Byudjet tashkilotlarida hisob varaqalardagi byudjet mablag'lari hisobi
Reja:
Budjet tashkilotlarida hisob varaqalardagi mablag'larni tasarruf qiluvchilar va davlat budjetidan xarajatlarni moliyalashtirish
Respublika budjetida turuvchi budjet tashkilotlarida moliyalashtirish hisobi
Budjet tashkilotlarida pul mablag'lari hisobi
Budjet tashkilotlarida kassa operatsiyalari hisobi
Budjet tashkilotlarida hisob varaqalardagi mablag'larni tasarruf qiluvchilar va davlat budjetidan xarajatlarni moliyalashtirish
0‘zining ixtiyoriga maqsadli tayinlanishi bo'yicha sarflash uchun budjetdan mablag‘lar olgan tashkilotlarning rahbarlari budjet mablag'larini tasarruf qiluvchilar, deb hisoblanadi. Budjet mablag'-larini tasarmf qiluvchilar, ularga berilgan huquqlar, mas’uliyatlar va majburiyatlarning hajmiga qarab, Respublika budjeti bo'yicha uch (bosh, ikkinchi, uchinchi) darajaga, mahalliy budjetlar (Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlari) bo'yicha esa ikki (bosh, uchinchi) darajaga bo'linadi.
Respublika budjeti, shuningdek Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti bo'yicha vazirlar va boshqa markaziy muassasalaming rahbarlari budjet mablag'larini bosh tasarruf qiluvchilar, deb hisoblanadi. Mahalliy budjetlar bo'yicha hokimiyatlar bo'limlarining rahbarlari budjet mablag'larini bosh tasarruf qiluvchilar deb hisoblanadi.
O'z tasarrufida muassasalar va tashkilotlar bo'lgan muassasalar va tashkilotlar (bosh muassasalar, boshqarmalar, idoralar va boshqalar) ning rahbarlari budjet mablag'larini ikkinchi daraja tasarruf qiluvchilari jumlasiga kiradi. Ular budjet mablag'larini bosh tasarruf qiluvchilarga to'g'ridan-to'g'ri bo'ysunadilar.
Budjet mablag'larini bosh yoki ikkinchi daraja tasarruf qiluvchilarga bo'ysunuvchi tashkilotlarning rahbarlari budjet mablag'larini uchinchi daraja tasarruf qiluvchilar, deb hisoblanadi. Ularga budjet mablag'laridan mustaqil ravishda foydalanish huquqi berilgan.
Mahalliy budjetbo'yicha budjet mablag'larini tasarruf qiluvchilarning ikki darajagabo'linishi mahalliy organlarning ikki bo'g'ingabo'linganligi sabablidir.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-scntabrdagi 414-sonli «Budjet muassasalarini mablag' bilan ta’min- lashni takomillashtirish to‘g‘risida»gi Qarori va unga ilova qilingan «Budjet tashkilotlarini moliyalashtirish tartibi»ga muvofiq Davlat budjetidan moliyalashtirish xarajatlaming quyidagi guruhlari bo'yicha amalga oshiriladi:
I. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlar (bolali oilalarga
beriladigan nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga benladigan moddiy
yordam, stipendiyalar va boshqalar), bu guruhdagi xarajatlar jumlasiga
xarajatlar iqtisodiy tasnifining quyidagi xarajatlar turkumlari kiradi:
01-1-00-ish haqi;
01-1-30-umumta’lim muassasalarining o'mak ko'rsatgan xodim-larini rag'batlantirish uchun direktor fondi mablag'lari;
01-1-40-iibbiyot tashkilotlari xodimlariga ustamalar va qo'shim-chalar;
01-1-50-vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi;
03-4-10-stipendiyalar;
03-4-20-bola 2 yoshga to'lgunga qadar uni parvarishlash uchun ishlaydigan onalarga to'lanadigan har oylik nafaqa;
03-4-25-bola 2 yoshga toigunga qadar uni parvarishlash uchun ishlamaydigan onalarga to'lanadigan har oylik nafaqa;
03-4-30-16 yoshgacha bolalari bo'lgan kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar;
9) 03-4-40-kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam.
II. Ish beruvchilaming ajratmalari, bu guruhga xarajatlar iqtisodiy
tasnifining 01-2-00-ish beruvchilaming ajratmalari, xarajatlar turkum
lari kiradi.
III. Kapital qo'yilmalar (Davlat investitsiyalar dasturida ko'zda
tutilgan adres ro'yxatlariga muvofiq), bu guruhga xarajatlar iqtisodiy
tasnifining quyidagi xarajatlar turkumlari kiradi:
1) 04-2-00-ishlab chiqarish sohasida qurilish, rekonstruksiya qilish
va shu maqsadda kapital aktivlar sotib olish xarajarlari;
2) 04-3-00-noishlab chiqarish sohasida qurilish, rekonstruksiya
qilish va shu maqsadda kapital aktivlar sotib olish xarajatlari.
IV. Boshqa xarajatlar, bu guruhga xarajatlar iqtisodiy tasnifining
quyidagi xarajatlar turkumlari kiradi:
01-3-00; 01-4-00; 01-5-00; 01-6-00; 01-7-00; 01-8-00; 01-9-00; 03-1-00; 03-3-00; 03-4-90; 03-5-00; 04-1-00; 04-4-00; 04-5-00; 05-0 00; 06-0-00; 07-1-00; 07-2-00; 07-3-00; 08-2-00; 08-3-00; 09-1-00; 09-2-00; 10-0-00.
Moliyalashtirish, joriy yilga tasdiqlangan budjet ko'rsatkichlariga va budjet ijrosi jarayonida ro'yxatga va xarajatlar smetasiga kiritilgan o'zgartirishlami hisobga olgan holda budjet tashkilotlarining xarajatlar smetalariga muvofiq tuzilgan budjet xarajatlarining yillik ro'yxati choraklar bo'yicha taqsimlanishiga binoan amalga oshiriladi. Respublika va mahalliy budjetlardan xarajatlaming I va II guruhlari bo'yicha moliyalashtirish har oyda smetalar va budjet xarajatlarining ro'yxati asosida, ularga kiritilgan o'zgartirishlar hamda o'tgan hisobot davnda belgilangan baholash ko'rsatkichlarining bajarilishini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Kapital qo'yimialami va boshqa xarajatlami moliyalashtirish har oyda budjetga mablag'laming kelib tushishiga qarab amalga oshiriladi.
Budjet tashkilotlarini respublika budjetidan moliyalashtirish O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida belgilangan shakldagi xarajatlar jadvah (unda budjet tasnifining paragraflari va xarajatlaming guruhlari ko'rsatilib) va mablag'lami o'tkazish uchun to'lov topshiriq-larida xarajatlaming har bir guruhi (I guruh xarajatlaridan tashqari, chunki ish haqi va unga tenglashliiilgan xarajatlar o'z vaqtida to'lanishining nazoratini ta’minlash uchun ular xarajatlaming turlari bo'yicha moliyalashtiriladi) bo'yicha bir satr bilan rasmiylashtiriladi.
Mahalliy budjetlardan budjet tashkilotlarini moliyalashtirish tegishli moliya organlarida belgilangan shakldagi farmoyish (unda budjet tasnifining paragraflari va xarajatlaming guruhlari ko'rsatilib) va mablag'lami o'tkazish uchun to'lov topshiriqlarida xarajatlaming har bir gumhi (I guruh xarajatlaridan tashqari) bo'yicha bir satr bilan rasmiylashtiriladi.
Moliyalashtirish har bir paragraf bo'yicha alohida amalga oshiriladi. Ajratilgan mablag'lami budjet tashkilotlari qaysi xarajatlar uchun olgan bo'lsa, qat’iy ravishda xuddi shu paragraflar bo'yicha ishlatadi. Budjet tashkilotlariga xarajatlar guruhlari bo'yicha tasdiqlangan limitlami mustaqil o'zgartirish man etiladi.
IV guruh bo'yicha hadjetdan ajratilgan mablag'lag belgilangan limitlar doirasida, birinchi navbatda, oziq-ovqatlar uchun, ikkinchi navbatda, dori-darmonlar uchun, uchinchi navbatda, kommunal xizmatlar uchun va to'rtinchi navbatda, boshqa xarajatlar uchun sarflanishi kerak.
Budjet tashkilotlari 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki uning hududiy moliya organlari bilan kelishilgan holda mavsumiy yoki shoshilinch tadbirlami (birinchi sinf o'quvchilari uchun maktab anjomlari, kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun qishki kiyimlar xarid qilish, epidemiyaga qarshi, yuqumli kasalliklarga qarshi tadbirlar va boshqa tadbirlami) mablag' bilan ta’minlash uchun mablag'lami IV guruh mablag'lari hisobidan tezkorlik bilan xarajat qilishi mumkin.
Xarajatlar hajmining guruhlari va paragraflari bo'yicha o'zgartirish O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining vakolatida turadi.
Ajratilgan mablag'lami tegishli paragraflar va gumhlar bo'yicha tayinlanishiga qarab foydalanish uchun javobgarlik budjet tash-kilotlarining rahbarlari va bosh buxgalterlari zimmasiga yuklatilgan.
Budjet tashkilotlarining xarajatlarini moliyalashtirish amalga oshiril-ganda, yangi yildagi rejalashtirilgan budjet mablag'lari debitorlik qarzlarining summasini krcditor qarzlari summasidan ortiqcha qismiga va budjet mablag'laridan foydalanish hisobidan tashkil bo'lgan keyingi yilning birinchi yanvariga budjet tashkilotlarining me’yordan ortiqcha material zaxiralarining qoldig'i summasiga kamaytiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |