Kurs ishining maqsadi va vazifalari:Kurs ishimdan maqsad shuki talaba yoshlarga Buxoro viloyati, tumanlari, shaharlari, ko’cha va qishloqlari nomining kelib chiqish tarixini chuqur o’rgatish orqali ularda vatanga, asriy qadriyatlarimizga, urf-odatlar va tilimizga bo’lgan hurmat tuyg’usini yanada mustahkamlashga erishish va undan tashqari ilmiy asarlar va tarixiy manbalar va tarixchi olimlar tadqiqotlarida Buxoro toponimikasi masalalarining yoritilishini o’rganish va jamlash.Bu orqali esa voha tarixi va toponimikasiga oid yangi ma’lumotlarni to’plash.
Buxoro vohasining qadimgi tarixi va toponimikasi
1. Buxoro toponimiyasining o’rganilish tarixi
1.2. Mustaqillik yillarida Buxoro vohasi toponimlarining o’rganilishi
3. Buxoro shahri va uning atrofida joylashgan tuman toponimlari.Shu rejalarni ochib berishni o’z oldimga vazifa qilib qo’ydim.
Kurs ishininmg o’rganilish darajasi: O’zbek adabiyoti namoyondalarida Sharafiddin Ali Yazdiy va Nizomiddin Shomiyning «Zafanoma»lari, Zahiriddin Boburning - «Boburnoma», Shayboniylar tarixi, Hofiz Tanishning «Abdullanoma» asari va boshqa yodnomalarda ko’plab shahar va qishloqlar, daryo, soylar, mavze va maskanlar tilga olingan. Abulg’ozi Bahodirxonning «Shajarai tarokima», «Shajarai turk» asarlarida bir qancha geografik nomlar bilan birga ko’plab etnonimlar — qabila-urug’ nomlari keltirilganki, bu materiallar toponimchilar uchun bebaho manbalardir. Oʻtgan asrning 70-yillari toponimika muammosining dolzarb kasb etganligi Z.Doʻsimov va X.Egamovlar hamkorlikda chop etgan “Joy nomlarining qisqacha izohli lugʻati” misolida ham namoyon boʻladi.
Rus tadqiqotchilaridan V.V.Bartol’d “Buxoro va uning atrofidagi islomdan oldingi sajdagohlar” nomli asari, M.S.Andreev va O.D.Chexovich qalamiga mansub “Buxoro Arki” nomli kitob, N.A.Kislyakovning etnografik tadqiqotlar sirasiga kiruvchi “Патриархально-феодальные отношения среди оседлого сельского населения Бухарского ханства в конце XIX - начале XX века” nomli kitobi shu kabi rus va o’zbek tadqiqotchi olimlari nafaqat buxoro toponimika balkim o’rta osiyo toponimikasini o’rganishga va ularni kelajak avlodga yetkazish va bu toponimlarning kelib chiqish tarixini o’rgatishga o’zlarining katta hissalarini qo’shganlar.
Ijtimoiy ong rivojlangan sari tushunchalar soni ortib geografik nomlar grammatik va semantik jihatdan murakkablasha borgan. Hali yozuv paydo bo’lmagani sababli ibtidoiy zamondagi geografik nomlar bizgacha yetib kelmagan. O’rta Osiyoning, jumladan O’zbekistonning xorazmiy, sug’diy, qadimgi turkiy yozuvlarda yetib kelgan toponimlari ko’p emas. Yunon manbalarida tilga olingan geografik nomlarimiz ham sanoqli. Milodning birinchi ming yilligi oxiri — ikkinchi ming yilligi boshlari mintaqamiz uchun yozma manbalarda ko’hna toponimlar ko’plab qayd qilingan davr edi. «Devonu lug’otit-turk», «Buxoro tarixi», «Hudud ul-olam», «Arab geograflari kutubxonasi» jildlari so’zsiz, benazir toponimik manbalardir. Bu yodnomalarda tilga olingan geografik nomlarning anchasi hamon o’zining shakl-shamoyilini saqlab qolgan. O’rta asming oxirlari toponimik materiallarni qamrab olishda ikkinchi oltin davr bo’ldi.
Xususan, Amir Temur va Temuriylar tarixi, birinchi galda Sharafiddin Ali Yazdiy va Nizomiddin Shomiyning «Zafamoma»lari,Zahiriddin Boburning-«Boburnoma», Shayboniylar tarixi, Hofiz Tanishning «Abdullanoma» asari va boshqa yodnomalarda ko’plab shahar va qishloqlar, daryo, soylar, mavze va maskanlar tilga olingan. Abulg’ozi Bahodirxonning «Shajarai tarokima», «Shajarai turk» asarlarida bir qancha geografik nomlar bilan birga ko’plab etnonimlar — qabila-urug’ nomlari keltirilganki, bu materiallar toponimchilar uchun bebaho manbalardir. Xiva, Buxoro, va Qo’qon xonliklari hujjatlarida, vaqfnomalarda, vasiqalarda ko’plab joy nomlari, shuningdek toponimlarning kaliti bo’lib xizmat qiladigan talay geografik, ijtimoiy-siyosiy va boshqa materiallar uchraydiki, bunday boy manbalarni o’rganmasdan turib, O’zbekiston toponimikasi haqida fikr yuritish ko’ngildagidek samara bermaydi.
Geografik nomlar juda uzoq davr mobaynida saqlanib qolishi bois tarix uchun juda katta ahamiyatga ega. Damashq shaharining shu nom bilan atalganiga uch ming yil bo’ladi. Uni dunyodagi eng keksa nom deb bo’lmaydi. Buxoro, Samarqand, Xorazm kabi toponimlar ham juda qadimiy nomlardan. Shuning uchun ham ularing kelib chiqishi hamon uzil-kesil hal bo’lgan emas. Qanchadan-qancha nomlar yozuv paydo bo’lmasdan oldingi davrlardan qolgan. Xalqlar yo’q bo’lib ketgan, tili unutilgan bo’lishi mumkin, lekin geografik joy nomlari saqlanib qolaveradi.O’simlik yoki hayvon yo’q bo’lib ketgan bo’lsa ham, nom yashayveradi. Tomsk davlat pedagogika institutining professori A.P.Dulzon Sibir gidronimlarini tahlil qilib qadimda ket xalqi yashagan hudud juda keng bo’lganini aniqladi. Hozir esa Sibirda, xususan Ob daryosi yoqasida hammasi bo’lib 500 kishiga yaqin ket qolgan. Toponimik ma’lumotlar bir vaqtlar ketlar juda ko’p sonli xalq bo’lganini ko’rsatdi. Toponimning muqim yashashiga asosiy sabab shuki, so’zning toponimga aylanmasdan oldingi ma’nosi to’g’risida kishilar ko’pincha o’ylab ham o’tirmaydilar. Shunday qilib, so’z biron obyektning nomigina bo’lib qoladi.
Bordi-yu bu toponimni sinchiklab tekshirsangiz, hatto mikrotoponimlar deb ataladigan kichik obyekt nomi ham aksari muhim bir tarixiy voqeani o’zida mujassamlashtirgan «makroguvoh» bo’lib chiqishi mumkin. Yerga bo’lgan xususiy mulkchilik, kishilar o’rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, mayda yer egaligi toponimiyada sezilarli iz qoldirgan. Misollarga murojaat qilaylik. 1909-yilda Skobelev (hozirgi Farg’ona) shahrida nashr etilgan ro’yxatga ko’ra Qo’qon va Marg’ilon uyezdlarida, shuningdek, Andijon va O’sh uyezdlarida chek so’zini 50 dan ortiq qishloq nomi tarkibida ko’ramiz. Andijon viloyatida va xususan Farg’ona viloyatida chek so’zidan tarkib topgan joy nomlari hozir ham anchagina uchraydi.
Buxoro shahri va vohasi tarixiy toponimlarga boy maskanlardan biri. Buxorodagi joy nomlarining aksariyati ikki komponentli, baʼzida hatto uch komponentli va asosan fors-tojik tilining xususiyatlarini oʻzida mujassam etadi. Shuningdek, sugʻdiy til ohanglarini saqlab qolgan toponimlar ham mavjud. Jumladan, Varaxsha, Navmichkat va boshqalar. Buxoro shahrining oʻzi koʻplab toponimlarga ega va bu toponimlar hozir ham oʻz ijtimoiy hamda madaniy ahamiyatini saqlab kelmoqda. Birgina “Buxoroʼʼ toponimi olib qarasak, bu toponimning necha asrlar sinovidan oʻtganing guvohi boʻlamiz. “Buxoroʼʼ soʻzining etimologik talqinida olimlar oʻrtasida yagona fikr mavjud emas. Akademik V.V.Bartolʼd “Buxoroʼʼ sansikritcha (qadimiy hindcha) Vixara, yaʼni “ibodatxonaʼʼ soʻzidan olingan deb hisoblasa, atoqli oʻzbek olimi akademik A.Muhammadjonov “Buxoroʼʼ sugʻdcha “Buxoroʼʼ — “Tangri jamoliʼʼ maʼnosini anglatadi, degan fikrni ilgari suradi. Ilk oʻrta asrlarda Buxoroni xitoyliklar turli nomlar bilan atashgan. Buxo, Ana, Ansi, Buxala, Fuxo, Puxala. Oʻrta asr arab manbalarida Buxoro shahriga nisbatan ,,Madinat us-sufriyaʼʼ, “Madinat ut-tujjor”, “Foxira” nomlari qoʻllanilgan. Bu nomlar arablar tomonidan berilgan boʻlib, Buxoroning arablar tasavvuridagi sifatlarini anglatadi. Masalan, Buxoro mustahkam qalʼa devorlari bilan oʻralganligi uchun uni “Madinat us-sufriyaʼʼ, yaʼni “Mis shahar” deyishgan. Karvon yoʻlidagi xalqaro savdoda Buxoro yetakchi oʻrin tutgani shaharning “Madinat ut-tujjor”, yaʼni savdogarlar shahri deb atalishiga sabab boʻlgan. ‘‘Foxira’’ atamasi esa islom dining barqarorligi uchun kurashgan shahidlari bilan faxrlanuvchi shaharga, ya’ni Buxoroga nisbatan qo’llanilgan.’’Buxoro’’ atamasi esa VIII asrdan boshlab qo’llanila boshladi.
Bulardan tashqari Buxoroning Numijkat, Bumiskat singari mahalliy nomlari ham mavjud bo’lgan. Numijkat aslida so’g’d tilidagi Navmichkat so’zining o’zgargan shakli bo’li, ‘‘nav”- yangi, ‘‘mich”-qal’a, istehkom va ‘‘kat”- qishloq kabi so’zlar birikmasidan tashkil topgan va ‘‘yangi qal’a”, ‘‘yangi qo’rg’on” va “yangi istehkomli qishloq” ma’nolarini anglatgan. Bu toponim aslida hozirgi Mir Arab, Masjidi Kalon yodgorliklarining quyisida joylashgan do’nglikka nisbatan qo’llanilgan. Bu tepalik ilk o’rta asrlarda Buxoroning mustaqil shahristonini tashkil etgan va 6-5 gektardan iborat bo’lgan. So’ngi o’rta asrlarda bu yerda Buxoro qozikaloni saroyi va maxkamasi joylashgan edi. Bu joyning o’zi hozirgi kunda ham mavjud bo’lsa-da, lekin uning nomi bizgacha saqlanmagan. Bunga shahar strukturasida yuz bergan o’zgarishlar sabab bo’ldi.Shahar kengayib Navmichkat uning umumiy hududiga qo’shilgach, sekin-asta bu nom iste’moldan chiqdi.
Somoniylar davrida Buxoro shahri ark (kuhandiz), shahriston, rabot va bozor qismlaridan iborat edi. Shahriton atamasi shaharning aholi yashaydigan markaziy qismiga nisbatan ishlatilgan. Hozirgi ko’z kasalliklari kasalxonasi, Zindon binosi, So’fiyon Savri mozori, Shoaxsi masjidi, Sayyid Poband mozori va boshqa katta-kichik yodgorliklar shahristonda joylashgan. Shahristoning yetti darvozasi bo’lib, ular quyidagi nomlarga ega bo’lgan: Darvozai Bozor, Darvozai Shahriston, Darvozai Bani Sad, Darvozai Bani Asad, Darvozai Kabiriya, Darvozai Hafs (Haq rah), Darvozai Nav. IX asrda bu darvozalar hali mavjud edi. Keyingi asrlarda shahriton shahar hududiga qo’shilib ketgach, faqat manbalarda saqlanib qoldi, xolos. Shayboniylar davrida Buxoro poytaxtga aylangach, shahar hududlari kengayib, o’z nomiga ega yangi mahalla va guzarlar paydo bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |