Byudjet hisobi va g’aznachilik ishi” kafedrasi “byudjet hisoboti” fanidan O’quv–uslubiy majmua t oshkent-2020


Moliya organlarida Davlat byudjeti ijrosi bo’yicha hisobotlarni tuzishning maqsadi, hamda xususiyatlari



Download 7,27 Mb.
bet54/113
Sana08.08.2021
Hajmi7,27 Mb.
#142179
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   113
Bog'liq
УМК Бюджет хисоботи -2020

10.1. Moliya organlarida Davlat byudjeti ijrosi bo’yicha hisobotlarni tuzishning maqsadi, hamda xususiyatlari

Moliya organlari (O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari Qaroqalpog’iston Respublikasi moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari, shahar va tuman moliya bo’limlari) O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetini ijro etish qoidalarini tartibga soluvchi amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga asosan byudjet hisobotlarini shakllantiradi. Moliya organlarida, G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalarida byudjet hisobotlarni tuzishdan maqsad byudjet ijrosi jarayonini borishi va byudjet jarayonini tashkil etish bilan bog’liq qarorlar qabul qilishga asos bo’luvchi axborotlarni shakllantirishdan iborat.



Moliya organlari belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida Davlat byudjeti ijrosi to’g’risidagi hisobotlar tuziladi. Bunda O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi buyrug’i bilan tasdiqlangan shakllarda va muddatlarda Davlat byudjeti ijrosi to’g’risidagi hisobotlar tuzadi va taqdim etadi.

Belgilangan tartibda moliya organlari byudjet ijrosi bo’yicha oylik, choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini tuzadi.

Qorqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlar ijrosi bo’yicha oylik hisobot shaklida byudjetning daromadlari va xarajatlari ijrosi to’g’risidagi asosiy ko’rsatkichlar beriladi. Oylik hisobotda daromadlar byudjet tasnifi bo’yicha aks ettirilib, aniqlangan reja, bajarilishi, bajarilishi foizda va farqi aks ettiriladi. Hisobotda byudjet xarajatlari ham byudjet tasnifi bo’yicha aks ettirilib, unda aniqlangan reja, kassa xarajatlari, qabul qilingan yuridik majburiyatlar, moliyaviy majburiyatlar hamda bajarilishi foizda ko’rsatiladi va farqi aks ettiriladi. Ushbu hisobotda byudjet Davlat maqsadli jamg’armalari, boshqa byudjetdan tashqari jamg’armalar mablag’larning hududiy g’azna schyotlaridagi, g’azna tranzit schyotlaridagi qoldiqlari aks ettiriladi.

Byudjet ijrosi to’g’risidagi yig’ma oylik hisobotlar tegishli moliya organlari tomonidan o’zlari ijro etayotgan byudjet ijrosi to’g’risidagi hisobot ma’lumotlariga quyi byudjetlarning ijrosi to’g’risidagi hisobot ma’lumotlarini ham qo’shish yo’li bilan tuziladi.

Moliya organlari choraklik hisobotni tegishli shakllarda o’sib boruvchi yakun bo’yicha tuzadi.

Moliya organlarida byudjet ijrosi to’g’risidagi choraklik hisoboti tarkibiga quyidagilar kiradi:

1. Byudjet ijrosi to’g’risidagi balans;

2. Daromadlar;

3. Xarajatlar;

4. O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarning byudjet tasnifi bo’yicha kassa va xaqiqiy xarajatlarning taqsimlanishi;

5. Byudjet tashkilotlarining tarmoqlari bo’yicha shtatlar va kontingentlari rejasining bajarilishi to’g’risida hisobot;

6. Maqsadli mablag’lar hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar to’g’risida ma’lumot.

Moliya organlari choraklik hisobotlar tarkibida yuqoridagilardan tashqari tasarrufidagi byudjet tashkilotlari bo’yicha quyidagi yig’ma hisobotlarni ham taqdim etadi:


  1. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik xaqida ma’lumotnoma;

  2. Byudjet tashkilotlari tomonidan tejalgan va rivojlantirish jamg’armasiga o’tkazilgan byudjet mablag’lari to’g’risida ma’lumot;

  3. Byudjetdan tashqari rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari xarakati to’g’risida hisobot;

  4. Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari xarakati to’g’risida hisobot;

  5. Ta’lim muassasalarini o’qitishni to’lov-kontrakt shakli mablag’lari xarakati to’g’risida hisobot;

  6. Boshqa byudjetdan tashqari mablag’lar harakati to’g’risida hisobot.

Moliya organlarida byudjet hisobotlarini tuzishning xususiyatlari quyidagicha:

1. Respublika byudjeti ijrosi bo’yicha hisobot alohida, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shaxar va viloyatlar maxaliy byudjetlar ijrosi bo’yicha hisobot alohida shakllantiriladi

2. Hisob yuritishning kassa usuli bo’yicha byudjet hisobotlari tuziladi;

3. Tassarufidagi byudjet tashkilotlari bo’yicha yig’ma hisobotlar shakllantiriladi va boshqalar.

Moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’limlarida xisobot tuzilayotganda buxgalteriya xisobini yuritishning kuyidagi shartlariga amal kilish lozim:

— hisobot davrida amalga oshirilgan byudjet ijrosiga oid muomalalarni tulik aks ettirishi;

— buxgalteriya xisobining schyotlarida amaldagi qonunchilikka asosan daromad va xarajatlarni joriy yilda tug’ri xisobga olinishi;

— byudjet ijrosiga oid buxgalteriya kitoblaridagi xisob ma’lumotlarining sintetik xisob ma’lumotiga mos kelishi;

- Davlat byudjeti ijrosi bo’yicha daromadlar va xarajatlarni kassa usulida aks ettirilishi va boshqalar.


Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish