Yakuniy moliyaviy natija deganda nimani tushinasiz?
Yakuniy moliyaviy natijalarni shakllanishi hisobini tushuntirib bering?
Yakuniy moliyaviy natijalarni shakllanishini hisobga oluvchi schyotlarni tavsifini aytib bering?
Yakuniy moliyaviy natijalarni shakllantirishni buxgalteriya yozuvlarida aks ettirish tartibini aytib bering?
6-BOB. MOLIYaVIY HISOBOTLAR
6.1. Byudjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlarni tuzish, tartibi
Byudjet tashkilotlarda byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar ijrosi bo‘yicha oylik, choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan o‘rnatiladi.
Yillik moliyaviy hisobotlar hisobot yilidan keyingi yilning 1 yanvar holatiga tuziladi. Choraklik moliyaviy hisobotlar hisobot yilining 1 aprel, 1 iyul va 1 oktyabr holatiga, oylik moliyaviy hisobotlar hisobot oyidan keyingi oyning birinchi sanasi holatiga tuziladi.
Tashkilotlar set, shtat va kontingentlar rejalarini bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakllarga muvofiq tuzib topshiradilar. Amaldagi qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilmagan holda moliyaviy hisobotlar shakllariga o‘zgartirishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Byudjet tashkilotlari tomonidan topshiriladigan yillik moliyaviy hisobotlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
Balans (1-shakl);
Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl); Debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risida ma’lumot;
Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha pul mablag‘lari harakati to‘g‘risida hisobot;
Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha pul mablag‘lari harakati to‘g‘risida hisobot;
Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar harakati to‘g‘risida hisobot;
Boshqa byudjetdan tashqari mablag‘lar harakati bo‘yicha hisobot; Joriy yilning moliyaviy natijalari to‘g‘risida hisobot; Nomoliyaviy aktivlarning harakati to‘g‘risida hisobot.
Agarda, tashkilotlar qonunchilikka muvofiq hisobot davrida mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish faoliyatlarini amalga oshirsa, u holda ushbu faoliyatlari bo‘yicha belgilangan tartibda va muddatlarda moliya organlariga 2-shakl – “Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot”ni taqdim qiladilar.
Tashkilotlar tomonidan topshiriladigan choraklik moliyaviy hisobotlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
Balans (1-shakl);
Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl); Debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risida ma’lumot;
Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha pul mablag‘lari harakati to‘g‘risida hisobot;
Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha pul mablag‘lari harakati to‘g‘risida hisobot;
Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar harakati to‘g‘risida hisobot;
Boshqa byudjetdan tashqari mablag‘lar harakati bo‘yicha hisobot.
Yillik va choraklik moliyaviy hisobotlarga tushuntirish xati ilova qilinadi. Ushbu tushuntirish xatida byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar ijrosi jarayonida vujudga kelgan asosiy omillar, jumladan, byudjetdan ajratilgan mablag‘larni iqtisod qilinishining sabablari (tahlillari) (agarda iqtisod qilingan bo‘lsa), debitorlik va kreditorlik qarzlarning vujudga kelish sabablari va davri, agarda muddati o‘tgan qarzdorlikka yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, undirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar, qonunchilikka muvofiq tashkilotlarga soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha berilgan imtiyozlar natijasida bo‘shab qolgan mablag‘lar va ularning sarflanishi, shuningdek, tashkilot tomonidan hisobot davrida kirim qilingan va sarflangan qog‘oz to‘g‘risidagi ma’lumotlar, o‘g‘irlik va kamomadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va moliyaviy hisobotlar bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa tushuntirishlar keltiriladi. Bundan tashqari, hisobot yilining birinchi choragi bo‘yicha moliyaviy hisobotlarga tushuntirish xatida asosiy vositalar va boshqa aktivlarni (jumladan, tugallanmagan
qurilish va o‘rnatiladigan asbob-uskunalarni) qayta baholash bo‘yicha axborotlar ochib beriladi.
Tushuntirish xati tashkilot rahbari yoki uning o‘rinbosari (birinchi imzo huquqidan foydalanuvchi shaxs), tashkilot bosh hisobchisi yoki uning o‘rinbosari (ikkinchi imzo huquqidan foydalanuvchi shaxs) hamda moliya-iqtisod bo‘limi boshlig‘i (shtatlar jadvaliga muvofiq holda reja-iqtisod bo‘yicha mutaxassis) tomonidan imzolanadi va tashkilot muhri bilan tasdiqlanadi.
Tashkilotlarni yo‘riqnomalar hamda boshqa me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash, agar qonunchilikda boshqasi ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining tegishli vazirlik va idoralari, hokimliklar boshqarmalari (bo‘limlari), boshqa yuqori turuvchi boshqaruv idoralari tomonidan amalga oshiriladi. O‘rnatilgan shakllar bo‘yicha buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlar tuzish uchun vakolatli idoralar tomonidan tasdiqlangan birlamchi buxgalteriya hujjatlarini tayyorlash (sotib olish) tegishli moddiy- texnika bazasi mavjud bo‘lgan hollarda tashkilotlar tomonidan mustaqil amalga oshirilishi mumkin.
Moliyaviy hisobot shakllaridagi barcha rekvizitlar va nazarda tutilgan ko‘rsatkichlar to‘ldirilishi kerak. Tashkilotlarda tegishli aktivlar, passivlar va operatsiyalarning mavjud emasligi sababli biror-bir modda (satrlar, ustunlar) to‘ldirilmagan taqdirda, ushbu modda (satr, ustun) ustidan chizib qo‘yiladi. Moliyaviy hisobotlar shakllari (jamlanma hisobotlardan tashqari) “Bosh-jurnal kitobi”
(308-shakl) va boshqa tegishli hisob registrlari ma’lumotlari asosida tuziladi.
Moliyaviy hisobotlar shakllarining manzil (ust) qismi quyidagi tartibda to‘ldiriladi:
“Tashkilot nomi” rekvizitida tashkilotning to‘liq nomi ko‘rsatiladi;
“Bo‘lim, kichik bo‘lim, bob” rekvizitida tashkilotning byudjet tasnifining vazifaviy va tashkiliy jihatdan bo‘linishi (belgilanishi) keltiriladi;
“Hisobot davri” rekvizitida hisobot tuzilayotgan tegishli davr (yil, chorak, oy) ko‘rsatiladi;
“Byudjet turi” rekvizitida tashkilot tomonidan hisobot berilayotgan mablag‘ning manbasi O‘zbekiston Respublikasi byudjet tasnifiga muvofiq mablag‘lar manbasi va byudjetlar darajasi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va tegishli hududiy moliya organlari quyidagi huquqlarga ega:
byudjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan tashkilotlardan byudjetni rejalashtirish, mablag‘ bilan ta’minlash, tegishli tashkilot tomonidan byudjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan hisobot ma’lumotlarini so‘rash;
kredit muassasalaridan ularning ustavlariga muvofiq byudjet tashkilotlarining operatsiyalari va hisobvaraqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish;
tashkilotlar tomonidan mablag‘lar g‘ayriqonuniy sarflanganda, byudjet intizomi buzilishi hollari aniqlangan taqdirda, shuningdek ilgari ajratilgan mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlar va boshqa belgilangan hisobot taqdim etilmaganda, bu haqda tegishli vazirliklar (idoralar), hokimliklar rahbarlarini xabardor qilgan holda tashkilotlarni byudjetdan xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash)ni cheklash va zarur hollarda to‘xtatib qo‘yish;
byudjet tashkilotlarining moliyaviy faoliyatini taftish qilish va tekshirish;
aniqlangan qonunbuzishlarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar bajarilishini tekshirish;
amaldagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda tekshirish materiallarini huquqni muhofaza qilish organlariga berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |