O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRINING
BUYRUG’I
MAGISTRATURA TO’G’RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
(O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2008 y., 6-7-son, 28-modda; 2010 y., 40-
41-son, 347-modda)
[O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008 yil 4 fevralda 1765-
son bilan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan]
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2007 yil 10 sentyabrdagi 190-son qarori ijrosini ta’minlash hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Vazirliklar davlat qo’mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida» 1997 yil 9 oktyabrdagi 469-son qaroriga muvofiq buyuraman:
-
Magistratura to’g’risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
-
Mazkur buyruq O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro’yxatidan o’tkazilgandan o’n kundan so’ng kuchga kiradi.
-
Oliy ta’lim muassasalari bosh boshqarmasi Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazi bilan birgalikda Nizom Adliya vazirligi tomonidan davlat ro’yxatiga olingandan so’ng bir oy muddatda mazkur normativ-huquqiy hujjatni amalga oshirish bo’yicha oliy ta’lim muassasalarida seminar o’tkazsin.
4. Mazkur buyruq kuchga kirgan kundan boshlab Oliy va o’rta maxsus ta’lim
vazirining 1998 yil 30 oktyabrdagi 305-son buyrug’i bilan tasdiqlangan «Magistratura
to’g’risida»gi nizom bekor qilinadi.
5. Ushbu buyruqning bajarilishi nazoratini o’z zimmamda qoldiraman.
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri A. PARPIYeV
Toshkent sh.,
2007 yil 29 dekabr,
269-son
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining
2007 yil 29 dekabrdagi 269-son buyrug’i bilan
TASDIQLANGAN
Magistratura to’g’risida
NIZOM
Ushbu Nizom O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustdagi Qonuni bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 10 sentyabrdagi «O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 190-son qaroriga muvofiq magistratura faoliyatini tubdan takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish hamda kadrlar tayyorlash sifati va raqobatbardoshliligini kuchaytirish, xalqaro ta’lim standartlari darajasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta’minlash, qonun hujjatlari va davlat ta’lim standartlariga muvofiq oliy ta’lim muassasalarida magistrlar tayyorlash tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Magistratura aniq mutaxassislik bo’yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir.
Magistratura ta’lim dasturini tugatgan bitiruvchilarga yakuniy davlat attestasiyasi natijalariga ko’ra ta’lim yo’nalishining aniq mutaxassisligi bo’yicha
«magistr» akademik darajasi to’g’risidagi davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom beriladi.
2. Tegishli mutaxassisliklar bo’yicha magistrlarni tayyorlash kadrlar
buyurtmachilarining takliflari asosida, davlat akkreditasiyasidan o’tgan oliy ta’lim
muassasalarida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oliy ta’lim muassasasiga yangi mutaxassisliklar bo’yicha magistrlar tayyorlash
huquqi belgilangan tartibda oliy ta’lim muassasasining so’rovnomasi, tasarrufida
oliy ta’lim muassasalari mavjud bo’lgan vazirlik va idoralarning takliflari, Oliy
ta’limning Davlat ta’lim standartiga (bundan keyin matnda Davlat ta’lim standarti
deb yuritiladi) muvofiq ishlab chiqilgan va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (bundan keyin matnda Davlat test markazi
deb yuritiladi) tomonidan ekspertizadan o’tgan o’quv rejalari va dasturlari asosida
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Davlat test markazi tavsiyasi bo’yicha
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan kvotalar asosida
beriladi.
(3-band O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2010 yil 22 sentyabrdagi 363-son buyrug’i (ro’yxat raqami 1765-1, 30.09.2010 y.) tahririda — O’R QHT, 2010 y., 40-41-son, 347-modda)
4. Magistr:
tanlangan mutaxassislik bo’yicha mustaqil ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik va kasbga doir faoliyatini yuritish;
tayyorgarligiga muvofiq mutaxassislik bo’yicha oliy ta’limdan keyin aspiranturada tahsil olish;
kadrlarni qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish tizimida qo’shimcha kasb ta’limi olish uchun tayyorlanadi.
5. Oliy ta’lim muassasalari barcha bo’linmalarining magistrlar tayyorlash
bo’yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish magistratura bo’limi
tomonidan kafedralar va dekanatlar bilan birga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Magistrlarning ilmiy faoliyati bilan bog’liq izlanish natijalari
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestasiya komissiyasi
tomonidan tan olingan nashrlarda va oliy ta’lim muassasalari nashrlarida chop etilishi
mumkin.
(6-band O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2010 yil 22 sentyabrdagi 363-son buyrug’i (ro’yxat raqami 1765-1, 30.09.2010 y.) tahririda — O’R QHT, 2010 y., 40-41-son, 347-modda)
II. Magistraturaga qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
7. Magistraturaga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 18 iyundagi
118-son qarori (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2010 y., 24-25-son,
195-modda) bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga qabul
qilish tartibi to’g’risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(7-band O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2010 yil 22 sentyabrdagi 363-son buyrug’i (ro’yxat raqami 1765-1, 30.09.2010 y.) tahririda — O’R QHT, 2010 y., 40-41-son, 347-modda)
-
Magistraturaga kirish imtihonlari har bir oliy ta’lim muassasasi bo’yicha magistrlik mutaxassisligi, o’qitish tili va shakliga ko’ra alohida o’tkaziladi.
-
Tayanch oliy ta’lim muassasalari qoshida magistratura mutaxassisliklari bo’yicha oliy ta’lim muassasalari takliflari asosida maqsadli magistrlar tayyorlash yo’lga qo’yiladi.
-
Magistraturaga qabul qilish davlat grantlari va to’lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
-
Magistraturada mutaxassisliklar bo’yicha ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot to’lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang
12. Magistraturaga xorijiy fuqarolarni qabul qilish O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 4 avgustdagi 169-son «Xorijiy fuqarolarni
O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish va o’qitish
tartibini takomillashtirish to’g’risida»gi qarori (O’zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlari to’plami, 2008 y., 31-32-son, 304-modda) hamda O’zbekiston Respublikasining
xalqaro shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
(12-band O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2010 yil 22 sentyabrdagi 363-son buyrug’i (ro’yxat raqami 1765-1, 30.09.2010 y.) tahririda O’R QHT, 2010 y., 40-41-son, 347-modda)
III. Magistrning tayyorgarligiga qo’yiladigan umumiy talablar
13. Magistr o’z mutaxassisligi bo’yicha ilmiy-tadqiqotlarni bajara olishi,
ilmiy ijod uslubiyotini bilishi, zamonaviy axborot texnologiyasi asosida ilmiy
ma’lumotlar yig’a olishi, ulardan foydalanish va saqlash usullarini bilishi hamda
ilmiy-faoliyat va mustaqil amaliy faoliyatga tayyor bo’lishi lozim.
14. Mutaxassislik doirasida magistr:
bilimlarni umumlashtirish, xulosalar chiqarish va uni boshqalarga o’rgatish;
jarayon va texnologiyalarni tahlil qilish va xulosalar chiqarish;
zamonaviy, raqobatbardosh tadqiqot uslubiyotlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish;
bozor munosabatlari sharoitida, iqtisodiyotning rivojlanish tendensiyalaridan kelib chiqqan holda ilmiy muassasa, konstruktorlik byurosi, ishlab chiqarish korxonalari bo’limlari va boshqa tashkilot, muassasalar ishini tashkil etish, muammosini hal etish, ilmiy tadqiqot, izlanish natijalarini amaliyotga tatbiq etish, zamonaviy laboratoriya va texnik jihozlardan foydalanish va boshqarish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak.
15. Magistr o’zining mutaxassisligi, ilmiy-faoliyat va ilmiy-pedagogik
tayyorgarligiga muvofiq kasbiy faoliyatining:
loyiha-konstruktorlik; loyiha-texnologik; ilmiy tadqiqot va tajriba; ishlab chiqarish boshqaruvi; ilmiy-pedagogik;
ilmiy-ijodiy turlari, shuningdek, bakalavriat ta’lim yo’nalishiga mos boshqa mutaxassisliklari bo’yicha ham shug’ullanishi mumkin.
16. Magistr kasb faoliyatining asosiy sohalariga quyidagilar kiradi:
Ilmiy-tadqiqot muassasalari, loyihalash tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot va
ishlab chiqarish korxonalari;
davlat va nodavlat oliy, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari; magistr akademik darajasini talab qiladigan boshqa turdagi faoliyatlar.
17. Bakalavriat ta’lim yo’nalishlari negizida mutaxassisliklar bo’yicha
magistrlarning tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo’yiladigan
umumiy talablar Davlat ta’lim standartlariga muvofiq belgilanadi.
IV. Magistratura ta’lim dasturi bloklari mazmuniga qo’yiladigan talablar
18. Magistraturada o’quv jarayoni tegishli ta’lim yo’nalishi (mutaxassisligi)
bo’yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan, Davlat test markazi
tomonidan belgilangan tartibda ekspertizadan o’tkazilgan hamda Oliy va o’rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi ilmiy-metodik birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi
kengashda muhokama qilinib, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan mutaxassisliklar bo’yicha Davlat ta’lim standartlari va o’quv rejalari asosida tashkil etiladi.
19. Magistraturaning ta’lim dasturlari Davlat ta’lim standartida ko’zda
tutilgan quyidagi fanlar bloklarini o’z ichiga oladi:
a) umummetodologik fanlar;
b) mutaxassislik fanlari;
v) ilmiy faoliyat (ilmiy tadqiqot, ilmiy-pedagogik, ilmiy-texnik va ilmiy-
ijodiy ishlar).
20. Umummetodologik fanlar blokida:
milliy istiqlol g’oyasi va gumanitar, texnik va tabiiy fanlarning falsafiy masalalari bo’yicha bilimlar berilishi;
insoniyatning global muammolari, ma’naviy hayot, shaxs va jamiyat ehtiyojlari, ta’limning insonparvarlik ruhi, zamonaviy sivilizasiya va uning taraqqiyot yo’nalishlari, axborot tizimlari va bilimlarni taqdim qilish usullari to’g’risidagi tasavvurlar shakllantirilishi;
ilmiy va ilmiy-texnik axborot bilan ishlash ko’nikma va malakalarini shakllantirishi;
ilmiy ijodiyot metodologiyasi, bilishning umumiy usullari, empirik va nazariy tadqiqot usullari, qonunlar va qoidalar mantig’i, asoslash va inkor qilish yo’llariga doir bilimlar, shuningdek, ta’limda pedagogik texnologiyalar, menejment va iqtisodiyot asoslari haqidagi bilimlar berilishi ta’minlanishi zarur.
21. Mutaxassislik fanlari blokida:
muayyan mutaxassislik bo’yicha nazariy va amaliy bilimlar, o’quv va ko’nikmalar, o’qitiladigan fanlar tarkibi, ularning mazmun-mohiyatiga qo’yiladigan talablarni kadrlar buyurtmachilari bilan kelishgan holda shakllantirilishi;
mutaxassislik bo’yicha bilimlar bazasini yaratish, jamlash, mustahkamlash va ulardan foydalanish ko’nikmalari rivojlantirilishi;
magistratura mutaxassisligi bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, kasb faoliyatining ko’zlangan natijalariga erishishda jarayonlarni modellashtirish va tizimli yondashish borasidagi ilmiy bilimlar, amaliy mahorat va ko’nikmalar ta’minlanishi kerak.
-
Ilmiy faoliyat blokida ilmiy tadqiqotlar metodologiyasini o’zlashtirish, talabalar tomonidan ixtisoslashgan ilmiy va ta’lim muassasalarida muayyan ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik ishlarni bajarish va magistrlik dissertasiyalarini tayyorlash nazarda tutiladi.
-
Ilmiy-tadqiqot ishlari:
mustaqil tadqiqotchilik faoliyatining amaliy ko’nikmalarini hosil qilish;
axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalaridan foydalanib ilmiy-tadqiqotlar o’tkazish, tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish va aks ettirish, ilmiy maqolalar tayyorlashga doir bilimlar va ko’nikmalarni shakllantirish;
fan, texnika, ijodiyot va texnologiyalarning eng yangi yutuqlariga asoslangan axborot bazalarini qo’llay bilish, ulardan magistrlik dissertasiyasini bajarishda foydalanish ko’nikmasini singdirishga yo’naltiriladi.
24. Ilmiy-pedagogik ishlar:
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari hamda o’quv-tarbiya ishlarining interaktiv usullaridan foydalangan holda pedagogik mahorat va ko’nikmalarini shakllantirish;
o’quv jarayonini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlashni tashkil etish malakasi va ko’nikmalarini hosil qilishga yo’naltiriladi.
V. O’quv jarayonini tashkil etish
25. Magistratura mutaxassisliklari bo’yicha o’quv jarayonini tashkil etishga
quyidagi talablar qo’yiladi:
ilmiy-tadqiqot mavzularining mutaxassisliklarga mos bo’lishi;
davlat ta’lim standartlari talablari darajasida nazariy ta’lim, laboratoriya mashg’ulotlari, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish hamda magistrlik dissertasiyalarini tayyorlash uchun zaruriy o’quv-uslubiy va moddiy-texnik bazasining mavjudligi;
oliy ta’lim muassasasi, buyurtmachi tashkilotlar, akademik va ilmiy tekshirish institutlari hamda ilmiy markazlarda davlat ta’lim standartlari va o’quv rejalariga muvofiq malaka amaliyotlarini o’tkazish uchun oliy ta’lim muassasasi, fakultet va kafedralar bilan korxonalar o’rtasida tasdiqlangan shartnomalarning mavjudligi;
magistrlar tayyorlash jarayoniga eng yuqori malakali o’qituvchilar, fan nomzodi va dosentlar, fan doktori va professorlar shuningdek, davlat va jamiyatni modernizasiya qilish, bozor iqtisodiyotini rivojlantirish, ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, rivojlantirish va axborotlashtirish sharoitlarida ish tajribasiga ega bo’lgan yuqori malakali amaliyotchilarning jalb etilishi.
-
Magistraturada talabaning shaxsiy ish rejasi asosida ta’lim olishiga ilmiy rahbar mas’ul hisoblanadi.
-
Magistratura talabasi semestr davomida ikki marta kafedra yig’ilishida rasmiy hisobot beradi. Talabalar hisobotini eshitish jadvali kafedra mudiri tomonidan ishlab chiqiladi va fakultet dekani (magistratura bo’limi boshlig’i) tomonidan tasdiqlanadi.
Kafedra mudiri talabalarning fanlarni o’zlashtirishi, ilmiy ishlari holati bo’yicha har semestrda bir marta fakultet ilmiy kengashi (magistratura bo’limi)ga hisobot beradi.
Talaba ilmiy rahbar ishtirokida semestrlar yakunida fakultet ilmiy kengashi (magistratura bo’limi)ga magistrlik dissertasiyasining bajarilish holati, ilmiy, uslubiy maqolalar tayyorlanishi, o’tkazilgan ijodiy ishlar ko’rigi haqida yozma hisobot taqdim etadi.
28. Magistraturada barcha turdagi auditoriya va auditoriyadan tashqari o’quv
ishlarini o’z ichiga olgan o’quv yuklamasining eng yuqori hajmi haftasiga 54 soatga teng
bo’lishi lozim. Kunduzgi o’quv shakli uchun auditoriya mashg’ulotlari va ilmiy
faoliyatning eng yuqori hajmi haftasiga 36 soat qilib belgilanadi. O’qishning normativ
muddati ikki yil bo’lgan taqdirda o’quv jarayoni 100 hafta davom etishi zarur.
Ayrim sohalar uchun kadrlar tayyorlash va o’qitish jarayonining o’ziga xos xususiyatlari, magistraturada tahsil olish muddatlarini (3 yil) inobatga olib, o’quv davrining umumiy hajmini nazariy ta’lim, attestasiya, amaliyot, ta’til va ilmiy faoliyat taqsimotiga Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda o’zgartirishlar kiritilishi mumkin.
29. Talabaning umumiy haftalik yuklamasi 54 soat bo’lgan holda auditoriya o’quv
yuklama soatlari hajmi 18—20 soatdan oshmasligi lozim. Qolgan vaqt talabalarning
mustaqil ishlari, ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik va magistrlik dissertasiyalarini
tayyorlashga ajratiladi.
Qayd etilgan ishlar kafedraning doimiy nazorati ostida tashkil etiladi, kalendar-tematik rejalar va qayd etish jurnallari yuritiladi.
30. O’quv davri umumiy hajmining nazariy ta’lim, amaliy mashg’ulot, ilmiy
faoliyat, malakaviy amaliyot, yakuniy davlat attestasiyasi va ta’tillar bo’yicha taqsimoti
mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan jadval bo’yicha amalga oshiriladi.
31. Talabalar o’zlashtirishi reyting tizimiga asosan baholanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
32. O’qish davrida talaba magistratura mutaxassisliklarining o’quv rejalarida
belgilangan yakuniy davlat attestasiya sinovlarini topshiradi hamda magistrlik
dissertasiyasini tayyorlaydi.
Yakuniy davlat attestasiyasi tegishli fanlar bo’yicha o’quv jarayoni tugagan semestrda yoki ta’lim dasturi yakunida topshiriladi.
(32-band O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2010 yil 22 sentyabrdagi 363-son buyrug’i (ro’yxat raqami 1765-1, 30.09.2010 y.) tahririda O’R QHT, 2010 y., 40-41-son, 347-modda)
-
Talabalarning mustaqil ishi o’quv rejasidagi muayyan fanni o’zlashtirish uchun belgilangan o’quv ishlarining ajralmas qismi bo’lib, bilimlarni mustaqil o’zlashtirish ko’nikmalarini shakllashtirish, zamonaviy axborot manbalaridan samarali foydalanishga yo’naltiriladi.
-
Talabaning mustaqil ishi ham barcha o’quv faoliyati turlaridek, reyting tizimi asosida baholanadi.
VI. Talabalarning huquq va majburiyatlari
35. Magistratura talabalari quyidagi huquqlarga ega:
fan, texnika va madaniyatning zamonaviy taraqqiyoti darajasiga mos keluvchi bilimlarni olish;
oliy ta’lim muassasasining muhim masalalarini muhokama etish va hal qilishda bevosita ishtirok etish;
kutubxonadan, axborot resurslari, o’quv, ilmiy, tibbiy va boshqa turdagi xizmatlardan oliy ta’lim muassasasining ustavida belgilangan tartibda bepul foydalanish;
ilmiy-tadqiqot ishlarida, konferensiya va simpoziumlarda ishtirok etish;
o’z ishlarini nashrga taqdim qilish;
oliy ta’lim muassasasi ma’muriyatining qarorlari ustidan shikoyat qilish;
talabalar uchun belgilangan tartib va miqdordagi stipendiya, shuningdek Davlat stipediyalari hamda o’qishga yo’llagan yuridik va jismoniy shaxslar tayinlagan stipendiyalarni olish.
36. Talabalarning majburiyatlari:
oliy ta’limning ta’lim dasturlari va o’quv rejasida nazarda tutilgan bilimlarni egallash;
o’quv rejasida nazarda tutilgan topshiriqlarning barcha turlarini belgilangan muddatda bajarish;
oliy ta’lim muassasasining Ustavi, ichki tartib qoidalari va talabalar turar joylari qoidalariga rioya etish.
VII. Amaliyotlar
37. Ilmiy pedagogik va kasbiy amaliyotlar oliy ta’lim muassasasi, O’zbekiston
Respublikasi Fanlar Akademiyasi, buyurtmachi tashkilot va muassasalar ilmiy-tadqiqot
institutlari, ilmiy markazlari, laboratoriyalari va bo’linmalarida nazariy
bilimlarni mustahkamlash maqsadida o’tkaziladi.
Amaliyotlar ikki tomonlama yoki boshqa kelishuvlar asosida o’tkazilishi ham mumkin.
38. Ilmiy-tadqiqot amaliyoti:
magistratura mutaxassisligi bo’yicha namunaviy modellar, obyekt va jarayonlarni tadqiq qilish usullarini o’rganish;
tajriba tadqiqotlarining ilmiy-texnik ta’minotini o’rganish;
tajriba tadqiqotlarini o’tkazish;
tajriba tadqiqotlari natijalarini qayta ishlash, tahlil qilish, xulosa va tavsiyalar tuzish ko’nikmalarini shakllantirishga yo’naltirilgan bo’ladi.
39. Ilmiy-texnika va ilmiy-ijodiy amaliyoti:
ixtisoslik mavzusi bo’yicha masalalar holatini ko’rish, tahlil qilish va jamlashga doir tadqiqotlarni o’tkazish;
yechilayotgan mavzu bo’yicha ilmiy-ijodiy, ilmiy-texnik, texnik-iqtisodiy va boshqa talablarni shakllantirish;
mavzu bo’yicha muqobil texnik yechimlarni ko’rib chiqish va eng samaraligini tanlash;
samarali texnik va ijodiy yechimning patent (mualliflik)ga loyiqligi va patent (mualliflik) sofligini tadqiq qilish;
eng samarali muqobil hisob, konstruktorlik, texnologik va texnik-iqtisodiy, ijodiy yechimlarni hal etish ko’nikmalarini shakllantirishni nazarda tutadi.
40. Ilmiy-pedagogik amaliyot:
ixtisoslik fanlari bo’yicha turli mashg’ulotlar (ma’ruza, seminar, amaliy ish, laboratoriya ishi va boshqa ilmiy izlanishlar)ni o’tkazish bo’yicha tajriba orttirish;
mashg’ulotlar o’tkazish va ma’ruzalar matnlarini tayyorlash;
yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o’rganish va qo’llash;
talabalar bilimlarini reyting baholash tizimini o’rganish va amalda qo’llash;
talabalar mustaqil bilim olishining tashkiliy va o’quv-uslubiy ta’minotini o’rganish va amalda qo’llash;
uslubiy ko’rsatmalar ishlab chiqish;
tarbiyaviy ishlarni olib borish ko’nikmalarini shakllantirishga yo’naltirilgan bo’ladi.
41. Kasbiy amaliyot:
tegishli soha ilmiy-amaliy muammolarini va istiqbol rivojlanishini tushunish, ilmiy-texnik rivojlanish zamonida o’z sohasining o’rni va ahamiyati, mutaxassisligini boshqa sohalar bilan hamkorligini nazarda tutish;
mutaxassisligi bo’yicha tegishli me’yorlar va rasmiy hujjatlarni bilish va ularga asosan o’z faoliyatini tashkil etish;
nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash;
soha bo’yicha ilm-fan yutuqlarini bilish, ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish va qo’llash ko’nikmalarini shakllantirishga yo’naltirilgan bo’ladi.
42. Talabalar amaliyotini o’tkazilishini nazorat etish uchun oliy ta’lim
muassasasida amaliyot rahbari tayinlanadi. Amaliyot rahbari kafedra yig’ilishida har
hafta amaliyotning o’tishi haqida hisobot berib boradi. Amaliyot tugagandan so’ng har bir
talaba amaliyot kundaligi va amaliyot bo’yicha hisobotni belgilangan tartibda kafedraga
topshiradi.
VIII Magistrlik dissertasiyasi
-
Magistrlik dissertasiyasi (bundan keyin matnda dissertasiya ishi deb yuritiladi) magistraturada ta’lim olayotgan talabaning yakunlovchi ishi hisoblanadi. Dissertasiya ishi talabaning o’qish davrida egallagan nazariy va amaliy bilimlari asosida bajargan ilmiy tadqiqot ishlarining natijasidir.
-
Dissertasiya ishi mavzulari talabalarga birinchi o’quv yilining ikkinchi semestri (ikkinchi yarmi) boshlangandan keyin ikki hafta davomida taqdim etiladi.
-
Dissertasiya ishi mavzusi ishlab chiqarish, ta’lim, iqtisodiyot, fan-texnika, ijtimoiy sohalardagi ilg’or va dolzarb masalalarga bag’ishlanib, muayyan bir vazifaning ilmiy asoslangan yechimini topishga, tavsiyalar ishlab chiqishga, statistik ma’lumotlar tahliliga qaratilgan bo’lishi shart.
-
Kafedra taqdimnomasiga muvofiq dissertasiya ishi mavzulari va ilmiy rahbarlar oliy o’quv yurti magistratura bo’limi tavsiyasi asosida rektorning buyrug’i bilan tasdiqlanadi.
-
Magistrlik dissertasiyasini tayyorlash jarayonida talaba:
ilmiy (yoki ilmiy-texnik, ilmiy-ijodiy) izlanishlar olib borishi, kasbiy muammolarni ko’ra olishi va ularni yechishning umumiy usullari va yo’llarini o’rganishi;
o’quv-tadqiqot davomida olingan axborotlarni matn yoki tasvirlar (chizma, rasm) shaklida mujassamlantira olishi;
tanlangan mavzuning dolzarbligini asoslashi;
soha bo’yicha yechilayotgan ilmiy (ijodiy) - texnik masala holatini tahlil qilishi;
ilmiy-texnik, texnik-iqtisodiy va boshqa talablarni shakllantirishi, qo’yilgan masalani yechish uslublarini ko’rib chiqishi va eng samaraligini aniqlashi;
eng samarali muqobil yechimni ilmiy, konstruktorlik, texnologik va texnik-iqtisodiy jihatdan asoslab berishi;
eng samarali muqobil yechimning patentga loyiqligi va patent sofligini tadqiq qilishi;
ilmiy-texnik masala yechimining natijalari bo’yicha xulosalar va takliflarni shakllantirishi hamda iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida qo’llash imkoniyatlarini aniqlashi lozim.
-
Dissertasiya ishiga rahbarlik yuqori malakali, fan doktori yoki fan nomzodi ilmiy darajaga ega bo’lgan kafedralarning professor va dosentlari, shuningdek, davlat va jamiyatni modernizasiya qilish, bozor iqtisodiyotini rivojlantirish, ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, rivojlantirish va axborotlashtirish sharoitlarida ish tajribasiga ega bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari ilmiy markazlari olimlari, konstruktorlik byurolari hamda ishlab chiqarishning yuqori malakali amaliyotchi mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.
-
Bir o’quv yilida fan doktorlari, professorlarga 5 tagacha, fan nomzodlari, dosentlar va amaliyotchi mutaxassislarga 3 tagacha magistrlik dissertasiyalariga rahbarlik qilishga ruxsat etiladi.
50. Dissertasiya ishi talabaning o’qigan tilida (kafedra yoki magistratura
bo’limi tavsiyasiga muvofiq xorijiy tillarda ham) yozilishi mumkin. Xorijiy tilda
bajarilgan ilmiy ishga davlat tilida annotasiya ilova etiladi hamda dissertasiya
himoyasi tarjima bilan o’tkaziladi.
51. Dissertasiya ishining asl nusxasi himoyadan keyin oliy ta’lim muassasasida
saqlanadi.
IX. Magistr tayyorlash sifatini nazorat qilish
52. Magistratura mutaxassisliklari bo’yicha kadrlar tayyorlash sifatini nazorat
qilish quyidagilarni o’z ichiga oladi:
ichki nazorat - oliy ta’lim muassasasi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi;
yakuniy davlat nazorati - oliy ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari bo’yicha davlat ta’lim standartlariga muvofiq ravishda o’quv fanlari bo’yicha davlat attestasiyasi va dissertasiya ishi himoyasini o’z ichiga oladi;
davlat-jamoatchilik nazorati - oliy ta’limni boshqarish bo’yicha vakolatli davlat organi, jamoat tashkilotlari va kadrlar buyurtmachilari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
tashqi nazorat - Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi.
X. Yakuniy qoidalar
-
Mazkur Nizomda belgilangan masalalar bo’yicha nizolar qonun hujjatlari asosida hal qilinadi.
-
Ushbu Nizom O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Badiiy akademiya, O’zbekiston aloqa va
axborotlashtirish agentligi, «O’zbekiston temir yo’llari» DAK, Davlat soliq qo’mitasi va Davlat test markazi bilan kelishilgan.
Xalq ta’limi vaziri T. JO’RAYeV
Toshkent sh., 2007 yil 26 dekabr
Sog’liqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh., 2007 yil 26 dekabr
Qishloq va suv xo’jaligi vaziri S. ISMOILOV
Toshkent sh., 2007 yil 26 dekabr
Madaniyat va sport ishlari vaziri R. QURBONOV
Toshkent sh., 2007 yil 26 dekabr
Tashqi ishlar vaziri V. NOROV
Toshkent sh., 2007 yil 26 dekabr
O’zbekiston Badiiy akademiya raisi T. QO’ZIYeV
Toshkent sh., 2007 yil 26 dekabr
O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori A. ARIPOV
Toshkent sh., 2007 yil 26 dekabr
«O’zbekiston temir yo’llari» DAK raisi A. RAMATOV
Toshkent sh., 2007 yil 26 dekabr
Davlat Soliq qo’mitasi raisi B. PARPIYeV
Toshkent sh., 2007 yil 26 dekabr
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori B. ISMAILOV
Toshkent sh.,
2007 yil 26 dekabr
Magistratura to’g’risidagi nizomga
ILOVA
Magistrlik dasturining namunaviy tuzilmasi
Nazariy ta’lim va amaliy mashg’ulot, jumladan joriy, oraliq va yakuniy attestasiyalar
|
38 hafta
|
Ilmiy faoliyat, jumladan:
|
35 hafta
|
• ilmiy tadqiqot ishi
|
17 hafta
|
• ilmiy-pedagogik ish
|
8 hafta
|
• magistrlik dissertasiyasi ishini tayyorlash
|
10 hafta
|
Malakaviy amaliyot
|
8 hafta
|
Yakuniy davlat attestasiyasi
|
3 hafta
|
Ta’tillar
|
16 hafta
|
Jami
|
100 hafta
|
Fanlar bloklari bo’yicha ta’lim dasturining tuzilmasi
|
|
№
1.
|
Bloklar va faoliyat turlarining nomlari
|
Umumiy yuklama hajmi, soatda
|
Umummetodologik fanlar
|
756
|
2. 3.
|
Mutaxassislik fanlari
|
1296
|
Ilmiy faoliyat, jumladan:
|
1890
|
4. 5.
|
ilmiy tadqiqot ishi
|
918
|
ilmiy-pedagogik ish
|
432
|
magistrlik dissertasiyasi ishini tayyorlash
|
540
|
Malakaviy amaliyot
|
432
|
Yakuniy davlat attestasiyasi
|
162
|
Jami
|
4536
|
Do'stlaringiz bilan baham: |