Qat’iy qonunchilik tizimi. Mazkur omilni shunday izohlash mumkinki, byudjet tashkilotlarining zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarishlari bilan bog‘liq faoliyatlari davlat tomonidan qat’iy tizimlashtirilganligi, yoki byudjet tashkilotining “xar bir qadami” qat’iy qonunchilik bilan tartibga solinganligidir. Jumladan, byudjetdan mablag‘ bilan ta’minlash tartibi, ish xaqi fondini tashkil qilinishi va sarflanishi, byudjetdan tashqari mablag‘lar jamg‘armasini tashkil qilish, ularning me’yorlari va sarflash yo‘nalishlari, o‘zlariga biriktirilgan mol-
mulklardan foydalanish maqsadi, tartibi va boshqalarni har birini aniq qonunchilik bilan belgilanganligidir.
Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi “Byudjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 414-sonli qaroriga muvofiq byudjet tashkilotlarini byudjetdan mablag‘ bilan ta’minlash tartibi belgilab berilgan. Shuningdek, byudjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armasini tashkil topish yo‘nalishlari, mablag‘larni avvalo, mavjud kreditorlik qarzlarni qoplashga yo‘naltirilishi (tovar, ish va xizmatlarning tannarxi qoplangandan so‘ng), qolgan qismi esa, kamida 75 foizi tashkilotning moddiy texnika bazasini mustahkamlashga, ko‘pi bilan
25 foizi esa, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish tadbirlariga sarflanishi belgilangan.
O M I L L A R
1.1.2-rasm. Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilishni alohida xususiyatlarini belgilovchi omillar
Bu esa, albatta byudjet tashkilotlari tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobotlarda mazkur qaror ijrosini nazorat qilish uchun kerakli axborotlar mavjud bo‘lishi shartligi zarur qilib qo‘yyadi.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 8 apreldagi 102- son “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq byudjet tashkilotlarining asosiy vositalari davlat mulkini ijaraga berish markazlari ishtirokida ijaraga berilish lozimligi, tushgan mablag‘lar esa, tegishli byudjet, ushbu markaz va byudjet tashkiloti o‘rtasida mazkur qaror bilan belgilangan tartibda taqsimlanishi nazarda tutilgan va x.k..
Albatta bularning hammasi byudjet tashkilotlari tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobotlarda mazkur qonunchilik ijrosini nazorat qilish uchun kerakli axborotlar mavjud bo‘lishi shartligi zarur qilib qo‘yyadi, shuningdek buxgalteriya hisobini yuritishda ham o‘z aksini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |