Bog'liq Byudjet tashkilotlarida hisob varaqalardagi byudjet mablag\'lari hisobi
3. Budjet tashkilotlarida pul mablag'lari hisobi Budjet tashkilotlari o'z pul mablag'larini bank muassasalaridagi depozit hisobvaraqlarida saqlaydi. Budjet tashkilotlari barcha xarajatlami (naqd pulsiz amalga oshirish mumkin bo'lmaydigan xarajatlar bundan mustasno) banklarning muassasalari orqali naqd pulsiz hisob-kitoblar yo'li bilan to'laydi.
Respublika budjetida turuvchi tashkilotlarda budjetdan moliyalashtirish bo'yicha berilgan budjet mablag'larining hisobi uchun birinchi tartibli (sintetik) 09-«Respublika budjeti bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvaraqlari» schyoti tayinlangan. Bu sintetik schyot quyidagi subschyotlarga bo'linadi:
090 - «Respublika budjeti bo'yicha tashkilot xarajatlari uchun talab
qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti;
091 - «Respublika budjeti bo'yicha tasarrufidagi tashkilotlarga
o'tkazib berish va boshqa tadbirlar uchun talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti;
093 - «Respublika budjeti bo'yicha kapital qo'yilmalar uchun talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti.
Bu subschyotlaming hammasi aktiv schyotlar hisoblanadi. Warning debetiga budjetdan moliyalashtirish bo'yicha berilgan budjet mablag'larining summasi va budjet mablag'larini tiklashga qo'yilgan summalar yoziladi, kreditiga esa kassa xarajatlari summalari, tashki-lotlarga o'tkazilgan budjet mablag'larining summalari, chaqirib olingan va berkitilgan budjet mablag'larining summalari yoziladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi budjetida va mahalliy budjetlarda turuvchi budjet mablag'larini tasarruf qiluvchilar pul mablag'larining hisobi uchun sintetik 10-«Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat budjeti va mahalliy budjetlar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvaraqlari» schyoti tayinlangan. Bu sintetik schyot quyidagi ikkinchi tartibli schyotlarga (subschyotlarga) bo'linadi:
100 - «Tashkilot xarajatlari uchun talab qilib olgunga qadar depozit
hisobvarag'i» subschyoti;
101 - «Tasarrufidagi tashkilotlarga o'tkazib berish va boshqa tad-
birlar uchun talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti;
103 - «Kapital qo'yilmalar uchun talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti.
Yuridik shaxslar o'rtasidagi hisob-kitoblar hamda fuqarolaming tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog'liq bo'lgan fuqarolar qatnashadigan hisob-kitoblar banklaming muassasalari orqali faqat naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi.
Bank muassasalaridan olingan naqd pullar ular qaysi maqsadlarga olingan bo'Isa, faqat xuddi shu maqsadlargagina xarajat qilinadi.
Budjet mablag'lari bo'yicha talab qilib olgunga qadar asosiy depozit hisobvarag'iga moliyalashtirishni kelib tushishi va tasarrufidagi tashkilotlariga o'tkazib berish bilan bog'liq bo'lgan operatsiyalar va bu operatsiyalarga tuziladigan buxgalteriya provodkalari muayyan mavzuning avvalgi paragraflarida keltirilgan.
Budjet tashkilotlarining daromadlari va xarajatlarini, reja-lashtirilgan budjetdan moliyalashtirish natijasida kelib tushgan mablag'laming tcjalgan (foydalanilmagan) (kapital qo'yilmalarni moliyalashtirish uchun ko'zda tutilgan mablag'lar bundan mustasno) mablag'lar hisobi uchun quyidagi ikkinchi tartibli schyotlar (subschyotlar) qo'llaniladi:
114 - «Budjet tashkilotini rivojlantirish fondi-budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti;
134 - «Moliyaviy qo'yilmalar fondi» subschyoti;
215 - «Budjetdan tashqari fondlar bo'yicha xarajatlar» subschyoti;
275 - «Kreditorlik qarzlarini birinchi navbatda to'lash uchun zaxira» subschyoti.
Bunda shuni hisobga olish kerakki, I guruh «Ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlar» bo'yicha tejalgan, uning chorakdagi oxirgi oyning ikkinchi yarmiga tegishli mehnat haqini to'lash uchun moliyalashtirilgan mablag'lar, moliyalashtirilmaganligi sababli yoki budjet mablag'lari bo'yicha talab qilib olgunga qadar asosiy depozit hisobvarag'idagi mablag'ning yetmaganligi sababli olinmagan deponent qilingan mehnat haqi va stipendiyalar hamda nafaqalarning summalari tejalgan summa, deb hisoblanmaydi va budjet tashkilotini rivojlantirish fondi-budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'iga o’tkazilmaydi. II guruh «Ish beruvchilaming ajratmalari» bo'yicha hisoblangan, lekin o'tkazib berilmagan ish haqiga hisoblashlar hisoblangan, lekin to'lanmagan pensiyalar, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi uchun to'lanadigan, bola tug'ilganda beriladigan va vafot etganda beriladigan nafaqalar summalari, budjet tashkilotini rivojlantirish fondi-budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'iga o'tkazilmaydi.
Chorakning oxirgi ish kuni tejalgan summalar va budjet mablag'lari bo'yicha talab qilib olgunga qadar asosiy depozit hisobvarag'ida qolgan mablag'lar budjet tashkilotini rivojlantirish fondi-budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'iga o'tkazilganida quyidagi ikkita buxgalteriya provodkasi tuziladi:
1) o'tkazilgan mablag' summasiga:
Debet 114 - «Budjet tashkilotmi rivojlantirish fondi - budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti;
Kredit 090 - «Respublika budjeti bo'yicha tashkilot xarajatlari uchun talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti (G'aznachilikka oV/5/7 sharoitida: 147-«Budjet mablag'lari bo'yicha budjet mablag'lari oluvchilar oldidagi majburiyat» subschyoti) yoki
Kredit 100 -«Tashkilot xarajatlari uchun talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti (G'aznachilikka o'tish sharoitida: 147-«Budjet mablaglari bo'yicha budjet mablaglari oluvchilar oldidagi majburiyat» subschyoti). 2) tashkil qilingan zaxira fondi summasiga:
Debet 134 - «Moliyaviy qo'yilmalar fondi» subschyoti;
Kredit 275 - «Kreditorlik qarzlarini binnchi navbatda to'lash uchun zaxira» subschyoti.
Vaqtincha to‘la moliyalashtirilmaganligi natijasida budjet mablag'lari bo'yicha talab qilib olgunga qadar asosiy budjet depozit hisobvarag'ida mablag' bo'lmaganda, budjet mablag'lari bo'yicha talab qilib olgunga qadar asosiy depozit hisobvarag'idagi mablag'lar hisobidan keyinchalik to'ldirilishini hisobga olingan holda, budjet hisobidan qilinadigan xarajatlar budjet tashkilotlarini rivojlantirish fondi-budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'idagi mablag'lar hisobidan ham qilinishi mumkin. Budjet bo'yicha kreditorlik qarzlarini uzish uchun budjet tashkilotlarini rivojlantirish fondi-budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'ining mablag'lari hisobidan mablag'lar o'tkazishga tayyorlangan to'lov topshiriqlarining «To'lov maqsadi» ustunida quyidagi «Xarajatlarning budjet qismi bo'yicha kreditor qarzlami to'lash summasi o'tkazilyapti» deb yozib qo'yiladi. Bu operatsiyaga quyidagi ikkita buxgalteriya provodkasi tuziladi:
1) o'tkazib berilgan summaga:
Debet 178 - «Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblan> subschyoti;
Kredit 114-«Budjet tashkilotini rivojlantirish fondi-budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti.
2) zaxira fondi summasining kamayishiga:
Debet 275 - «Kreditorlik qarzlarini birinchi navbatda to'lash uchun zaxira» subschyoti;
Kredit 134 - «Moliyaviy qo‘yilmalar fondi» subschyoti.
Budjet mablag'lari bo'yicha talab qilib olgunga qadar asosiy depozit hisobvarag'iga mablag' tushganda budjet tashkilotlarini rivojlantirish fondi-budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'ining mablag'lari qaytariladi. Bu operatsiyaga quyidagi ikkita buxgalteriya provodkasi tuziladi:
1) qaytarilgan summaga:
Debet 114 -«Budjet tashkilotini rivojlantirish fondi-budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisob-varag'i» subschyoti;
Kredit 090 - «Respublika budjeti bo'yicha tashkilot xarajatlari uchun talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti (Gaznachilikka o'tish sharoitida: 147-«Budjet mablag'lari bo'yicha budjet mablag‘lari oluvchilar oldidagi majburiyat» subschyoti) yoki
Kredit 100 -«Tashkilot xarajatlari uchun talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti (Gaznachilikka o'tish sharoitida: I47-«Budjet mablag'lari bo'yicha budjet mablag'lari oluvchilar oldidagi majburiyat» subschyoti). 2) zaxira fondini tiklash summasiga:
Debet 134 - «Moliyaviy qo'yilmalar fondi» subschyoti; Kredit 275 -«Kreditorlik qarzlarini birinchi navbatda to'lash uchun zaxira» subschyoti.