Ikkinchidan esa, xitoy xalqi o'zlari yashagan joyning tabiiy sharoitiga moslashgan holda dehqonchilik bilan shug'ullanganligi sababli Xitoyning g'arbiy tomonidagi cho'llardan o'tish uchun ularda ot va tuyalar bo'lmagan. Xunlarda esa, aksincha, chorvachilik muhim ro'l o'ynaganligi sababli ularda harakat vositalari yetarli bo'lgan. Shuning uchun ham Chjan Szyangacha bo'lgan davrda Xitoyga Buyuk ipak yo'li bilan borib savdo-sotiq qilganlar Markaziy Osiyo xalqlarining vakillari bo'lgan. Xitoylar yuechjilar va xunnlar nazoratidagi yerlardan o'tolmagan. - Ikkinchidan esa, xitoy xalqi o'zlari yashagan joyning tabiiy sharoitiga moslashgan holda dehqonchilik bilan shug'ullanganligi sababli Xitoyning g'arbiy tomonidagi cho'llardan o'tish uchun ularda ot va tuyalar bo'lmagan. Xunlarda esa, aksincha, chorvachilik muhim ro'l o'ynaganligi sababli ularda harakat vositalari yetarli bo'lgan. Shuning uchun ham Chjan Szyangacha bo'lgan davrda Xitoyga Buyuk ipak yo'li bilan borib savdo-sotiq qilganlar Markaziy Osiyo xalqlarining vakillari bo'lgan. Xitoylar yuechjilar va xunnlar nazoratidagi yerlardan o'tolmagan.
Haqiqatan ham, xitoylar uchun ushbu yo'lni birinchi bo'lib bosib o'tgan shaxs Chjan Szyan hisoblanadi. Xitoy manbalaridan shunisi ma'lum bo'ladiki, Chjan Szyanning Turkistonga qilgan ikki safari nafaqat xitoyliklar uchun mazkur mintaqaga yo'l ochib bergan, balki Xan imperiyasiga Buyuk ipak yo'lini xunnlardan tortib olishga zamin yaratgan. Shunga asoslanib xitoy tarixchilari Chjan Szyan Markaziy Osiyoga yo'l ochdi, deb ta'riflaydilar. - Haqiqatan ham, xitoylar uchun ushbu yo'lni birinchi bo'lib bosib o'tgan shaxs Chjan Szyan hisoblanadi. Xitoy manbalaridan shunisi ma'lum bo'ladiki, Chjan Szyanning Turkistonga qilgan ikki safari nafaqat xitoyliklar uchun mazkur mintaqaga yo'l ochib bergan, balki Xan imperiyasiga Buyuk ipak yo'lini xunnlardan tortib olishga zamin yaratgan. Shunga asoslanib xitoy tarixchilari Chjan Szyan Markaziy Osiyoga yo'l ochdi, deb ta'riflaydilar.
Ipak yo’li Xitoyning qadimiy poytaxti — Chanandan (Chang’an) boshlanib, shimoliy Tyanshan yoqalab Dunxuaga — Buyuk Xitoy devori atrofidagi shaharga qarab ketgan. Shu yerga kelganda yo’l Takla-Makan cho’lini shimoldan va janubdan aylanib o’tadigan bir necha tarmoqlarga bo’linib ketgan. Shimoliy yo’l Turfan orqali IIi daryosi vodiysiga chiqqan. O’rtadagi yo’l So’g’diyonaga olib borgan, janub tomondagisi esa — Baqtriyaga yo’nalgan. Tyan-Shandan oshib o’tgan karvon yo’l Samarqand, Buxoro, Xorazmga, undan esa Kaspiy dengizi qirg’oqlariga yetib kelar edi. Janubiy yo’l ikkiga bo’linib ketgan, ularning biri Hindistonga boshlasa, ikkinchisi — g’arbga, Parfiya, Fors, Mesopatamiya, Bog’dod, Damashq orqali O’rtaYer dengiziga chiqqan. - Ipak yo’li Xitoyning qadimiy poytaxti — Chanandan (Chang’an) boshlanib, shimoliy Tyanshan yoqalab Dunxuaga — Buyuk Xitoy devori atrofidagi shaharga qarab ketgan. Shu yerga kelganda yo’l Takla-Makan cho’lini shimoldan va janubdan aylanib o’tadigan bir necha tarmoqlarga bo’linib ketgan. Shimoliy yo’l Turfan orqali IIi daryosi vodiysiga chiqqan. O’rtadagi yo’l So’g’diyonaga olib borgan, janub tomondagisi esa — Baqtriyaga yo’nalgan. Tyan-Shandan oshib o’tgan karvon yo’l Samarqand, Buxoro, Xorazmga, undan esa Kaspiy dengizi qirg’oqlariga yetib kelar edi. Janubiy yo’l ikkiga bo’linib ketgan, ularning biri Hindistonga boshlasa, ikkinchisi — g’arbga, Parfiya, Fors, Mesopatamiya, Bog’dod, Damashq orqali O’rtaYer dengiziga chiqqan.
Do'stlaringiz bilan baham: |