Asosiy vositalar quyidagilar natijasida tashkilot balansiga kirim qilinadi:
oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha ob’ektni sotib olish;
kapital qo‘yilmalar tugaganidan so‘ng tiklangan ob’ektni qabul qilish-topshirish;
beg‘araz kelib tushish;
tovar-moddiy zahiralar tarkibidan o‘tkazish;
asosiy vositalarning ortiqcha (hisobga olinmagan) ob’ektlarini aniqlash;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar.
Asosiy vositalarni buxgalteriya hisobiga kirim qilinishi asosiy vositalarning dastlabki qiymati bo‘yicha amalga oshiriladi.
Asosiy vositalar tashkilotga (omborga) kelib tushganda tashkilot rahbari tomonidan tuzilgan doimiy ishlaydigan komissiya tomonidan AV-1-son shakldagi byudjet tashkilotlarida asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish to‘g‘risida dalolatnoma ikki nusxada tuziladi. Mazkur dalolatnoma tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi va unga ushbu asosiy vositaga tegishli bo‘lgan barcha texnik hujjatlar (pasport, chizmalar va boshqalar) ilova qilinadi.
“Asosiy vositalar” schyotining debet tomonida asosiy vositalarning kirimi (dastlabki qiymatini oshishi), kredit tomonida esa, asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi (dastlabki qiymatini kamayishi) aks ettiriladi.
Sotib olingan asosiy vositalarning qiymati (sotib olish narxi, shuningdek, yetkazib berish va boshqa qo‘shimcha xarajatlar) hisobda 072 “Asosiy vositalarga boshqa xarajatlar” subschyotining debetiga va 15 “Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar” va boshqa schyotlarning tegishli subschyotlari kreditiga yoziladi. Asosiy vositaning dastlabki qiymati bo‘yicha kirim qilinishi esa, 01 “Asosiy vositalar” schyotining tegishli subschyotlari debetiga va 072 “Asosiy vositalarga boshqa xarajatlar” subschyotining kreditiga yoziladi.
Sharlimisol.G‘aznaijrosigao‘tilganbyudjettashkilotitomonidan mol yetkazib beruvchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiqqiymati 1500.0 ming so‘mlik kompyuter byudjet mablag‘lari hisobidansotib olindi. Ushbu kompyuterni sotib olish bilan bog‘liq qo‘shimchatransportxarajatlari uchun10.0mingso‘mmablag‘sarflandi. Ushbuoperatsiyalarhisobdaquyidagichaaksettiriladi:
a)O‘zarotuzilganshartnomagamuvofiqoldindan15foizlikavansni (225.0mingso‘m) o‘tkazibberilishi: Debet150subschyot 225.0 ming so‘m; Kredit232 subschyot225.0 mingso‘m.
b) Kompyuter tashkilotga mol yetkazib beruvchidan olib kelindi:Debet072subschyot1500.0ming so‘m; Kredit150subschyot1500.0mingso‘m. v)Shartnomabo‘yichaqolganmablag‘(1275.0mingso‘m)o‘tkazibberildi: Debet150 subschyot1275.0 mingso‘m; Kredit232subschyot1275.0 mingso‘m.
g) Kompyuterni olib kelish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarsummasiga (10.0 mingso‘mgaschyotfakturaqabulqilindi): Debet072 subschyot10.0mingso‘m; Kredit159 subschyot10.0mingso‘m.
d) Ushbu mablag‘ transport tashkilotlariga o‘tkazib berilidi:Debet159subschyot10.0ming so‘m; Kredit232 subschyot10.0ming so‘m.
ye) Asosiy vosita tashkilotga to‘liq dastlabki qiymati bo‘yicha(1510.0ming so‘m)belgilangan tartibda kirimqilindi: Debet013 subschyot 1510.0 mingso‘m; Kredit072subschyot1510.0mingso‘m. Boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan beg‘araz olingan asosiy vositalar buxgalteriya hisobiga kirim qilish vaqtida belgilangan tartibda aniqlangan joriy bozor qiymati bo‘yicha 072 “Asosiy vositalarga boshqa xarajatlar” subschyotining debetiga va 262 “Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha daromadlar” subschyotining kreditiga yoziladi. Agarda, ushbu asosiy vosita bo‘yicha yetkazib berish va ishchi holatga keltirish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar amalga oshirilsa, u holda ushbu xarajatlar mazkur asosiy vositaning dastlabki qiymatini oshiradi va hisobda 072 “Asosiy vositalarga boshqa xarajatlar” subschyotining debetiga va amalga oshirilgan operatsiyaning mazmunidan kelib chiqqan holda 15 “Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar” yoki boshqa tegishli schyotlarning subschyotlari kreditiga yoziladi. Asosiy vositaning dastlabki qiymati bo‘yicha kirim qilinishi 01 “Asosiy vositalar” schyotining tegishli subschyotlari debetiga va 072 “Asosiy vositalarga boshqa xarajatlar” subschyotining kreditiga yoziladi.
Shartli misol.Byudjet tashkilotigaboshqayuridik shaxsdanbeg‘araz yordam tariqasida mebel berildi. Ushbu mebelning bozor bahosi2000.0mingso‘mqilibbelgilandivatashkilotbalansigakirimqilindi. Mazkur operatsiyalar quyidagicha buxgalteriya provodkalari bilanaksettiriladi. Debet013 subschyot2000.0 mingso‘m; Kredit262 subschyot2000.0mingso‘m. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan hisobga olinmagan asosiy vositalar, ortiqcha chiqish aniqlangan sanadagi aynan shunga o‘xshash asosiy vositalarning bozor qiymati bo‘yicha ularning haqiqiy ahvolini hisobga olgan holda baholanadi (ortiqcha chiqish sabablari va aybdor shaxslar keyinchalik aniqlanadi), belgilangan tartibda tashkilot hisobiga qabul qilinadi hamda buxgalteriya hisobida 01 “Asosiy vositalar” schyotining tegishli subschyotlari debetida va 273 “Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan mol-mulklar” subschyotining kreditida aks ettiriladi.
Asosiy vositalarni chet el valyutasi hisobiga sotib olinishida sotib olinayotgan asosiy vositalarning qiymati operatsiya sodir etilgan (bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish yoki yetkazib berilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan) sanadagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha chet el valyutasini so‘mga hisoblab o‘tkazish yo‘li bilan belgilanadi. Yuqoridagi xujjatlarga asosan AV-6, AV-8, AV-9 – son inventar kartochkalar ochiladi va buxgalteriya yozuvlari berilib 6-memorial orderda aks ettiriladi. Memorial orderdan 308-son shakldagi bosh jurnal kitobi va hisobot shakllariga tushiriladi (2.3.1-rasm).