Byudjet hisobi va nazorati



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/70
Sana23.06.2022
Hajmi1,2 Mb.
#696049
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
Bog'liq
Byudjet hisobi va nazorati OUM




BYUDJET HISOBI VA 
NAZORATI
” 
fanidan 
MA`RUZA MATNI 
 



I-MODUL. BYUDJET HISOBI VA NAZORATINING NAZARIY ASOSLARI
 
1-BOB. “BYUDJET HISOBI VA NAZORATI” FANIGA KIRISH. FANNING 
MAZMUNI, PREDMETI VA USULLARI 
REJA: 
1. Byudjet hisobi va nazoratini tashkil qilishning maqsadi va vazifalari. 
2. Byudjet hisobi va nazorati” fanining predmeti va usullari. 
3. O‘zbekiston Respublikasida byudjet hisobi va nazoratini tashkil etish 
va yuritish. 
4. Davlat byudjeti ijrosini amalga oshirishda byudjet nazoratining o‘rni va 
ahamiyati. 
5. Byudjet nazoratining shakllari, turlari va usullari hamda nazorat 
organlarining vakolatlari. 
1.1.
 
Byudjet hisobi
va nazoratini tashkil qilishning maqsadi va vazifalari 
Byudjet hisobi
va nazorati
-byudjet tizimi byudjetlarini ijro etishda hisobga 
olinadigan, pulda ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning, shuningdek mazkur 
aktivlar va majburiyatlarni o‘zgartiruvchi operatsiyalarning holati to‘g‘risidagi 
axborotni to‘plash, ro‘yxatdan o‘tkazish va umumlashtirishning tartibga solingan 
tizimidir. 
Byudjet hisobi va nazoratini yuritishdan
maqsad
foydalanuvchilarga byudjet ijrosi 
jarayoni bo‘yicha to‘liq hamda aniq buxgalteriya va moliyaviy axborotlarni 
shakllantirib berishdan iborat. 
“Byudjet hisobi va nazorati” fanini o’qitishning maqsadi - talabalarga byudjet 
tizimi byudjetlarida hisobni tashkil etish haqida nazariy bilimlar berish, ularda 
mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning bugungi bosqichida 
O’zbekiston Respublikasida byudjet sohasidagi siyosatining asosiy yo’nalishlari 
va ularni hayotga tadbiq etish yo’llari hamda byudjet mablag’laridan samarali 
foydalanish bo’yicha nazoratni tashkil etish borasida asosiy ko’nikmalarni hosil 
qilishdan iborat.



Byudjet ijrosi jarayonida nazoratning maqsadi – Byudjet ijrosini amalga oshirish va 
natijalarini shakllantirishni xaqqoniyligini aniqlash va tahliliy axborotlarni 
shakllantirishdan iborat bo‘lib quyidagi vazfilarni o‘z ichiga oladi: 
1.
Byudjet daromadlari va xarajatlarining rejalashtirilishi hamda uning 
ma’lumotlari xaqqoniyligini aniqlash;
2.
Byudjet 
ijrosi 
jarayonida 
muomalalarni 
to‘liq 
va 
to‘g‘ri 
xujjatlashtirilishini aniqlash; 
3.
Davlat maqsadli jamg‘armalari Byudjeti daromadlari va xarajtlarini 
rejalashtirish hamda uni ma’lumotlarini xaqqoniyligini aniqlash 
4.
Byudjet ijrosi jarayonida buxgalteriya hisob hisobvaraqlarini yuritilish 
holati va haraktini to‘g‘riligini aniqlash; 
5.
Byudjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga 
oshirilishi va natijalarni shakllantirilishi to‘g‘riligini tekshirish; 
6.
Mulkiy qiymatliklar va majburiyatlarning holati hamda moliyaviy 
natijalar to‘g‘risidagi to‘liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirilishini tekshirish; 
7.
Byudjet ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini to‘g‘ri 
umumlashtirilishi va hisobtlarni xaqqoniyligini tekshirish; 
8.
Tekshiruv natijalarini umumlashtirish. 
Oksford lug‘atida keltirilishicha, Byudjet – ma’lum davr uchun daromad va 
xarajatni hisoblash degan ma’noni anglatadi: Moliya Vaziri tomonidan yillik 
daromad va xarajatlarni muntazam baholash ya'ni oldinga qo‘yilgan maqsadga 
Byudjet so’zi 15-asrlarda paydo bo’lgan bo’lib, O’rta asrlardagi Fransuz 
tilidan “bougette”, qadimgi fransuz tilidagi “bouje”, ya’ni “charm sumka, 
hamyon, kichik charm sumka”, lotin tilidagi “bulga” so’zidan olingan bo’lib, 
“charm sumka” degan ma’nolarni anglatadi. Zamonaviy moliyaviy ma’nosi 
(1973) g’aznachilik vaziri fiskal rejalarini o’zining hamyonida saqlashi degan 
tushunchani beradi. Boshqa ma'nosi 18-asrda “yangiliklar shodasi” bo’lib 
ko’chdi, shu sababdan bu so’zni ishlatish ayrim gazetalar uchun sarlavha 
sifatida ishlatilgan. 



muvofiq kerakli pul mablag‘ini anglatadi. Merrayam-Vebster lug‘atiga ko‘ra, 
Byudjet qanday qilib sarflanishi rejalashtirilganligiga bog‘liq holda sarflanishga 
qodir bo‘lgan pul mablag‘i miqdoridir ya'ni, pul miqdorini qancha sarflanishi 
mumkinligini va kelajakda qancha sarflanishidir. Bu hukumat tomonidan 
belgilangan davr ichida qancha sarflanishi rejalashtirilganligi va xarajatlar uchun 
qancha to‘lanishi haqidagi rasmiy ma’lumot. Rene Stourmning fikriga ko‘ra: 
“Byudjet – davlatning yillik tushumi va xarajatlarini prognoz qiladi va 
tasdiqlaydi”
1

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va xududiy moliya organlari yuqoridagi 
vaziflarni amalga oshirish chog‘ida davlat Byudjetining ijrosini nazorat qiladi va 
quyidagilarga e’tibor qaratadi: 
1.
Byudjetlar ijrosi yakunlarini ko‘rib chiqadi; 
2.
Byudjetlarga mablag‘lar tushumi to‘g‘risida soliq va bojxona 
organlaridan, davlat maqsadli jamg‘armalari organlaridan axborotlar oladi; 
3.
Byudjet tashkilotlaridan Byudjet va Byudjetdan tashqari mablag‘larning 
tushumi va sarflanishi to‘g‘risida ma’lumotlar talab qilib oladi; 
4.
Qonun xujjatlariga muvofiq banklardan Byudjet mablag‘lari harakati 
to‘g‘risida ma’lumotlar oladi; 
5.
Byudjet mablag‘larini oluvchilarning moliyaviy xo‘jalik faoliyatini 
auditdan o‘tkazadi. 
Keltirilgan vazifalarni bajarilishi umumiy maqsad, ya’ni Byudjet ijrosi jarayoni 
ustidan nazoratni ta’minlab beradi. Tekshirish tasdiqlangan dasturga muvofiq 
amalga oshiriladi. Tekshirishlarni o‘tkazishda quyidagilarga e’tibor qaratish zarur:
-
smeta-moliya hujjatlarini, bunda Byudjet mablag‘laridan qonunchilikka va 
Byudjet mablag‘larining tejamli yo‘naltirilishiga qat’iy rioya etilishiga erishgan 
holda, chuqur tahlil qilishni va har tomonlama o‘rganishni amalga oshirish; 
-
O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, 
idoralari, hokimiyatlarning tegishli boshqarmalari va bo‘limlarida xarajatlar 
1
Makarand A.Paithankar. Public Budgeting theory and practice, CreateSpace USA, 2016. 
p.2



smetasini ko‘rib chiqish, tasdiqlash va o‘z vaqtida tashkilotlarga etkazish bo‘yicha 
ishlarni to‘g‘ri tashkillashtirishga erishish; 
-
daromadlarning to‘liq hisobi, pul mablag‘larining o‘tuvchi qoldiqlari, bu 
mablag‘lardan tejamli va samarali foydalanishni inobatga olgan holda, Byudjetdan 
tashqari mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasining tuzilishining 
qonuniyligi va rejalashtirishning asoslanganligini e’tiborga olish; 
-
smetani rejalashtirishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishda tezkor 
holda chora-tadbirlarni qo‘llash, smeta xarajatlari bo‘yicha aniqlangan ortiqcha 
ajratilgan mablag‘lar summasini bu haqda tashkilot rahbariga xabar bergan holda 
o‘z vaqtida Byudjetdan moliyalashtirish miqdorini qisqartirish. 
O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari va idoralari, 
hokimiyatning boshqarmalari va bo‘limlarida smetani rejalashtirish holatini 
tekshirish natijalari bo‘yicha zarur hollarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, tegishli 
hokimiyatlarga axborot berilishi, qoida buzilishlarni yo‘qotish bo‘yicha takliflar 
berilishi va aniqlangan ortiqcha ajratilgan mablag‘lar summasini xarajatlar smetasi 
bo‘yicha tayinlash kamaytirilishi mumkin. 
Tashkilotlarning smeta xarajatlarining to‘g‘ri tuzilishi, tasdiqlanishi va o‘z vaqtida 
etkazilishi bo‘yicha tekshirish natijalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
va hududiy moliya organlarida muntazam umumlashtiradi va ko‘rib chiqiladi hamda 
ushbu ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinadi. 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish