Buyuk ipak yoʻli Fanda ipak yo’lining vatani Xitoy deb tan olinganligi sir emas. Shu o’rinda savol paydo bo’ladi: Buyuk ipak yo’li qachon paydo bo’lgan? Buyuk ipak yo’lining qachon paydo bo’lganligi haqidagi savol hamon tadqiqotchilarni o’ylantirib kelmoqda. Binobarin, mazkur yo’lning yoshini aniqlash murakkab masala. Ayrim tadqiqotchilar xitoy manbalari asosida bu yo’lni mil.avv. II asrda ochilgan deb aytishadi.Ba’zi manbalarda esa Buyuk ipak yo’li kamida 3-4ming yillik tarixga ega degan ma’lumotlar ham bor. Buning dalili sifatida ayrim ma’lumotlarga murojaat qilishni o’rinli deb hisoblaymiz. - Fanda ipak yo’lining vatani Xitoy deb tan olinganligi sir emas. Shu o’rinda savol paydo bo’ladi: Buyuk ipak yo’li qachon paydo bo’lgan? Buyuk ipak yo’lining qachon paydo bo’lganligi haqidagi savol hamon tadqiqotchilarni o’ylantirib kelmoqda. Binobarin, mazkur yo’lning yoshini aniqlash murakkab masala. Ayrim tadqiqotchilar xitoy manbalari asosida bu yo’lni mil.avv. II asrda ochilgan deb aytishadi.Ba’zi manbalarda esa Buyuk ipak yo’li kamida 3-4ming yillik tarixga ega degan ma’lumotlar ham bor. Buning dalili sifatida ayrim ma’lumotlarga murojaat qilishni o’rinli deb hisoblaymiz.
- Dastavval ana shu ishora qilingan xitoy manbalariga sinchiklab e’tibor berib ko’raylik. Mil.avv. II asrdan keyin yozilgan xitoy manbalarida Xan imperiyasi elchisi Chjan Szyanning Farg’onaga(Dayyuan; hozirgi talaffuzda Davan), so’ngra Qangqiya(Qangjyuy) mamlakatiga borib kelishdan oldin ushbu davlatlar va ularga boradigan yo’l haqida aniq ma’lumotlar bo’lmagan. Xitoylar faqat o'zlarining shimoliy va g'arbiy tomonidagi yon qo'shnilarini yaxshi bilganlar. Buning sababi, birinchidan, Xitoyda tarqoqlik va o'zaro urushlar tugab, ilk bor markazlashgan davlat qurilgunga qadar, uning g'arbiy va shimoliy tarafida yashagan turkiy xalqlar markazlashgan davlat tizimiga ega edilar.
Iрak (shoyi xomashyosi) yo‘li deb atalishining asosiy sababi shundaki, qadimgi davrlarda Xitoy, Misr, Hindiston, Yevropa mamlakatlari orasida savdo ishlari olib borilgan, ularni bog‘lagan oraliqlar, masofalar, turli manzilgohlar mavjud bo‘lgan. Bunda karvonlarga (tuya, ot, xachir, eshak, arava va hokazo) ortilgan turli-tuman iste’mol mollari davlatlar o‘rtasida oldi-sotdi qilingan. Ular orasida Xitoyning iрaklari, shoyidan to‘qilgan rango-rang matolari, chinni buyumlar va boshqa turli xil narsalar asosiy o‘rinda turgan. O‘z navbatida Misr, Tehron, Bolqon va boshqa Yevropa mamlakatlarining rangli metallardan (oltin, kumush, mis, jez va hokazo) yasalgan qurollari, taqinchoq, bezaklari, ust-bosh, kiyimlar Xitoy tomonga boradigan karvon yo‘llarida savdo qilingan. - Iрak (shoyi xomashyosi) yo‘li deb atalishining asosiy sababi shundaki, qadimgi davrlarda Xitoy, Misr, Hindiston, Yevropa mamlakatlari orasida savdo ishlari olib borilgan, ularni bog‘lagan oraliqlar, masofalar, turli manzilgohlar mavjud bo‘lgan. Bunda karvonlarga (tuya, ot, xachir, eshak, arava va hokazo) ortilgan turli-tuman iste’mol mollari davlatlar o‘rtasida oldi-sotdi qilingan. Ular orasida Xitoyning iрaklari, shoyidan to‘qilgan rango-rang matolari, chinni buyumlar va boshqa turli xil narsalar asosiy o‘rinda turgan. O‘z navbatida Misr, Tehron, Bolqon va boshqa Yevropa mamlakatlarining rangli metallardan (oltin, kumush, mis, jez va hokazo) yasalgan qurollari, taqinchoq, bezaklari, ust-bosh, kiyimlar Xitoy tomonga boradigan karvon yo‘llarida savdo qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |