2. Moliya organlari faoliyatining huquqiy-me’yoriy asoslari
Respublikamizda Moliyatizimini tashkil topishida va uning keyingi faoliyatihhuquqiy asos bo‘lib xizmat qiluvchi quyidagi asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlarni keltirishimiz mumkin:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi;
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi;
O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni
faoliyatining shartnomaviy - huquqiy bazasi to‘g‘risida” gi Qonuni;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarinimablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi moliya bo’limi to‘g‘risidagi
Nizom;
Davlat budjeti g‘azna ijrosi Qoidalari; va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar.
O‘zbekiston respublikasi moliya vazirligining huquqlari4
10. Moliya vazirligi quyidagi huquqlarga egadir:
respublika vazirliklari va idoralaridan, boshqa boshqaruv organlaridan, korxonalar, birlashmalar, muassasalar, tashkilotlardan respublika budjeti istiqbolini belgilash, valyuta rejasini tuzish va ularning ijrosini nazorat qilishni amalga oshirish uchun materiallarni, buxgalteriya hisob-kitoblari va balanslarni, moliya-budjet, valyuta va soliq rejalashtirishi, budjetdan va valyuta jamg‘armasidan sarflanadigan xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash uchun boshqa materiallar va hisobotlarni, narx belgilashga oid materiallarni va monopoliyaga qarshi faoliyat olish;
kredit muassasalaridan banklar haqidagi qonunchilikka, ularning Ustavlariga muvofiq muassasalar, korxonalar, tashkilotlarning a’mollari va schyotlari haqidagi materiallarni olish;
mablag‘larni qonunsiz ravishda sarf qilganliklari yoki ilgari berilgan mablag‘larni sarflaganlik to‘g‘risidagi hisobotlarni va boshqa hisobotlarni taqdim etmaganligi uchun tegishli vazirliklar va idoralar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalarning rahbarlarini xabardor qilgan holda korxonalar, birlashmalar, muassasalar, tashkilotlarni budjetdan va valyuta jamg‘armasidan mablag‘ bilan ta’minlashni cheklab qo‘yish, zarur hollarda umuman to‘xtatish hamda Vazirlik huquqi doirasida amaldagi qonunchilikda belgilangan boshqa jazolarni qo‘llash;
budjetdan tashqari maxsus hisob raqamlarida rezervlar tashkil etish;
budjetdan tashqari jamg‘armalarni tashkil qilish;
respublika mintaqalari budjeti bo‘yicha vaqtinchalik kassa farqlarini qoplash uchun zarur hollarda ularni joriy yilda qaytarish sharti bilan respublika budjetidan ssuda berish;
taftish va tekshirishlar davomida naqd pullarni, qimmatbaho qog‘ozlarni, buxgalteriya hisobi reyestrlarini, hisobotlar, smetalar va rejalarni ko‘rsatishni talab qilish; soxtaliklar va boshqa suiiste’molliklar aniqlangan hollarda hujjatlar yig‘majildida hujjatni olganlik to‘g‘risidagi qaydnoma yoki ana shu hujjatning nusxasini, olib qo‘yilgan hujjatlarning reyestrini qoldirgan holda zarur hujjatlarni olib qo‘yish; boshqa muassasalar, korxonalar va tashkilotlardan tekshirilayotgan obyektlarning a’mollari bilan bog‘liq ma’lumotlarni va hujjatlarning nusxalarini olish, moliyaviy faoliyatning aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida ularning rahbarlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
vazirliklar va idoralar, korxonalar, birlashmalar, muassasalar, tashkilotlarning hisobotlari va balanslariga zarur tuzatishlar kiritish yuzasidan takliflar berish, shuningdek, ana shu takliflarni bajarish uchun ko‘rilgan chora-tadbirlarni tekshirish;
mahsulotlarni sotish hajmlari va soliq stavkalarining o‘zgarishi bilan bog‘liq daromadlar va daromad manbalari bo‘yicha viloyatlar bo‘yicha o‘zgarishlar kiritish;
O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, uyushmalari, konsernlari, tashkilotlariga narx preyskurantlari, monopolistik faoliyat, tariflar, ustamalar va chegirmalar loyihalarini, uslubiy ko‘rsatmalar va normativlarni ishlab chiqishni topshirish;
auditorlik tashkilotlarida litsenziya bitimlarida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini tekshirish;
sug‘urta tashkilotlari uchun majburiy bo‘lgan iqtisodiy normativlarni belgilash, qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urta bozori professional qatnashchilari faoliyatini, shu jumladan sug‘urta tashkilotlari tomonidan belgilangan iqtisodiy normativlarga rioya qilinishini tekshirish, shuningdek sug‘urta bozorining professional qatnashchilariga aniqlangan qoida buzishlarni bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar kiritish;
sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, belgilangan iqtisodiy normativlar, shu jumladan to‘lov qobiliyati normativlari buzilganligi uchun ularga sug‘urtalovchi uchun belgilangan ustav sarmoyasi eng kam miqdorining 0,1 foizigacha miqdorda belgilangan tartibda jarima solish;
Moliya vazirligining Nazorat-taftish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan taftishlar va talon-toroj, o‘g‘irlik, kamomad, noqonuniy sarf-xarajatlar summasini tekshirish natijasida aniqlangan davlat ulushidan dividendlarning budjetga o‘z vaqtida o‘tkazilmaganligi uchun penya va jarimalar bo‘yicha budjet daromadiga tushumlarning 10 foizi hisobiga O‘zbekiston Respublikasi moliya tizimini ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etilsin.
tegishli mahalliy budjetlarga (daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutini qoplashga) budjet subvensiyalari va ssudalar ajratishda, hududlar bo‘yicha to‘lanishi kerak bo‘lgan barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tushumlarining to‘liqligidan, shuningdek ish haqi (yagona ijtimoiy to‘lov bilan birga), nafaqalar va ularga tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarini birinchi navbatda so‘zsiz moliyalashtirishning zarurligidan kelib chiqqan holda, ularning miqdorlarini aniqlashtirish;
respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga va viloyatlarning mahalliy budjetlariga berilayotgan daromadlarning tasdiqlangan hajmlariga, ularning hududida shakllantirilayotgan soliq tushumlarini hisobga olgan holda, o‘zaro hisob-kitoblar vositasida daromadlar va xarajatlar o‘rtasida paydo bo‘ladigan kassa tafovutlarini tartibga solib, aniqlashtirishlar kiritish;
mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyasi va dinamikasining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlarini ko‘paytirish rezervlari safarbar qilinishining, shuningdek soliqlarning barqaror tushishidan mahalliy hokimiyat organlarining manfaatdorligi oshishining tizimli tahlilidan kelib chiqqan holda budjet daromadlari prognozini har chorakda davlat soliq va bojxona xizmatlari organlariga yetkazish.
maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda sug‘urtalovchilar va sug‘urta vositachilari, lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar o‘tkazuvchi tashkilotlar hamda auditorlik tashkilotlarining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga rioya etishini tekshirish, qonun buzilishlari aniqlangan taqdirda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar ko‘rish.
Do'stlaringiz bilan baham: |