Buyum bilan ishlash mashqlari
Buyumlar bilan ishlash badiiy gimnastikaning asosiy klassifi-katsion dasturi hisoblanadi. Dasturda 4 ta buyum bilan va bitta buyumsiz bajariladigan mashqlar bor. Hozirgi vaqtda quyidagi buyumlar ishlatiladi: halqa, cho'qmor, arqon, to'p va tasma. Buyumlarni tuzilishi turli xil bo'lgani uchun ular bilan ishlash texnikasi xam turli xil.
Buyumlar bilan bajariladigan mashqlarning asosiy texnikasi.
Bir turdagi buyumlar bilan bajariladigan mashqlarning mavjudligi va ularning turi ikki usul bilan aniqlanadi. Birinchisi buyumning harakatidagi kinematik tuzilishi mustaqil jihoz sifatida olinib mashq bajariladi. Ikkinchisi erkin gimnastik harakatlar (jihozsiz harakatlar). Shu ikki turning qo'shilishi badiiy gimnas-tikada qo'llaniluvchi buyumlar bilan ishlash mashqlariga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |