ANDIJON SHAHAR XALQ TA`LIMI BO`LIMIGA QARASHLI 3-UMUMTA`LIM MAKTAB
buyruq
«12» aprel 2021 yil 49 -sonli
“2020-2021 o’quv yilini yakunlash, o’quvchilarning bosqichli va yakuniy nazorat imtihonlarini tashkil etish
va o’tkazish tartibi to’g’risida”
Ta’lim muassasasida 2020-2021 o’guv yilini yakunlash,o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini bosqichli va yakuniy attestastiyadan o’tkazish va O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirining 2021 yil 3-mart 55-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida.
BUYURAMAN:
1.O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirining 2021 yil 3-mart 55-sonli buyrug’i rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Maktabda 2020-2021 o’quv yili mashg’ulotlari 25- mayda tugallanishi belgilab olinsin.
3.Maktabning bitiruvchi 9-11-sinf o’quvchilarining bilim ko’nikma va malakalarini yozma va ogzaki sinovlari shaklida yakuniy davlat attestastiyadan, 5-8-10 sinf o’quvchilarining bilim,malaka va ko’nikmalarini bosqichli nazorat imtihonlaridan o’tkazilishi belgilab qo’yilsin.
4.Maktabning bitiruvchi sinf o’quvchilarining bilim .ko’nikma va malakalarini yakuniy davlat attestastiyadan o’tkazish 2021-yil 26-maydan 15-iyungacha amalga oshirilsin( jismonijg'y tarbiya fani bundan mustasno),5-8-10- sinf o’quvchilarining bilim, ko’nikma va malakalari bosqichli nazorat imtihonlaridan 2021-yil 27-maydan 15-iyun kunigacha o’tkazilsin.
5.Tabiiy fanlar chuqur o’rganiladigan sinflarda ixtisoslashgan o’quv fanidan qo’shimcha imtihon topshirishi uchun imtihonlar muddati 3 kunga uzaytirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
6.Bitiruvchilar uchun yakuniy davlat attestastiyasi va sinfdan sinfga ko’chirish bosqichli nazorat imtihonlari quyidagi keltirilgan fanlardan o’tkazilsin:
A)Bitiruvchilar uchun yakuniy davlat attestatsiyasi (IXsinf)
-Onatili va adabiyot-yozma (ijodiy bayon) 26 –may
-Matematika-yozma - 29-may
-Rustili -og’zaki
-Biologiya- og’zaki (laboratoriya ishlari bilan)
-Tarix –o`g`zaki
-Jismoniy tarbiya- amaliy
Informatika- amaliy (Tanlov asosida)
B)Bitiruvchilar uchun yakuniy davlat attestatsiyasi (XIsinf)
-Ona tili va adabiyot-yozma (insho) -27-may
-Matematika-yozma -30-may
-Ingliz tili – og’zaki
-Rustili- og’zaki
Biologiya- og’zaki(Tanlov asosida)
V)5-8-sinflarda bosqichli nazorat imtihonlari:
V sinf
1.matematika-yozma
2.Ingliz tili–og’zaki
VI sinf
1.Tarix-og’zaki
2.Botanika-og’zaki
VII sinf
1.Onatili -yozma(diktant)
2. Matematika (yozma, tanlov asosida)
VIII sinf
1.Ingliz tili-og’zaki
2. Matematika (yozma, tanlov asosida)
X sinf
1.Informatika va axborot texnologiyalari-amaliy
2.Tarix-og’zaki
3.Biologiya- og’zaki (Tanlov asosida)
7.Maktabning 9-sinf o’quvchilari uchun jismoniy tarbiya fanidan yakuniy nazorat imtihonlari 2021-yil1-8-may kunlari bolalar sog’ligiga alohida e’tibor berilgan holda,maktab hamshirasi nazorati ostida o’tkazilsin.
8.Belgilangan davlat dasturi asosidagi imtihonlarga ixtisoslashtirilgan fanlardan qo’shimcha sifatida imtihon savollari kiritish pedagogik kengash qarori asosida ruhsat berilsin.
9.O’.I.B.D.O’. M.Mamajonovaga:
-Xalq Ta’limi Vazirligining 2021-yil 3-martdagi 55-sonli buyrug’iga ilova sifatida berilgan Umumta’lim muassasalari o’quvchilarining bosqichli nazorat imtihonlarini o’tkazish tartibi to’g’risidagi ma’lumotlarni o’qituvchilarga yetkazish;
- imtihonlar jadvalini joriy yilning 10-aprel sanasiga qadar belgilangan tartibda ishlab chiqish;
- 2020-2021- o’quv yilida bitiruvchilarni yakuniy attestastiyadan o’tkazish va o’quvchilarni sinfdan sinfga ko’chirish bo’yicha bosqichli nazorat imtihonlari stendini tashkil etish hamda joriy yilning 12-apreliga qadar ilinishini ta’minlash;
- «Diqqat,imtihon!» stendini tashkil etish;
- imtihonlarni o’z muddatlarida va Nizom asosida o’tkazilishini nazorat qilish;
o’quvchilarning yakuniy davlat attestastiyasi va bosqichli nazorat imtihonlari to’g’risidagi ma’lumotlarni imtihon o’tkazilgan kundan bir kun muddatda shahar xalq ta’limi bo’limining monitoring bo’limiga taqdim etish;
- o’quvchilarning yakuniy davlat attestastiyasi va bosqichli nazorat imtihonlari o’tkazilganligi to’g’risidagi dalolatnoma,baholar vedomosti va o’quvchilarning ishlari qayd etilgan hujjatlar (daftar)larni sinfma-sinf xat jildlariga jamlash;
-o’quvchilarning yakuniy davlat attestastiyasi va bosqichli nazorat imtihonlari yakuni to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z vaqtida sinf jurnallariga va o’quvchilarning baholar tabeliga qayd etilishini qat’iy nazorat qilish vazifalari yuklatilsin.
12.Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish O’I.B.D.o’rinbosari M.Mamajonova zimmasiga yuklatilsin.
13. Ushbu buyruq ijrosining nazoratini o’z zimmamda qoldiraman.
Maktab direktori : M.A.Qodirova
2021-yil 12-aprel
49 sonli
Do'stlaringiz bilan baham: |