21-may “Kutubxonachilar kuni”ga bag’ishlab o’tkaziladigan tanlov uchun Insho
“Avtomatika va elektrotexnika”fakulteti TJICHAB yo’nalishi 3-kurs 264-guruh talabasi
Axrorova Gulruhbegim
INSHO
“BUYUKLAR MUHABBATI”
Reja:
I.Kirish. Muhabbat bu oliy ne’mat
II.Asosiy qism:
1.Quyosh tafti bilan oshufta zamin muhabbati.
2. Makedoniyalik Iskandar Zulqaynar qalbini zabt etgan Samarqand go‘zali
3. “Nozli dildordan ayrildim...” Maxtumquli betakror muhabbat soxibi
III.Xulosa. Ey ishq nelarga qodirsan. Ey ishq tark etma bizni.
Бўлмаса ишқ,икки жаҳон бўлмасун,
Икки жаҳон демаки,жон бўлмасун.
Ишқ ул танки,анинг жони йўқ,
Ҳуснни нетсун кишиким,они йўқ.
(Alisher Navoiy)
Ulug’ bobomiz xazrat Alisher Navoiyning ushbu satrlari bu olamning ijodkorlari ko’nglimiz san’atkori bo’lgan ishq xaqidadir. “Buyuklar muhabbati”- bu roman Miraziz A’zam qalamiga mansub. Mazkur kitobda afsonaga aylangan, ammo aslida chindan xam aniq bir tarixiy davrda yuz bergan muhabbat tarixlari – Yusuf va Zulayxo, Layli va Majnun, Xusrav ila Farxod va Shirinlarning xayotidagi voqealar,shuningdek, arab mutafakkir shoirlari Abu Nuvos va Jinon, Xotam va Moviya, Shayx San’on va Tumor(Tamara), Eron shoiri Shaxriyor va Surayyo, Qrim xoni Garoyxon va Mariya, o’z tariximizdan Amir Temur va Bibixonim, Xalil Sulton va Shodiya, Odil Yoqub va Maryam, turklardan Nozim Xikmat va Vera Tulyakova, O’rxon Pamuk va Qoragul, Rossiyadan Jukovskiy va Mariya Protasova, Griboyedov va Tamara, Pushkin va Goncharova, Yesenin va Aysedova Dunkan, Mayakovskiy va Lilya Brik, g’arbiy Ovrupodan Shekspir va Enn Xeteuey, Bayron va Meri Chavort, Viktor Gyugo va Adel Fushe, Jorj Sand va Shopen, Amerikadan Gabriela Mistral va Romeo Ureta, Edgar Po va Virginiya va boshqa buyuk siymolarning sevish va sevilish tarixlari qalamga olingan. Bu tarixlar ajoyib insonlar yashagan davrlarni aks ettiradi, ayni chog’da nozik, xissiyotga boy, oliyjanob va birda baxtli, birda dramatik, xatto fojeiy xollari bilan bizga saboq bo’ladi. Insonni, xayot xaqiqatini xar taraflama anglashda va yashashda yo’l ko’rsatuvchi yorug’lik bo’lib xizmat qiladi. Bu buyuk siymolarning ishqi, muhabbati uchun sadoqatli, vafodor va oxirgi kuchi boricha kurashishdagi mardonavor , jasoratli ishlari biz yoshlarga juda katta o’rnak bo’la oladi. Bu kitob bugun bilan erta o’rtasidagi mavjud bo’lgan osuda oralig’ haqida.
Do'stlaringiz bilan baham: |