Buyrug‘i buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida



Download 102,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana02.04.2022
Hajmi102,61 Kb.
#524338
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1297-сон 14.01.2004. Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjat aylanishi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida



Hujjat 12.03.2019 sanasi holatiga
 
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
BUYRUG‘I
BUXGALTERIYA HISOBIDA HUJJATLAR VA HUJJATLAR AYLANISHI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH
HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 14-yanvarda 1297-son bilan davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilgan]
O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi 
Qonuni
va O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli 
qarori
bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Moliya
vazirligi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq buyuraman:
1. “Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi nizomini 
ilovaga 
muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab
10 kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
3. Ushbu buyruq kuchga kirgan kundan e’tiboran SSSR Moliya vazirligi 1983-yil 29-iyulda 105-son bilan
tasdiqlagan “Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi nizomi O‘zbekiston Respublikasi
hududida qo‘llanilmasligi e’tirof etilsin.
Moliya vaziri M.NURMURATOV
Toshkent sh.,
2003-yil 23-dekabr,
131-son
O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi tomonidan
2003-yil 23-dekabrda, 131-son bilan
“TASDIQLANGAN”
BUXGALTERIYA HISOBIDA HUJJATLAR VA HUJJAT AYLANIShI TO‘G‘RISIDAGI
NIZOM
Mazkur Nizom “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 
Qonuni
asosida ishlab
chiqilgan va hujjatlarni tuzish, qabul qilish, saqlash va buxgalteriya hisobida aks ettirish, hamda hujjatlar
aylanishini amalga oshirish bo‘yicha yagona tartibni belgilaydi.
1-§. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasidagi barcha korxona, tashkilot va muassasalarga
(banklar va boshqa kredit tashkilotlari bundan mustasno) tatbiq qilinadi (keyingi o‘rinlarda — korxonalar).
2. Korxonalar tomonidan amalga oshiriladigan barcha xo‘jalik operatsiyalari tasdiqlovchi hujjatlar bilan
rasmiylashtirilishi lozim. Ushbu hujjatlar boshlang‘ich hisob hujjatlari bo‘lib xizmat qiladi va ular asosida
buxgalteriya hisobi yuritiladi.
3. Tegishli texnik vositalar mavjud bo‘lganda boshlang‘ich hujjatlarni va registrlarni axborot tizimlari
xizmatlaridan va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tuzishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda mazkur Nizom va
boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinishi lozim.
4. Texnik vositalar hamda axborot tizimlari xizmatlari va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda
tuzilgan birlamchi hujjatlar va registrlar buxgalteriya hisobida tegishli majburiy rekvizitlar mavjud bo‘lgandagina
qo‘llaniladi. Elektron hujjatlarni saqlash chog‘ida ulardan erkin foydalanish va ularning qog‘oz nusxalarini taqdim
etish imkoniyati ta’minlanishi lozim.
5. Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish sharoitida boshlang‘ich hujjatlar rekvizitlari kodlar ko‘rinishida
qayd etilishi mumkin. Bunda elektron shaklda tuzilgan boshlang‘ich hujjat va registr, elektron raqamli imzo
haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq uning to‘g‘ri tuzilishi uchun javobgar bo‘lgan shaxsning elektron raqamli
imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.
Keyingi
 tahrirga qarang.

Download 102,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish