Byudjet hisobi va g’aznachilik ishi” kafedrasi “byudjet hisoboti” fanidan O’quv–uslubiy majmua t oshkent-2020



Download 7,27 Mb.
bet51/113
Sana08.08.2021
Hajmi7,27 Mb.
#142179
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   113
Bog'liq
УМК Бюджет хисоботи -2020

G’aznachilik bo’linmasi rahbari

_________________

G’aznachilik bo’linmasi buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’limi

(shu’basi) boshlig’i_____________________

M.O’. 20___ yil “___” _____________
G’aznachilik bo’linmalari tomonidan “Kapital qo’yilmalar bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar xarajatlari ijrosi to’g’risida hisobot” tegishli hududiy moliya organlariga hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga (dekabr oyidan tashqari) taqdim etiladi.
Byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetida va mahalliy byudjetlarda turuvchi byudjet tashkilotlarining tushumlari va kassa xarajatlari to’g’risida ma’lumot*

___________________________________________________________


20___ yil ______________ __________________ holatiga

(ming so’m)



Ko’rsat-

kichlarning nomlari



Bo’-

lim



Bob


Parag-

raf



Yil boshiga qoldiq

Tushum-

lar



Kassa xarajati

Hisobot davri oxiriga qoldiq

 

 

 

 

 

 




 

 

 

 

 

 

 




 

Balans

 

 

 

 

 




 

G’aznachilik bo’linmasi rahbari

_________________

G’aznachilik bo’linmasi buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’limi

(shu’basi) boshlig’i ____________________________

M.O’. 20___ yil “___” _____________
Byudjetdan tashqari mablag’lar har bir turi bo’yicha tushumlar haqidagi ma’lumotlar alohida aks ettiriladi:

1) xodimlar tomonidan o’zlarining ish joylari (maktabgacha bolalar muassasalarida, internatlarda va boshqalarda) ovqatlangani uchun hisob-kitoblar bo’yicha xodimlardan tushumlar;

2) maktabgacha va maktabdan tashqari muassasalarda bolalar saqlangani uchun ota-onalar to’lovlari (musiqa va san’at maktablarida bolalar o’qitilgani uchun to’lovlar ham qo’shilgan holda) tushumlar;

3) pensiya, ijtimoiy nafaqa to’lovi uchun byudjetdan tashqari pensiya fondi mablag’lari;

4) tekshirish natijasida aniqlangan ortiqcha pul mablag’lari va tovar-moddiy qiymatlikning kamomadlari bo’yicha tushumlar;

5) byudjet mablag’lari hisobidan xarid qilingan asosiy vositalarni, tovar-moddiy qiymatliklarni sotishdan tushgan mablag’lar;

6) joriy moliya yilida o’tgan yillari byudjet mablag’lari hisobidan paydo bo’lgan debitor qarz summalarining qaytarilishi;

7) hududiy g’azna hisobvarag’iga qabul qilingan boshqa byudjetdan tashqari mablag’lar.

G’aznachilik bo’linmalari tomonidan “Byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetida va mahalliy byudjetlarda turuvchi byudjet tashkilotlarining tushumlari va kassa xarajatlari to’g’risidagi ma’lumot” tegishli hududiy moliya organlariga hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga (dekabr oyidan tashqari) taqdim etiladi.
9.4. G’aznachilik bo’limlarida Respublika byudjeti daromadlari va xarajatlari ijrosi to’g’risida oylik, choraklik va yillik hisobotlarni tuzish hamda taqdim etish tartibi

G’aznachilik bo’linmalari tomonidan tegishli hududiy moliya organlariga taqdim etiladigan byudjet ijrosiga doir choraklik hisobot va ma’lumotlar quyidagilardan iborat:



  1. Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar daromadlari ijrosi to’g’risidagi hisobot;

  2. Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar xarajatlari ijrosi to’g’risidagi hisobot;

  3. Kapital qo’yilmalar bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar xarajatlari ijrosi to’g’risida hisobot;

  4. Byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetida va mahalliy byudjetlarda turuvchi byudjet tashkilotlarining tushumlari va kassa xarajatlari to’g’risidagi ma’lumot.

G’aznachilik bo’linmalari tomonidan yudjet ijrosiga doir barcha choraklik hisobot va ma’lumotlar tegishli hududiy moliya organlariga hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga (dekabr oyidan tashqari) taqdim etiladi.

G’aznachilik bo’linmalari tomonidan tegishli hududiy moliya organlariga taqdim etiladigan byudjet ijrosiga doir yillik hisobot va ma’lumotlar quyidagilardan iborat:



  1. Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar daromadlari ijrosi to’g’risidagi hisobot;

  2. Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar xarajatlari ijrosi to’g’risidagi hisobot;

  3. Kapital qo’yilmalar bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar xarajatlari ijrosi to’g’risida hisobot;

  4. Byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetida va mahalliy byudjetlarda turuvchi byudjet tashkilotlarining tushumlari va kassa xarajatlari to’g’risidagi ma’lumot.

G’aznachilik bo’linmalari tomonidan byudjet daromadlari va xarajatlari ijrosi to’g’risidagi barcha yillik hisobot va ma’lumotlar tegishli hududiy moliya organlariga hisobot yilidan keyingi fevral oyining 1-sanasiga (dekabr oyidan tashqari) taqdim etiladi.

Byudjet mablag’lari oluvchilar xarajatlar smetalarining kassa ijrosi to’g’risidagi oylik, chorak va yillik hisobotlaridagi kassa xarajatlariga taalluqli ma’lumotlar g’aznachilik organlarining ma’lumotlari bilan solishtiradi va bu hisobotlarning kassa xarajatlariga taalluqli ma’lumotlari g’aznachilik organlari ma’lumotlari bilan bir xilligi g’aznachilik organlari tomonidan kafolatlanadi. Byudjet mablag’lari oluvchilar xarajatlar smetalarining kassa va haqiqiy ijrosi to’g’risidagi oylik, chorak va yillik hisobotlarini tegishli moliya organlariga taqdim etadi.

Byudjet mablag’lari oluvchilarning hisobotlari hamda kapital qo’yilmalar va boshqa tadbirlarning to’lovi bo’yicha hisobotlarni «Byudjet mablag’lari oluvchilarning byudjet mablag’lari bo’yicha kassa xarajatlari hisobi» kitobida (3-kbs-shakl) subschyotlarning ochilish xronologik tartibiga muvofiq alohid-alohida papkalarda saqlanadi. Oylik, chorak va yillik hisobotlar turlari bo’yicha alohida saqlanadi.

Hisobotlarning saqlanishi va arxivga berilishini g’aznachilik organi rahbari ta’minlaydi. Hisobotlar, ular arxivga topshirilgunga qadar, maxsus xonalarda yoki yopiladigan shkaflarda g’aznachilik organi rahbari tomonidan tayinlangan mas’ul shaxsning javobgarligida saqlanishi kerak. Joriy hisobot yilining hisobotlari o’tgan yillarga tegishli hisobotlardan alohida saqlanishi kerak. G’aznachilik organining arxivida hisobotlar belgilangan muddat davomida saqlanadi. Hisobotlarning g’aznachilik organi arxivida saqlash muddati tugagandan so’ng belgilangan tartibda tegishli davlat arxiviga topshiriladi. Hisobotlarning arxivga topshirilganligiga dalil bo’ladigan hujjatlar g’aznachilik organida doimiy saqlanadi.

Hududiy g’aznachilik bo’linmalari har kunlik tezkor hisob ma’lumotlarini tegishli moliya organlariga taqdim etadi. Bu ma’lumotlar asosida moliya organlari byudjet tashkilotlari tomonidan byudjet mablag’lariningsarflanish holatini tahlil qiladi. Bu ma’lumotlar byudjet daromadlari ijrosi bo’yicha ma’lumotlarni shakllantirish uchun foydalaniladi.

Har oyda g’aznachilik bo’linmalari tegishli moliya organlari bilan hisobot oyining boshiga tasdiqlangan (aniqlashtirilgan) rejalashtirilgan ajratmalar bo’yicha ma’lumotlarni o’zaro solishtirib chiqadi. Solishtirish natijasi bo’yicha belgilangan shaklda dalolatnoma rasmiylashtiriladi.

Hisob davri tugagandan so’ng g’aznachilik organlari “Bosh-jurnal” kitobi, “Byudjet mablag’lari oluvchilarning byudjet mablag’lari bo’yicha kassa xarajatlari hisobi” kitobi (3-kbs-shakl), “Byudjet mablag’lari oluvchilarga byudjetdan tashqari Pensiya fondi mablag’larining tushumi va sarflanishi hisobi” kitobi (3-kvpf-shakl), “Byudjetdan mablag’ oluvchilarga boshqa byudjetdan tashqari mablag’larining tushumi va sarflanishi hisobi” kitobi (3-kvbs-shakl), “Byudjet ssudalari bo’yicha byudjetlar o’rtasidagi hisob-kitoblar hisobi” kitobi (4-bs-shakl), “Boshqa byudjetlar bilan hisob-kitoblar hisobi” kitobi (4-k-shakl) va “byudjet mablag’lari bo’yicha daromadlar va tushumlar hisobi” kitobi (5-k-shakl) ma’lumotlariga asosan byudjet daromadlari va xarajatlari kassa ijrosi bo’yicha oylik, choraklik va yillik hisobotlarni tuzadi va ularni belgilangan muddatlarda tegishli moliya organlariga taqdim etadi.

G’aznachilik bo’linmalari tomonidan tegishli hududiy moliya organlariga taqdim etiladigan byudjet ijrosiga doir kunlik ma’lumotlar quyidagilardan iborat:



  1. Hududiy va tranzit g’azna hisobvaraqlaridagi mablag’lar qoldiqlari va daromadlar tushumi to’g’risida ma’lumot;

  2. Hududiy va tranzit g’azna hisobvaraqlaridagi mablag’lar hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar to’g’risidagi ma’lumot;

  3. Byudjetlarning hududiy va tranzit g’azna hisobvaraqlaridagi mablag’lar qoldiqlari to’g’risidagi ma’lumot.



Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish