Kurs ishi mavzusining dolzarbligi.
Buxoro amirligi ustidan Rossiya protektorati o'rnatilgandan keyin u amalda Rossiya imperiyasining mustamlakasiga aylantirilgan edi. Uning ijtimoiy tuzumida yuz bergan o'zgarishlar asosan mamlakatni xomashyo bazasiga aylantirish, amirlikda rus sanoati tovarlarini imtiyozli va erkin sotish, mahalliy aholiga nisbatan qullarcha munosabatda bo'lish va hokazolar bilan tavsiflangan vaqtda Buxoro amirligining hududi 20G ming kv. km.ni tashkil etardi.
Buxoro amirligi hududi juda katta bo'lishiga qaramay, u mayda bekliklarga bo'linib ketgandi. Ularning orasida Shahrisabz, Kitob, Hisor, Qorategin va Darvoz bekliklari yarim davlat shaklida bo'lib, Buxoro amiriga nomigagina bo'ysunardilar. Buxoro ustidan Rossiya protektorati o'rnatilgandan keyin ular amir hokimiyatiga batamom bo'ysundirildi.
Buxoro amirligida o'zbeklar, tojiklar, turkmanlar, qozoqlar va boshqa xalqlar yashagan. O'zbeklar boshqa xalqlarga qaraganda ko'pchilikni xonlik aholisining yarmidan ko'pini tashkil etgan. Ular asosan Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryo vodiylarida yashab, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug'ullanganlar. Tojiklar aholining 30 % ini tashkil etib, Sharqiy Buxoro deb yuritilgan tog'li rayonlarda - Kulob, Darvoz, Qo'rg'ontepa, Qorategin, Baljuan, Goshan, Shugnan va Vohanda yashaganlar. Ular ham o'zbeklar singari asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug'ullanganlar.
Amir hokimiyati ostidagi Amudaryoning o'ng qirg'oq rayonlari -Chorjo'y va Kerkida turkmanlar yashagan. Ular xonlik aholisining 10 % ini tashkil etganlar va ko'proq chorvachilik bilan shug'ullanganlar. Buxoro amirligining Karmana va Nurota rayonlarida qozoqlar yashagan. Ular xonlikning kam sonli aholisini tashkil etgan.
XIX asrning ikkinchi yarmidan buxorolik dehqonlar ikkiyoqlama ekspluatatsiya qilina boshladilar. Ularni bir tomondan, mahalliy yer egalari va sudxo'rlar, ikkinchi tomondan rus kapitalistlari va xom ashyo sotib oluvchilar ekspluatatsiya qilganlar.
Dehqonlarning ahvoli juda og'ir bo'lgan. Ular yo boy yer egalariga arzimagan haq (yiliga 10-20 so'm) evaziga yollanib ishlaganlar yoki chorikorlar bo'lib qolganlar. Chorikorlar o'z yer uchastkalarida yoki davlat yerlarida ishlovchi dehqonlardan farq qilib, yer egalaridan ijaraga yer olib ishlaganlar va ularga shaxsiy qaramlikka tushganlar.
Chorikor xo'jayindan agar yer, pul ssudasi, jonli va jonsiz inventarlar olgan bo'lsa hosilning 3/5 qismini, agar yer va inventarlar olgan bo'lsa hosilning 1/5 qismidan ¼ qismigacha xo'jayinga berishi lozim edi.
Mulki xiroj yerlariga egalik qilgan dehqonlarning va amlok yerlarni ishlovchi dehqonlarning ahvoli ham yuqoridagi dehqonlarniki singari bir xil darajada og'ir bo'lgan. Ular davlatga turli xil soliqlar to'lashlari lozim edi. Bularning ichida asosiysi xiroj hisoblangan. Xiroj shariat bo'yicha hosilning 3/1qismi miqdorida olinishi lozim edi. Lekin Sharqiy Buxoroda, ya'ni rus poseleniyelarida uning miqdori rasman hosilning 1/3 qismidan 1/7 qismigacha qilib belgilangan edi. Amalda esa dehqonlardan hosilni yarmi tortib olinardi.
Shunday qilib, Buxoro amirligida soliqlar yig'ish xalqni kuppa-kunduz kuni talashdan iborat bo'lgan. Soliqlar yig'ishda amaldorlar biron-bir choralar bilan cheklanib qolmaganlar. Agar dehqonning soliq to'lashga puli bo'lmasa, uning mulki tortib olingan yoki qizini zo'rlab erga bergan va qalin evaziga olingan pul soliq uchun ketgan. Agar bu ham yetmas dehqonning o'g'lini boy savdogar-sudxo'rga uzoq yilga tutqinlikka berilgan va bundan olingan pullar amir xazinasiga chinovniklarni boqish uchun ketgan.
Dehqonlardan xirojdan tashqari yana ko'pdan-ko'p quyidagi turli tuman soliqlar: «mirobona» - miroblar (sug'orish ishlarini kuzatib turuvch shaxslar) foydasiga olinadigan soliq, «tavoji» - beklaming turli topshiriqlarini bajaruvchi shaxslar foydasiga olinadigan soliq, «somon puli», «qo'sh puli» yoki «tanoban» - tomorqa va bog'dan olinadigan soliq, «yak-sara» - ikki xo'kiz uchun, «nim-sara» - bir xo'kiz uchun olinadigan soliqlar va hokazolar undirib olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |