5.5.
Byudjet jaronida hujjatlarning aylanishi.
Xo‘jalik jarayoni sodir etilganini isbotlovchi yoki jarayon sodir etilishiga asos
bo‘luvchi hujjatlar bir necha mas’ul shaxslarda, bo‘limlarda, korxonalarda harakatda
bo‘ladi va o‘z mo‘ljali bo‘yicha xizmat qilib bo‘lganidan so‘ng, belgilangan tartibda
arxivga topshiriladi, ya’ni hujjat aylanishi sodir bo‘ladi. Demak, hujjat aylanishi-
birlamchi hujjatlarni tuzilib, ularni qayta ishlab va umumlashtirib, guruhlashdan
so‘ng, arxivga topshirilguncha harakatidir.
Buxgalteriyaga kelib tushgan hujjatlar majburiy tekshiruvdan o‘tishi kerak. Hujjatni
tekshirishda quyidagilarni e’tiborga olish kerak bo‘ladi:
Shakl nuqtai nazaridan (hujjat to‘g‘ri to‘ldirilganligi, hamma rekvizitlar mavjudligi,
to‘liqligi).
Mazmun nuqtai nazaridan (hujjatlashtirilayotgan jarayon qonuniyligi, iqtisodiy
mazmunga ega ekanligi alohida ko‘rsatkichlar mantiqiy bog‘liqligi, arifmetik
xatolar yo‘qligi).
Iqtisodiy mantiqsiz, qonunga xilof hujjat jarayonlari aks ettirilgan hujjatlar
rasmiylashtirishga va jarayonni bajarilishiga qabul qilinmaydi. Bunday hujjatlar
tegishli qaror qabul qilish uchun korxona boshqarma buxgalteriyalariga topshirilishi
shart.
Qayta ishlangan hujjatlarga albatta tegishli belgi qo‘yilishi lozim. Bu bilan hujjatni
yana qayta ishlash oldi olinadi. Agar hujjat qo‘lda qayta ishlansa, hisob registriga
yozilgan muddati, agar qayta ishlash hisoblash qurilmasi orqali amalga oshirilsa,
ularni qayta ishlashga javobgar nazoratchi shtamp orqali belgi qo‘yadi.
Kassa jarayonlariga asos bo‘luvchi kassa kirim va chiqim orderlariga, to‘lov
vedomotslariga jarayon amalga oshirilgan zahoti qo‘lda e shtampda «olindi» yoki
«to‘landi» degan so‘zlar muddatni (kun, oy, yil) ko‘rsatilib aks ettirilish shart.
89
Buxgalteriya hisobida hujjatlar xarakati, ya’ni tashkil etish yoki boshqa korxonalar,
tashkilotlar, muassasalardan hisobga, qayta ishlashga, arxivga uzatish uchun olinishi
ro‘yxat bilan tartibga solinadi.
Hujjat aylanishi ro‘yxatini tuzish ishlarini bosh buxgalter tashkil etadi va hujjat
aylanishi ro‘yxati korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ro‘yxatni tuzishdan maqsad, hisob ishlarini osonlashtirish, hujjat aylanishini
oqilona tashkil etishdan iborat. hujjat aylanishi ro‘yxati sxema ko‘rinishida
rasmiylashtirilishi mumkin. Yoki jadval ko‘rinishida bo‘lib, quyidagi rekvizitlarga
ega bo‘ladi: hujjat nomi, hujjatni tuzish (nusxa soni, rasmiylashtiruvchi ma’sul,
bajarilishga ma’sul, bajarilish muddati) hujjatni tekshirish (tekshirishga ma’sul, kim
keltirishi, keltirish tartibi, keltirish muddati), hujjatni qayta ishlash (kim bajarishi,
qayta ishlash muddati) arxivga berish (kim beradi, berish muddati), hamda ro‘yxatni
tasdiqlash buyrig‘i tartib raqami va muddati, korxona muhri, korxona bosh
buxgalteri va rahbari imzosi .
Korxona xodimlari hujjat aylanishi ro‘yxatiga asosan, ular faoliyatiga taalluqli
hujjatlarni tuzadi va takdim etadi. hujjatni o‘z vaqtida to‘g‘ri to‘ldirilishi,
belgilangan, muddatda takdim etilishi, ulardagi ma’lumotlar ishonchliligiga
javobgarlik shu hujjatni tuzgan va imzo chekkan shaxsga yuklatiladi.
Korxona bo‘yicha hujjat aylanishi ro‘yxati bo‘yicha ishlar o‘z vaqtida bajarilishini
bosh buxgalter nazorat etib boradi.
Dastlabki hujjatlar, hisob vedomostlari, buxgalteriya hisobotlari va balanslari
arxivga topshirilishi majburiydir.
Hujjatlar arxivga topshirilgunga kadar buxgalteriyada maxsus binoda yoki korxona
rahbari tayinlagan moddiy javobgar shaxs mas’ulligida bekitiladigan shkaflarda
saqlanadi.
Qat’iy hisobdagi blankalar esa , ular saqlanishini ta’minlaydigan seyflarda, metall
shkaflarda, maxsus binolarda saklanadi. Aniq bir, hisob vedomostiga taalluqli, joriy
oyda qayta ishlangan dastlabki hujjatlar xronologik tartibda yig‘ilib arxivga
ma’lumotnoma bilan uzatiladi.
90
Kassa orderlari, hisobdorlik hisobotlari, bank ko‘chirmalari ular ilovalari bilan birga
xronologik tartibda yig‘iladi va taxtlanadi. Ba’zi bir hujjatlar taxtlanmasligi
mumkin, ammo ular yo‘qotilishi yoki suyiste’mollikni oldini olish maqsadida tikib
qo‘yiladi.
Korxona arxivida dastlabki hujjatlar, hisob registrlarini, hisobotlarni saqlash tartibi
O‘zbekiston Respublikasi arxivi bosh boshqarmasini materiallarini saqlash
ko‘rsatmasiga ko‘ra, o‘rnatiladi.
Hujjatlarni buxgalteriyadan va arxivdan boshqa tarmoq xoimlariga berilishi korxona
bosh buxgaletriya ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Korxonadan hujjatlarni faqat aniqlash dastlabki tergov, prokuratura va sud
tashkilotlari tomonidan amaldagi qonunchilikga javob bergan hollardagi qarorlariga
asosan olinishi mumkin. Hujjat olinishi bayonnoma bilan rasmiylashtirilib, uni bir
nusxasi korxona tegishli ma’sul xodimiga imzo bilan beriladi. Hujjat olgan tashkilot
ruxsati va vakili ishtirokida, tegishli ma’sul xodim olingan hujjatdan nusxa olishi
mumkin va unda asosni ko‘rsatilishi va olingan muddati ko‘rsatilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |