‘
BUYUK SIYMOLARNI YOD ETIB”
Maqsad; O”quvchilarga buyuk alloma shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur haqida ma’lumot berish uning ijodini o’rganishga qiziqish uyg’otish bolalarda ijodkorlik qobiliyatini shakllantirish.
Tadbirga tayyorgarlik. O”qituvchi o’quvchilarga Boburning merosi bilan yana bir bor tanishib g’azal va ruboiylaridan yod olishni, shu asosida adabiy kecha o’tkazish to’g’risida e’lon qiladi. Tadbir rejasi mantiqiy ketma-ketlikda tuzib chiqiladi. O’quvchilar guruxlarga bo’linib, pedagog ko’magida kechaga tayyorgarlikni boshlaydi. Taqdimotda Bobur g’azallari asosida ijro etilgankuy-ko’shiq, uning hyotiga oid kinofilm lavhalaridan foydalanish tadbir ta’sirchanligini oshiradi.
Tadbirning borishi. O’qtuvchi o’z kirish so’zida buyuk bobolarimiz Boburning o’rta asr SHarq madanyati, adabiyoti va sheriyatida o’ziga xos o’rin egallagani, yirik davlat arbobi va sarkarda sifatida tanilgan, g’azal va ruboilari turkiy she’riyatning eng nodir durdonalari bo’lib, << Mubayyin >> ( << Bayon etilgan ) >>, << Xatto Boburiy >>, << Xarb ishi >>, << Risolai aruz >> risolalari islom qonunshunosligi, she’riyat va til nazaryasi sohalariga munosib xissa bo’lib qo’shilgani xususida aloxida ta’kidlaydi. Mamlakatimizda xar yili 14- fevral—Zaxiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun keng nishonlanishi, bugungi tadbir xam shu munosabati bilan tashkil etilayotganiga e’tiborni tortadi ( kuy yangilaydi )
Birinchi guruxning chiqishi: << Bobur xayoti >>
1-o’quvchi: Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14- fevralda Andijonda Umarshayx Mirzo oilasida dunyoga keldi. Bu davrda Markaziy Osiyo va Xurosond turli hokimlar, aka-ukalar, tog’a-jiyanlar, amakivachchalar o’rtasida xokimyat- ulug’ bobolari Amir Temur tuzgan yirik davlatga egalik qilish uchun kurash nihoyatda keskinlashgan edi.
Otasi qazo qilganda Bobur xali bola edi. << Boburnoma >> kitobining ilk satirlari shundan guvoxlik beradi.
2-o’quvchi: <<... Sarvari koinotning sharofati bilan va chaxoryori bosafolarning ximmati bilan seshanba kuni ramazon oyining boshida tarix sakkiz yuz to’qson to’qqizda Farg’ona viloyatida O’n ikki yoshda podshox bo’ldim>>
3-o’quvchi: Bobur yashagan ziddiyatli zamonda davlatni boshqarish uchun jasur sarkarda bo’lishi lozin edi. Tabiat Boburga anashunday hislatni i’nom etgan edi.
Donyurak va jajurligi uchun u yoshligidan << Bobur >> ( << She’r >> ) laqabini oladi. Bu nom unga bejiz berilmagan. U ajoyib suvoriy, suzuvchi, qilichboz, kamo’nboz edi. Uning vujudida sarkardalarga xos dovyuraklik, g’ayrat, epchillik mujassam edi. Epchillikda unga trng keladigan kamdan-kam topilgan.
4-o’quvchi: Manbalarda qayd etilishicha, u jismoniy jihatdan xam baquvvat bo’lgan, ikki qo’ltigiga ikki odamni olab qal’a devori ustida mashiq qilgan. Bundan tashqari, Bobur o’limga tik qarash, o’ziga va o’z taqdiriga ishonish kabi fazilatlarga ega edi. Bu fazilatlari unga kishilarni o’z orqasidan ergashtirish imkonyatini bergan. Bobur kimlar bilan janglarda to’qnash kelgan bo’lsa, ularning tajribalarini o’rgangan. Shaybonilar urushning <> usulini, mo’g’ullardan pistirma qo’yish, afg’onlardan po’rxli miltiq ishlatishni o’rgangan,
5-o’quvchi:yoshlik chog’laridayoq ko’p talofatlarni boshdan kechirishga majbur bo’gan. Bobomeros mulki- Samarqandni ikki marotaba zabt etib, xar ikkicida ham qo’ldan boy beradi. 21 yoshiga to’lganda ota turtini tark etib, Qobulni ishg’ol qiladi. 1511-yilda Samarqandni qaytarib olishga yana bir bor urinib ko’radi. Bu gal g’alaba nashidasini surgan bo’lsa-da, tez orada yana qo’ldan chiqaradi. Samarqandni 3karra zabt etib, yana boy beradi.
Bobur keng dunyo qarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda boburilar sulolasiga asos solgan. Bu mamlakat tarixda muxim o’rin tutadi. Serjilo o’zbek tilida yozilgan << BOBURNOMA >> asari bilan jaxonning mashxur tarixshunos olimlariqatoridan joy oldi.
Ikkinchi guruhning chiqishi: << Boburnoma >> ning yozilishi tarixi va mazmuni>>
1-o’quvchi: << Zaxiriddin Muhammad Boburning boshidan kechirganlari va jonli til bilan o’zining yo’l qo’ygan xatolariyu qozongan g’alabalari. Yuksak orzu - umidlari, 1493-1529 yillar oralig’ida bo’lib o’tgan tarixiy voqealar haqda xikya qilishadi. Asardan Movarounnaxr, Afg’oniston, Hindiston va Eron halqlari tarixi, memuar asarlar sirasiga kiradi.
2-o’quvchi: Bobur 47 yilu 10 oy umr ko’rgan bo’lsada, bu asar uning atiga o’n sakkiz yillik umrini qamrab olgan. Dastavval kitob Bobirning o’z tili va turkiy tilda yozilgan. Saqlanib qolgan nusxada tafcilot muallifning 12 yasharlik chog’ida boshlanadi.
(Asarning dolzarb axamyatga ega joylaridan parchalar bayon etiladi)
Uchinchi guruh chiqishi:<< Ilim fan xomiylaridan biri >>
1-o’quvchi: Boburning adabiy merosi << Qobul devoni >> (1519 yil ), 1528-1529 yillarda << Hind devoni >> ga jamlangan. She’rlarining umumiy soni 400 dan ortdi, ular 119 g’azal, 231 ruboiy, tuyuk, qit’a, fard, masnaviy kabi janrlardan iboorat. She’rlarini mazmuni oshiqona,ta’limi, tasavvufi, xasbi xol kabi turlarga ajratish mumkin. Bobur she’riyati qalb ishori sifatida ardoqlidir. Uning asarlari samimiy, ravon, usluban tugal va mukammaldir. Bobur ruboiy janirini turk adabiyotida dunyoga olib chiqqan shoirdir.
Boburning << Mubain ul-zakot >> (1521) asari soliq ishlari, << Risolai aruz >> (1523-1525) aruz bazni xaqida ma’lumot beradi.
2-o’quvchi:<> risolasi.
Bil adosida bo’ldi niyat farz,
Niyat avqonini qilaysenga arz.
Biri molni oyirur chog’dur,
Masrifig’a yana berar cho’g’dur.
Masrifiga berur mahalda bu mol,
Qilmasang niyat anda budur xol.
3-o’quvchi:
Qimag’on bo’lsa xarj olg’anlar,
Bor ravo, niyat o’lg’on, etsang agar.
Yana ikkinchi farz bo’lur bil,
Masrifig’a bu mol etko’rg’il.
4-o’quvchi: Zakot masofiriningbayoni.
Masrifni tangri deb durur sakkiz,
borini aytayin eshitgaysiz.
Bir faqiru ikkinchi miskin bil,
yana uchinchi bor durur omil.
Yana bordir muallifan kulub,
Bor beshinchi muhotab eshit xub.
5-o’quvchi:
Bil,bor oltinchi qarzlik muhtoj,
Yana g’oziylar o’ldiyuxujoj.
8-g’ariblardur bil,
Barining sharxin aytay, eshitgil.
Bil g’arib uldurki g’urbatda
Kun kechirgay azobu shiddatda
Mustahihi zakot bilgil ani.
To’rtinchi guruhning chiq’ishi:<>. RUBOIYLAR.
1-o’quvchi:
Yod etmish kishini g’urbatda kishi
Shod etmas emish ko’ngulni mehnatda kishi
Ko’nglim bu g’ariblikda shod o’lmadi,oh,
G’urbatda sevinmas emish,albattta,kishi
2-o’quvchi
Tole’ yo’qi jonimg’a balolig’ bo’ldi,
Har ishniki ayladim xatolig’ bo’ldi.
O’z erni qo’yub Hind sori yuzlandim,
Yo rab, netayin,ne yuz qarolig’ bo’ldi
3-o’quvchi:
Davlatka etib mexnat elni unutma,
Bu besh kun uchun o’zini asru tutma.
Borg’onni kel emdi, yod qilmay, ey do’st,
Borish-kelishini lutuf etib o’ksutma.
4-o’quvchi:
Sen gulsenu, men xaqir bo’lbo’ldurmen,
Sen shu’lasenu, ul shu’lag’a men quldurman.
Nisbat yo’qdur deb ijtinob aylamakim,
SHoxmen elga, vale senga quldurmen.
5-o’quvchi:
Xar kimki vafo qilsa, vafo topqisidur,
Xar kimki jafo qilsa, jafo topqisidir.
Yaxshi kishi ko’rmagay yononlig’ xargiz,
Xar kimki yomon bo’lsa, jazo topqusidir.
Beshinchi guruxning chiqishi:
1-o’quvchi: Zaxiriddin Muxammad Bobur 1530 yil 26 dekabirda 47 yoshida vafod etdi. Agra shaxrida Jamna daryosi yonidagi <>
dafin etilgan. Vasiyatiga ko’ra, bir necha yildan so’ng xoki Qobuldagi <> ko’chiriladi. Bu bog’ni Boburning o’zi obod qilgan edi.
Keyinchalik bog’ <> deb stsl boshlagan,
2-o’quvchi: Andijonda Bobur xaykali o’rnatildi, ramziy qabir maqbarasi quruldi. Ark ichi memorial kompleksi adib yashagan davr haqida ma’lumot beradi.
<> va shu bog’ qoshida <> nomli muzey tashkil qilindi.
3-o’quvchi: Javohirlar Neru, Maxatma Gandi, A. Singxda, B.Luniya kabi davlat va fan arboblari Bobur va boburiylarning Xindiston taraqqiyotidagi jahon stivilizatsiyasidagi mavqeyini yuksak baholaydi.
4-o’quvchi: Bobur ijodi bilan xorijiy olimlar U.M.Edvars, A.Beverij va ko’plab Sharq, Yevropa, O’zbek olimlari shug’ullanganlar. Bobur nomida xalqaro ilmiy ekspiditsiya mavjud bo’lib, uning azolari Bobur qadamjolari bo’ylab besh marta safar uyushtirgan. Ekispeditsiya materiallari asosida <> memorial muzeyi tashkil qilinib, uning jamg’armasi Bobur nomi bilan bog’liq 500 dan ortiq kitob va manbalar bor.
5-o’quvchi: tarixda shunday insonlar bo’ladiki, ularning qadir-kimmati umuminsoniy qadiryatlari bilan o’lchanadi. Buyuk ajdodimiz Bobur aynan shunday zotlar sirasiga kiradi. Shu bois biz Bobur ijodini xar qancha chuqur o’rgansak , arzidi.
O’quvchining yakuniy so’zida yuqoridagi ma’lumotlar, adib asarlaridan keltirilgan parchalarga mantiqiy yakun yasalib, o’quvchilarga zarur xulosalarni chiqarishda tordam beradigan jumlada ifoda etilishi maqsadga muvofiqdir. Xususan bolalarni Boburdek dovyurak, sabirli. Vatanini sevadigan, mudom ilm izlaydigan komil inson bolib erishishga undash, ularda shunday buyuk alloma, shox va shoir uzbek farzndi ekanida faxirlanish tuyg’ularini uyg’otish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |