6.3. Boshqa debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobi
Shtatda turmagan tarkibga shartnoma bo‘yicha bajargan ishlari va chiqimlari uchun, televizor va radio-eshittirishlarda bir marta chiqish uchun qilingan buyurtmalarga beriladigan qalam haqi summalari bo‘yicha hisob-kitoblar, shuningdek uyda nogiron bolalarni o‘qitadigan pedagoglarga to‘lanadigan kompensatsiya to‘lovlari va boshqa barcha debitorlar va kreditorlar bilan hisoblashuvlar buxgalteriya hisobida 159 “Boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar” subschyotida yuritiladi. Bu subschyotning kredit tomonida kreditorlik majburiyatlar, debet tomonida kreditorlik majburiyatlarni to‘lanishi yoki debitorlik majburiyatlar aks ettiriladi.
Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarning analitik hisobi 408-son shakldagi (6-son memorial order) jamlanma qaydnomasida, shuningdek 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasida) olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |