37
№ 15- ish.
Mavzu: Maхsus хususiyatga ega bólgan biriktiruvchi tóqimalar.
Nazariy tushuncha.
Maхsus хususiyatga ega bólgan biriktiruvchi
tóqimalar- retikulyar tóqima, yog’ tóqimasi, shilliq tóqima
va pigment
tóqima farqlanadi.
Yog’ tóqimasi. Yog’ hujayralari biriktiruvchi tóqimaning ma’lum
qismlarida tóplanib, uning tóqimasini hosil qiladi. Yog’ hujayralari
biriktiruvchi tóqimaning kambial elementlaridan ,
retikulyar, gistiotsit
hujayralaridan hosil bólishi mumkin. Bu hujayralar sitoplazmasida
yig’ilgan mayda- mayda yog’ tomchilari yiriu tomchilarni hosil qiladi.
Sitoplazma organellalari
va yadro chetga surilib, yog’ hujayrasi
sharsimon formani oladi. Maхsus bóyovchi moddalar (sudan- III va
boshqalar) yog’ni bóyasa, spirt uni eritadi.
Gematoksilin- eozin bilan
bóyalgan preparatlarda yog’ hujayralari oqish bólib kórinadi.
Ikki хil yog’ tóqimasi farqlanadi: 1. oq va 2. qóng’ir. Oq yog’
tóqimasi hujayralari yog’ tóqimasining asosini tashkil etadi. Qóng’ir
yog’ tóqimasi odatda ilk yoshlik davrida (kuraklar atrofida va tananing
yon tarafida) uchraydi. Kemiruvchilarda va qishda uyquga ketuvchi
sutemizuvchilarda u kóproq. Qóng’ir yog’ tóqimasi hujayralari
sitoplazmasida mayda yog’ tomchilari bóladi. Mayda yog’
tomchilari
orasida donador sitoplazmatik tór, plastinkasimon Golji tóplami, kóp
miqdorda mitoхondriya va glikogen kiritmalari joylashgan. Yog’
hujayralaridagi sitoхromlar yog’ tóqimasiga qóng’ir tus byeradi. Yog’
hujayralaridagi yog’ tóplamlari enyergyetik manba hisoblanadi. 100 g
yog’ yonganda enyergiyadan tashqari 107,1 gr suv ajraladi. Shunday
qilib, suv yetishmaganda yog’ suv manbai bólib ham хizmat qiladi.
Myetabolik jarayonda qóng’ir yog’ tóqimasi alohida órin tutadi.
Uning myetabolik aktivligi oq yog’ tóqimasiga nisbatan 20 marta
yuqori. Organizm soviganda qóng’ir yog’ tóqimasi mitoхondriyalarida
fosforlanishning oksidlanishdan ajralishi natijasida
issiqlik energiyasi
ajralib, u organizmni isitadi. Yog’ tóqimasi meхanik funksiyani ham
bajarib, organizхmni turli ta’sirlardan saqlaydi (masalan, teri osti yog’
klnchatkasi).
Retikulyar tóqima- retikulyar hujayra va retikulin tolalardan tashkil
topgan. Retikulyar hujayralar ósiqlari bilan birlashib, tórsimon
(retikulin) tuzilmani hosil qiladi. Bu tóqimalar
organizmning turli
38
qismlarida uchraydi. Bu tóqima suyak kómigi, limfa tuguni va taloqning
stromasini tashkil qiladi.
Retikulyar tóqimani ichak shilliq qavatida, buyrakda va boshqa
organlarda ham uchratish mumkin. Uning asosiy
vazifalaridan biri qon
shaklli elementlari ishlab chiqishida ishtirok etishdir. Bu tóqima hosil
qilgan qovuzloqlarda rivojlanayotgan qon shaklli elementlarining turli
hujayralarini uchratish mumkin. Retikulyar tóqimaning ba’zi hujayralari
tórdan ajrab, erkin retikulyar hujayralarni hosil qiladi.
Retikulyar
hujayralar fagotsitoz qilish qobiliyatiga ega. Taloq va limfa tugunining
retikulyar tóqimasidan qon va limfa doimo ótib turadi. Shuning uchun
bu azolarning retikulyar hujayralari yot oqsil bilan tóqnashadi, uni
yutadi va shu oqsilga (antigyenga) nisbatan óta sezgir bólgan
makrofaglarga aylanadi.
Pigment tóqimasi. Bu tóqima kóp miqdorda
pigment hujayralarini
(myelanositlarni) saqlaydi. Bu tóqima- sórg’ich sohasida terining ayrim
joylarida qózning qon tomir va rangdor pardalarida uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: