiz aks ettirilishi hisoblanadi. Bu dastlabki hisob axborotning manbai hisoblangan hujjatlashtirish yordamida amalga oshiriladi. Barcha sodir bo`lgan muomalalarga tuziladigan hujjatlar majmuasi hujjatlashtirish deb ataladi. Sodir bo`lgan muomalalar ustidan kuzatishni amalga oshirishni ta’minlab va ularni albatta schyotlarda aks ettirilishining sharti bo’lib hisoblangan hujjatlashtirish, buxgalteriya hisobi usulining tarkibiy qismi bo’lib hisoblanadi. Tashkilotlarda pul, tovar-moddiy va boshqa boyliklarni qabul qilish va berish uchun asos bo’lib xizmat qiladigan hujjatlar, shuningdek xarajatlar smetasi ijrosiga taalluqli barcha hujjatlar hamda moliyaviy hisobotlar tashkilot rahbari yoki uning o’rinbosari va bosh hisobchi yoki uning o’rinbosari tomonidan imzolanadi. Qonunchilikka muvofiq vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarida birinchi imzo huquqi shu vazirlik, davlat qo’mitasi va idorasining boshqarma yoki mustaqil bo’linmalarining boshliqlariga berilishi mumkin. Bosh hisobchi yoki uning o’rinbosari tomonidan imzolanmagan boshlang’ich hisob hujjatlari ijro uchun yaroqsiz hisoblanadi va ijroga qabul qilinmaydi. Kassa kirim orderlari bosh hisobchi (yoki uning o’rinbosari) va kassir tomonidan imzolangandagina ijro uchun yaroqli hisoblanadi. Hisob registrlarida aks ettiriladigan yozuvlar uchun to’liq rasmiylashtirilgan boshlang’ich hisob hujjatlari asos bo’lib xizmat qiladi. “Buxgalteriya hisobi registrlari ikki yoqlama yozuv qoidalariga muvofiq yuritiladigan jurnallar, qaydnomalar, daftarlar, tasdiqlangan blankalar (shakllar)dir. Registrlar texnika vositalaridan foydalanishda olingan mashinogramma ko’rinishidagi yozuvlar yo’li bilan, shuningdek magnit tasmalari, disklar va boshqa mashinalarda bajarilishi mumkin. Registrlarni shakllantirish tartibi buxgalteriya hisobi standartlari bilan belgilanadi. Buxgalteriya hisobi registrlariga tasdiqlanmagan tuzatishlarning kiritilishiga yo’l qo’yilmaydi” 22. Byudjet tashkilotlari kassasiga naqd pul mablag’larini qabul qilish bosh hisobchi yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan imzolangan KO-1-son shakldagi kirim kassa orderi bo’yicha amalga oshiriladi. Tashkilotlar kassasidan naqd pul mablag’larini berilishi KO-2-son shakldagi chiqim kassa orderi yoki tegishlicha rasmiylashtirilgan boshqa hujjatlar (to’lov qaydnomalari, pul berish bo’yicha arizalar, hisobvaraqlar va hokazolar) bo’yicha, ushbu hujjatlarga chiqim kassa orderining rekvizitlari bo’lgan shtamp qo’yilgan holda amalga oshiriladi. Pul mablag’larini berishga doir hujjatlar tashkilot rahbari va bosh hisobchisi yoki ular vakolat bergan shaxslar tomonidan imzolangan bo’lishi kerak. Chiqim kassa orderlariga ilova qilinadigan hujjatlar (arizalar, hisobvaraqlar va hokazolar)da tashkilot rahbarining ijozat beruvchi yozuvi bo’lgan taqdirda, chiqim kassa orderlarida rahbarning imzosi bo’lishi shart emas. Kirim va chiqim kassa orderlari yoki ularning o’rnini bosuvchi hujjatlar ular bo’yicha pul olinganidan yoki berilganidan so’ng darhol kassir tomonidan imzolanadi, ularga ilova qilingan hujjatlarga esa sana (kun, oy, yil) ko’rsatilgan holda “To’langan” shtampi qo’yiladi yoki so’z bilan yozib qo’yiladi. Kirim va chiqim kassa orderlari yoki ular o’rnini bosuvchi hujjatlar kassaga topshirilguniga qadar buxgalteriya tomonidan KO-3-son shakldagi kirim va chiqim kassa orderlarini ro’yxatga olish jurnalida qayd etiladi. Ish haqini berishto’lov (hisob-kitob-to’lov) qaydnomalarida rasmiylashtirilgan chiqim kassa orderlari ish haqi berilgandan keyin ro’yxatga olinadi. Tashkilot naqd pullarining tushumlari va berilishi KO-4-son yoki 440-son shakldagi kassa daftarida hisobga olinadi. Bunda chet el valyutasi mablag’lari bo’yicha alohida kassa daftari yuritiladi. Kassa daftaridagi yozuvlar qoraqog’oz vositasida sharikli ruchka, siyohqalam yoki siyoh bilan ikki nusxada amalga oshiriladi. Varaqlarning ikkinchi nusxalari qirqiladigan bo’lishi kerak, ular kassirning hisoboti bo’lib xizmat qiladi. Varaqlarning birinchi nusxalari kassa daftarida qoladi. Varaqlarning birinchi va ikkinchi nusxalari bir xil raqamlar bilan belgilanadi. Kassa daftarida o’chirishlar va ta’kidlanmagan tuzatishlar qilish man etiladi. Qilingan tuzatishlar tashkilot kassiri, shuningdek, bosh hisobchining yoki uning o’rnini bosuvchi shaxsning imzolari bilan tasdiqlanadi. Kassa daftaridagi yozuvlar kassir tomonidan har bir order yoki uning o’rnini bosuvchi boshqa hujjat bo’yicha pul olingan yoxud berilganidan keyin darhol amalga oshiriladi. Har kuni, ish kuni oxirida kassir kun uchun operatsiyalar yakunini hisoblaydi, kassadagi keyingi kun uchun pullar qoldig’ini chiqaradi va keyingi kuni buxgalteriyaga kassir hisoboti sifatida
381-son jamlanma shakldagi qaydnomaga
(1-son memorial orden)
Kassa hisoboti
Kassa daftari KO-4-son shakl
k assa daftarida imzo chektirgan holda kirim va chiqim kassa hujjatlari bilan birga ikkinchi yirtma varaqni (kassa daftaridagi bir kun uchun yozuvlar ko’chirma nusxasini) topshiradi.
B yudjet tashkilotlarida kassa muomalalari hisobini xujjatlashtirishning tizimli tartibga keltirilgan ko’rinishi.3
Topshirilgan kassa hisoboti buxgalteriyada tekshiriladi va uning asosida kassa operatsiyalariga doir 381-son shakldagi jamlanma qaydnomaga (1-son memorial order) va analitik hisobning boshqa registrlariga yoziladi. 1-son memorial order bo’yicha oylik aylanmalarning umumiy summasidan byudjetdagi (byudjetdan tashqari) hisobvaraqlar bo’yicha aylanmalar chiqarib tashlanadi. Kassa daftarini to’g’ri yuritilishi ustidan nazorat qilish tashkilot bosh hisobchisi zimmasiga yuklanadi. Ko’plab bo’linmalarga ega bo’lgan tashkilotlarda ish haqi, stipendiyalar, pensiyalar, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari va boshqa to’lovlarni to’lashga kassirlardan boshqa shaxslarga tashkilot rahbarining yozma buyrug’i bilan ruxsat berilishi mumkin. Bunday hollarda mazkur shaxslar bilan ham moddiy moddiy javobgarlik to’g’risida shartnoma tuzilishi shart. Ishonchli shaxslarga kassadan naqd pul berilganda ularning hisobi kassir tomonidan 320-son shakldagi ish haqi, stipendiya va boshqa to’lovlarni berish uchun tarqatuvchilarga berilgan pullarni hisobga olish daftari yuritiladi. Kassadan bir necha kishilarga hisobot beriladigan pul berilishi zarur bo’lgan hollarda individual tarzdagi kassa chiqim orderlari o’rniga 317-son shakldagi kassadan hisobdor shaxslarga pul berish bo’yicha qaydnomadan foydalaniladi. Shtatda kassirlik lavozimi ko’zda tutilmagan tashkilotlarda xodimlarga ish haqi to’lash hamda mayda xo’jalik xarajatlari tashkilot buyrug’i bilan rasmiylashtirilgan hisobdor shaxslar orqali amalga oshiriladi. Bankdan naqd pul olish uchun cheklar ana shu shaxslar nomiga yoziladi. Tashkilot naqd pullarining barcha tushumlari va berilishi kassa daftarida hіsobga olinadi. Kassa daftaridagi varaqlar miqdori mazkur tashkilot yoki yuqori turuvchi organ rahbari va bosh buxgalterining imzolari bilan tasdiqlanadi. Byudjet muassasalariga xizmat ko’rsatuvchi markazlashtirilgan buxgalteriyalarda kassa operatsiyalari hisobini kassir O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl bo’yicha maxsus daftarda yuritadi. Byudjet hisobidagi muassasalarga byudjetdan tashqari mablag’lar hisobi yuritiladigan talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochilgan taqdirda ushbu muassasalar kassasiga byudjetdan tashqari faoliyat bo’yicha tushgan barcha naqd pul tushumlari va byudjetdan tashqari faoliyat uchun berilgan naqd pullar alohida kassa daftarida hisobga olinadi. Bugungi kunda O’zbekistonda barcha sohalarda bo’lgani kabi moliya sohasida ham katta o’zgarishlar qilinmoqda. Ana shunday o’zgarishlardan biri yuridik shaxslarga naqd pul mablag’lari bilan o’zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishlari bo’yicha mavjud bo’lgan ayrim cheklovlarni bosqichma-bosqich qisqartirish va qog’ozbozlikni kamaytrish, hisob-kitoblarni iloji boricha elektron tarzda amalga oshirishdir. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentning 30.10.2018 yildagi “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoniga asosan endilikda quyidagilarni nazarda tutadigan naqd pul tushumini topshirish va undan foydalanish tartibi joriy etilmoqda:
– EKIHning 20 baravaridan ortiq miqdorda kunlik o’rtacha naqd pul tushumi bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun uni bank kassalariga inkassatsiya xizmati orqali yoki mustaqil ravishda kunlik topshirish imkoniyati;
– EKIHning 20 baravaridan kam miqdorda kunlik o’rtacha naqd pul tushumi bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun uni bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali o’zlari belgilagan davrlarda yoki mustaqil ravishda topshirishi imkoniyati;
– muqobil inkassatsiya xizmatlarini tashkil etgan holda naqd pul tushumini faqat Markaziy bankning inkassatsiya xizmati orqali inkassatsiya qilishni bekor qilish. Byudjet tashkilotlari buxgalteriyasida kassa operatsiyalari hisobi 12 “Kassa” schyotida 120 “Milliy valyutadagi naqd pul mablag’lari” va 121 “Xorijiy valyutadagi naqd pul mablag’lari” subschyotlarida yuritilib ushbu subschyotlarda tashkilot kassasidagi naqd pul mablag’larining mavjudligi va ularning harakat ihisobga olinadi. Bu subschyotlarning debet tomonida kassaga pul mablag’larni kirimi, kredit tomonida pul mablag’larni chiqimi aks ettiriladi.