Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana21.06.2022
Hajmi0,51 Mb.
#689731
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari jamg’armalar mablag’lari hisobi va nazorati samaradorligini oshirish

Ключевые слова: 
бюджетная организация, внебюджетные фонды, 
доходы, расходы, арендные платежи, спонсорство, производство бизнес-типа, 
сбережения, другие внебюджетные фонды. 
 
Kirish 
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish 
sharoitida byudjet mablag’lari bilan bir qatorda byudjet tashkilotlarining byudjetdan 
tashqari mablag’lari hisobi va nazoratiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Byudjet 
ijrosi jarayonida Davlat byudjeti mablag’lari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan 
tashqari mablag’lari shakillanishi hamda sarflanishini uzluksiz hisobga olish, ularni 
hujjatlashtirish va axborotlarni tizimli shakllantirish uchun byudjet tashkilotlarida 
buxgalteriya hisobi tashkil etilmoqda. 
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va nazoratini takomillashtirish 
uning aniqligi va ishonchliligini oshirish yo’lida islohotlar olib boorish o’zining 
ijobiy natijasini berishi aniq. Bunday islohotlar natijasida byudjet mablag’lari, 
byudjetdan tashqari jamg’armalar mablag’lari, byudjet tashkilotlarining byudjetdan 


“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 4-5, август-октябрь, 2018 йил 
2
tashqari mablag’lari kelib tushishi ularning maqsadli va imtiyozli ravishda 
sarflanishi, byudjet tizimidagi mablag’lar bilan bog’liq o’g’irliklar, kamomadlar va 
zararlarning oldini olish imkonini yaratadi. Nazorat sohasining takomillashtirilishida 
mablag’larning maqsadli sarflanishi yuzasidan tizimli asos yaratilishi nazoratning 
aniq va kamchiliklardan holi bo’lishiga yordam beradi. 
Byudjet mablag’larini tejash va samarali foydalanish borasida prezidentimiz 
Sh.Mirziyoyev nutqlarida quyidagilar ta’kidlab o’tilgan, “Byudjet tizimini isloh qilish 
sohasida mahalliy hokimiyat organlari vakolatlari yanada kengaytirildi. Endi har bir 
hudud rahbari berilgan imkoniyatlardan foydalanib, mas’uliyatni to’la o’z zimmasiga 
olishi, o’z aravasini o’zi tortishi kerak.Yaqin kelajakda barcha davlat xaridlarini 
amalga oshirish va davlat mulkini sotish uchun Internet tarmog’ida yagona maydon 
tashkil etish lozim. Bu byudjet xarajatlarini qisqartirish, davlat mulkini samarali 
boshqarish va katta moliyaviy mablag’larni iqtisod qilish imkonini beradi. 2018 yilda 
soliq siyosatini amalga oshirishda keskin chora-tadbirlardan voz kechamiz. Chunki 
islohotlar davrida davlat tizimining uzluksiz faoliyat ko’rsatishi uchun byudjet 
barqarorligi suv bilan havodek zarur”
1

Byudjet tashkilotlarini hususan, oliy ta’lim muassasalarini davlat byudjetidan 
moliyalashtirish hozirgi kungacha yuqori ko’rsatkichlarda ekani ijobiy holat emas. 
Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablag’larni faoliyat turiga hos va mos 
holda shakllantirishga keng yo’l ochib berish, byudjet tashkilotlarini o’zini o’zi 
moliyalashtirish imkoniyatini yaratib, byudjet mablag’lari tejalishiga olib keladi. 

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish