XULOSA…………………………………………………………………………35
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..37
ILOVALAR………………………………………………………………………39
KIRISH
Men, Odiljonov Ulug'bek, tanishuv amaliyotimni 2021-yilning 1-fevralidan 2021-yilning 13-fevraliga qadar 2 hafta davomida Moliya vazirligi huzuridagi Yunusobod moliya bo’limida o’tadim.
Amaliyotni “Budjet hisobi va nazorati” fanidan, “Budjet hisobi va nazorat” bakalavriat ta’lim yo’nalishining 2-kurs talabalari uchun tayyorlangan “Tanishuv amaliyot dasturi”, O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 1998 yil 30 oktyabridagi 305-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida”gi Nizom talablari asosida olib bordim.
Tanishuv amaliyotining ilk kunlaridan boshlab moliya bo`limining tashkiliy tuzilmasi va xodimlar personali bilan tanishdim hamda moliya bo`limining faoliyatiga oid ilk bilim va ko’nikmalarni hosil qildim. Tanishuv amaliyotning dastlabki kuni Moliya bo`limining tashkiliy tuzilishi, bo’limlar ish faoliyati bilan tanishishdan boshladim. Moliya bo`limining xodimlari menga bo’limning ichki intizomi, bo’limlarning ish faoliyati va jamoat ishlari to’g’risida qisqacha ma’lumot berdi. Amaliyotni asosan Moliya bo`limining “Budjet hisobi va g`aznachilik” va “Tashkiliy-huquqiy” bo’limlarda o’tkazdim. Amaliyot o’tash davomida amaliyot o’tiladigan har bir ish o’rniga oid amaldagi huquqiy-me’yoriy hujjatlar, ularda foydalanilayotgan axborot-kommunikatsiya vositalari, zamonaviy veb-texnologiyalarni qo’llash asosida ishlab chiqilgan avtomatlashtirilgan UzASBO dasturi bilan tanishib chiqdim.
Amaliyotni o’tash davrida tegishli Pensiya jamg’armasi va uning hududiy bo’limlarida o’rnatilgan ichki ish tartib-qoidalariga qat’iy rioya qilishi va jamoat ishlarida faol qatnashdim. Mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalariga rioya qildim. Biriktirilgan amaliyot rahbari bilan birgalikda ilk kasbiy ko’nikmalarni hosil qildim. Belgilangan amaliyot dasturiga muvofiq mazkur hisobotni tayyorladim.
Hisobot tarkibi quyidagilarni o;z ichiga oladi:
kirish;
har bir bo’limda ko’rib chiqilishi lozim bo’lgan mavzular va savollar to’liq ochib berilgan amaliyot natijalari;
amaliy ma’lumotlar;
kundalik (amaliyot joyiga kelganligi va amaliyot bo’yicha yakuniy xulosani mas’ul xodim imzosi va muhr bilan tasdiqlatishi):
tavsifnomalarni o’z ichiga olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |